Issiq sovuqlarning nerv tizimiga ta`siri
Tashqi muhit omillari - havo harorati, bosimi, harakati, qorong’ulik, yorug’lik va boshqalar ham oliy asab faoliyatiga sezilarli ta’sir qiladi. Havo haroratining yuqori bo’lishi po’stlog’da qo’zg’alish jarayonini juda ham pasaytiradi, shartli reflekslarning kuchini kamaytiradi, farqlashlar bir necha kun o’tganidan keyin ham noaniq bo’ladi. Agar harorat haddan tashqari issiq bo’lsa, lekin uning ta’siri tana haroratini idora qiladigan mexanizmlarni shikastlamasa, bunday issiq harorat ta’siriga organizm moslashadi. Xaddan tashqari issiq xaroratdan termoneytral xaroratga o’tkazilgandan keyin birinchi kunlarda kuzatilgan shartli refleksning yashirin davri uzayadi, farqlashning noaniqligi 5-10 tajribalardan keyin yo’qola boshlaydi, 4-7 hafta davomida umuman yo’qolib ketadi.
Bolalarda nevrozlar
O’ta charchash natijasida nerv sistemasida qo’zg’alish va tormozlanishning kelishib ishlash xususiyatini buzilishiga ya’ni asabiylik yoki nevrozga olib keladi. Oliy nerv faoliyatining patologik buqilishlari turli kasalliklar bilan boglщ bulishi mumkin. Oliy nerv faoliyatining funksional izdan chiqishi nevrozlar deb ataladi.
Nevroz yoki asab kasalligi quyidagi kamchiliklar tufayli vujudga keladi:
O’ta charchash;
Aqliy mehnatning zo’riqishi;
O’quv nagruzkasining ortib ketishi ;
Turli yuqumli kasalliklardan so’ng;
Vitamin yetishmasligidan;
Oiladagi notinch hayot;
O’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi kelishmovchilikdan.
Nevrozga chalingan bolalarda kasallik belgilari 3 holatda namoyon bo’ladi;
Xayolparastlik;
O’jarlik, qaysarlik;
3. Qo’rquv;
Bu holatdagi bolalarda ishtaxa yo’qoladi, tez-tez shamollaydi, boshi og’riydi, boshi aylanadi, tez charchaydi, tajanglashadi, parishonxotir, serzarda, yig’loqi, kamgap, besaramjon, injiq, serxarxasha, uyqulari notinch, uyquda alaxlaydigan ko’p tush ko’radigan bo’ladilar.
Bu negativ holatlarni yo’qotish uchun ota-onalar, vrachlar va pedagoglar birgalikda ish olib borib, uni yuzaga keltirgan sabablarni bartaraf etishga harakat qilishlari kerak. Buning uchun maktabda dars jadvallari va o’quv yuklamalari bolaning yosh xususiyatini hisobga olgan holda tuqilishi, o’quvchilar vitaminlarga boy, yuqori kaloriyali ovqatlar iste’mol qilishi, aktiv dam olishi, sof havoda sayr qilishi, tonusni kuchaytiradigan achchik choy, kofein, kofe ichmasliklari kerak. O’qituvchilar o’quvchilar bilan, ularning xarakterini, hisobga olgan holda muomala qilishlari kerak.
Funksional o`zgarishlar ko`p davom etsa, morfologik o`zgarishlar ham paydo bo`ladi. Oliy nerv faoliyatida quyidagi asosiy nevroz tiplari ajratiladi: nevrasteniya, turli idrok etgan holatlarning nevrozi, isteriya, psixoasteniya.
Nevrasteniya katta yarim sharlar po`stlog`ida tormozlanish yoki, aksincha, qo`zg`alish jarayonlarining o`ta kuchlanishi bilan tasniflanadi. Ko`pincha nevrasteniyada shartli tormozlanish jarayonlari izdan chiqadi. Buning sababi o`ta kuchli bo`lgan jismoniy va ruhiy zo’riqishlar va ruhiyatga ta’sir qiluvchi holatlarning paydo bo`lishidir. Nevrasteniya vaqtida uyqu buziladi, ishtaxa yo`qolib yurak o’ynaydi, qattiq terlash, ish qobiliyatining keskin pasayishi kuzatiladi. Bu holatlardagi odamlarga ortiqcha harakatlar va shoshqaloqlik xosdir.
Turli idrok etgan holatlarning nevrozi. Bunda doimo nimanidir o`ylash, nimadandir qo’rqish yoki bir xil narsaga intilishdek holatlar kuzatiladi.
Isteriya — birinchi signal tizimi ikkinchi signal tizimidan patologik darajada ustun bo`lishi tufayli kelib chiqadi. Ikkinchi signal tizimi ancha kuchsizlanadi, nerv tizimi juda ham sezgir bo`lib, bola arzimagan narsaga ta’sirlanuvchan bo`lib qoladi. Isteriyada karlik, k^flik va falajlik holatlari ma’lum.
Psixoasteniya— Bu holat ikkinchi signal tizimi rivojlanishi va po`stloq osti tuzilmalarning uncha rivojlanmaganligi bilan tasniflanadi. Psixoasteniya vaqtida bolaning fikrlashlarida ma’no bo`lmaydi.
Shuni alohida aytib o`tish kerakki, o`smirlar, ayniqsa qizlar, uchun 12—15 yoshlarda o`ziga xos nevrozning xili mavjud. Bu ozish g`oyasi bilan bog`liq bo`lgan asab anoreksiyasidir. Bunda o`smirlar o`zlarini ovqatlanishdan cheklab, ozib ketishga intiladilar. Nevrozning bu xili, ko`pincha, intellektini va o`zini yuqori baholab yurgan o`smirlarda rivojlanadi.
Asab buqilishlari kupincha kichik yoshli bolalarda (2—3,5yosh) va o`smirlarda (12 dan 15 yoshgacha) kuzatiladi. Shuning uchun bu davrlar krizis davrlari deb nomlanadi. Bu davrlarda o`quv—pedagogik jarayonlari ehtiyotlik bilan amalga oshiriladi, chunki bolalarga nisbatan adekvat bo`lmagan munosabatlar ularda ruhiy kasalliklarni keltirib chiqarish mumkin.
Shunday qilib, bolalarning me’yorida rivojlanishi va o`sishi uchun optimal sharoitlarni yaratish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |