Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


V.2. Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfining sistematikasi



Download 30,53 Mb.
bet156/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

V.2. Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfining sistematikasi

Sudralib yuruvchilar permdan kaynozoy erasi boshlarigacha Yer yuzi faunasida hukmronlik qilgan. Mezozoyda keng tarqalgan. Mezozoy tugab kaynozoyning boshlanishi qadimgi sudralib yuruvchilarning qirilib ketishi, sutemizuvchilar bilan qushlarning keng tarqalishiga to`g’ri kelgan.


Hozigi vaqtda sudralib yuruvchilar sinfiga 7 mingga yaqin tur kiradi. Shulardan 90 ga yaqin turi O`rta Osiyoda va 58 ta turi O`zbekistonda uchraydi. Sudralib yuruvchilar sinfi 3 ta kenja sinfga va 4 ta turkumga bo`linadi: Lepidozavrlar (Lepidosauria) kenja sinfi Xartumboshlilar yoki tumshuqboshlilar (Rhynchocephalia) turkumi, Tangachalilar (Squamata) turkumi, Arxozavrlar (Archosauria) kenja sinfi Timsohlar (Crocodylia) turkumi, Anapsidalar (Anapsida) kenja sinfi Toshbaqalar (Testudines yoki Chelonia) turkumi.


Lepidozavrlar (Lepidosauria) kenja sinfi
Xartumboshlilar yoki tumshuqboshlilar (Rhynchocephalia) turkumi

Bu turkumning yagona turi – gatteriya (Sphenodon punctatus) hozirgi vaqtda yashayotgan eng qadimgi sudralib yuruvchilardan hisoblanadi (123-rasm). Gatteriya tashqi ko`rinishidan yirik kaltakesakka o`xshaydi, lekin tuzilishining ayrim xususiyatlari bu turning primitiv ekanligidan dalolat beradi. Gatteriya faqat Yangi Zelandiyada tarqalgan. Rangi qizg’ish–ko`kimtir tusda. Uzunligi 50 sm dan 75 sm gacha boradi. Gavdasining usti mayda donador muguz tangachalar bilan qoplangan. Orqa va qorin qismidagi tangachalari nisbatan yirik plastinkalar shaklida bo`ladi. Ensasining ustidan to dumining uchiga qadar qator o`rnashgan uchburchak shakldagi shox plastnikalardan iborat – taroq joylashgan.







123-rasm. Gatteriya.

Gatteriyaning umurtqasi xuddi baliq va tuban amfibiyalarga o`xshash amfitsel tipda bo`lib umurtqa tanalarining orasida xorda bir umrga saqlanib qoladi. Qorin tomonining terisi ostida qoplag’ich suyaklardan iborat yupqa suyakchalar qator bo`lib o`rnashgan, uni qorin qovurg’alari deb ataladi, ya`ni qovurg’alarning yelka bo`limida orqaga qaragan kalta ilmoqsimon o`simtasi bor. Bunday suyakchalar, ya`ni o`simtalar qadimgi sudralib yuruvchilarga xos, hozirgi sudralib yuruvchilarda bu belgi faqat timsohlardagina kuzatiladi, xolos. Bu narsa qadimgi stegotsefallardan nasl qilib olingan.


Gatteriyalarda kopulyativ organi, nog’ora bo`shlig’i va nog’ora pardasi bo`lmaydi. Bosh skeletida ikkita chakka yoyi bor. Gatteriyaning yoshlik vaqtida tishlari bo`lib, ular jag’ida, tanglayida va dimog’ida joylashgan, yoshi ulg’aygan sari tishlari tamomila yeyilib ketadi, faqat oldingi ikkita tishi hayoti davomida saqlanib qoladi. Bosh tepa organi, ya`ni uchinchi ko`zi boshqa sudralib yuruvchilarnikiga qaraganda ancha yaxshi rivojlangan. Lekin u yaxshi ko`rmaydi, faqat yorug’lik bilan qorong’ilikni farq qiladi, xolos. Bu ko`zining gavhari, qorachig’i, to`r pardasi bo`lib, tepa suyaklari orasida joylashgan.
Gatteriyalar yer ostidagi uyalarda, albatros va boshqa ko`plab okean qushlari bilan birga yashaydi, asosan tunda faol. Ular kaltakesaklarga qarama–qarshi sekin harakat qiladi. Ko`payishi bahorda, Janubiy yarimsharda esa noyabr–dekabr oylarida bo`ladi. O`zlari yashaydigan uyasiga yaqin joyda maxsus uya kavlab 8-12 ta, ba`zan 15-17 ta tuxum qo`yadi. Embrionining rivojlanish davri ancha uzoq davom etadi, ya`ni tuxumdan to bola ochishigacha 12-14 oy kerak bo`ladi. Gatteriyalar har xil hasharotlar, o`rgimchaklar, chuvalchanglar va shilliqqurtlar bilan oziqlanadi. Gatteriyalar suvga tushib yotishni yaxshi ko`radi va suvda yaxshi suzadi. Hozirgi vaqtda gatteriya qonun yo`li bilan qo`riqlanishiga qaramasdan tabiatda juda kam uchraydi. 18-20 yilda jinsiy voyaga yetadi, 70 yilgacha yashaydi. Gatteriya jahon qizil kitobiga kiritilgan.



Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish