Nerv sistemasi va sezgi organlari. Sudralib yuruvchilarning nerv sistemasi amfibiyalarnikiga nisbatan ancha takomillashgan (120-rasm).
A
B
V
120-rasm. Kaltakesakning bosh miyasi: A-tepa tomonidan, B-ostki tomonidan, V-yon tomonidan ko`rinishi, 1-oldingi miya yarimsharlari, 2-yo`l-yo`l (targ’il) tanacha, 3-o`rta miya, 4-miyacha,
5-uzunchoq miya, 6-voronka, 6΄-gipofiz, 7-xiazma, 8-hidlov bo`laklari, 9-epifiz,
II-XII-bosh miya nervlari.
Ayniqsa, bosh miyasining oldingi katta miya yarimsharlari nisbatan katta bo`lib, kulrang miya moddasidan iborat po`stlog’i bor. Miya yarimsharlari orqa tomonga o`sib, oraliq miyani berkitib qo`yadi, yuqori tomondan qaraganda faqat oraliq miya o`simtalari – epifiz va tepa organlarini ko`rish mumkin. Boshtepa toq ko`zining rudimenti tuzilishi jihatdan ko`zga o`xshash bo`lib, yorug’lik ta`sirini qabul qilish qobiliyatiga ega. Oraliq miyaning pastki qismiga ichki sekretsiya bezi – gipofiz yondashgan.
Kaltakesakning o`rta miyasi yaxshi rivojlangan ikkita ko`ruv bo`laklaridan iborat. Ko`ruv bo`laklaridan keyinroqda juda kichik miyacha va orqa miyaga ulanib ketadigan uzunchoq miya yotadi. O`rta miya ko`rish axborotlarini qabul qilish va ishlash markazi hisoblanadi. Reptiliyalarning miyachasi amfibiyalarning miyachasiga nisbatan ancha katta, chunki sudralib yuruvchilarning harakati xilma-xil va murakkab. Uzunchoq miya vertikal tekislikda keskin bukiladi, bu hol barcha amniotalarga xos. Bosh miyadan 11 juft bosh miya nervlari chiqadi.
Orqa miyada oq va kulrang moddalar bir-biridan ajralib turgani aniq ko`rinib turadi. Orqa miyadan orqa miya nervlari chiqadi va tipik yelka hamda chanoq chigallarini hosil qiladi.
Ko`rish organlari. Ko`zlarida harakatchan ustki va pastki qovoqlari bor. Pastki qovoq yaxshi rivojlangan va harakatchan. Ko`zning oldingi burchagida bekituvchi uchinchi qovoq – pirpiratuvchi parda bo`ladi. Ilonlar va gekkonlarda pastki va ustki qovoqlari o`zoro qo`shilgan va shaffof bo`ladi. Akkomodatsiya ancha rivojlangan. Kiprik muskullari ko`ndalang yo`lli bo`lib, ko`z gavharini siljitadi va ma`lum darajada uning shaklini o`zgartiradi, bu esa turli masofadagi buyumlarni ko`rishga imkon beradi.
Ba`zi bir ilonlarda (bo`g’ma va shaqildoq ilonlarda) yuqorigi va pastki jag’ qalqonchalarida uchlamchi nerv bilan boshqariladigan chuqurcha bo`lib, u o`ljadan chiqadigan infraqizil nurlarni qabul qiladi. Bu organlar haroratning 0,0010C o`zgarishini ham sezadi, deb taxmin qilinadi. Ko`z soqqasi botib kira olmaydi, balki aylanadi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |