Temperatura. Sovuq va issiqni qabul qiluvchi retseptorlar haroratni sezuvchi retseptorlar ham deyiladi. Bu retseptorlar terida, ko`z soqqasining shox pardasida, shilliq pardalarda va markaziy nerv tizimida orqa miya va gipotalamusda joylashgan. Qayd qilingan retseptorlarning teri yuzasida joylashish zichligi turlicha bo’lib, o`rtacha uning har 1 sm 2 yuzasida 50 og’riqni sezuvchi, 25 taktil, 12 sovuqni va 2 issiqni sezuvchi retseptorlar joylashgan. Bundan tashqari, tananing turli qismlaridagi teri yuzidagi bir xil retseptorlari soni bilan bir – biridan farq qiladi. Odam tanasida retseptorlar eng qalin joylashgan joyi lablar va qo’l barmog’i uchlaridagi terida uchraydi.
Proprioretseptiv sezgilar. Proprioretseptorlar asosan tananing chuqur qismlarida —muskul, pay, bo’g’imlar atrofida joylashgan bo`lib, holatni, harakatni va kuchni sezishga xizmat qiladi. Bu proprioretseptorlarga muskul duklari, Golji tanachalari va bo’g’in retseptorlari kiradi va ular maxsus tanachalar shakliga ega. Propriotseptiv sezgilar gavdaning fazodagi holati to’g’risida signallar bilan ta’minlab turadi. Ular inson harakatining boshqaruvchisi hisoblanib va afferent asosini tashkil qiladi.
Tanachalarda vujudga keluvchi qo’zg’atuvchilar muskullarning harakatlashuvi natijasida va bo’g’imlar holatining o’zgarishi, nerv tolalari yordamida, orqa miyaning orqa ustunidagi oq suyuqligiga etkaziladi.
Hid bilish analizatori. Odam turli moddalarning hidini burunni yuqori chig’anoqlarining o`rta qismi va burun to’sig’ining shilliq pardasidagi maxsus retseptorlar orqali sezadi. Hid bilish hujayralari joylashgan shilliq pardanin yuzasi 5s m 2 keladi. Hid bilish hujayralarining o’siqlari hidlash nervini hosil qiladi. Moddaning zarrachalari hidlash nervini hosil qiladi. Moddaning zarrachalari hidlash sohasining shilliq pardasiga tushib, hid bilish hujayralariga ta’sir etishi natijasida hid sezgisi vujudga keladi.
Hid bilish tufayli odam va hayvonlar turli gazlarni va ovqatning hidini sezadi. Hid sezgisi nihoyatda o’tkir va nozik. Modda havoda juda oz tarqalgan boisa ham odam uning hidini sezadi. 1 litr havoda 1: 1 000 000 g nisbatda efir boiganda ham odam uning hidini biladi. Hidlash a ‘zosi ayniqsa, vodorod sulfidagi hidiga nihoyatda sezgir bo`ladi. Ba’zi bir hayvonlarda hid bilish sezgisi juda ham nozik bo’ladi. Ba’zi iskovich itlar nihoyatda kuchsiz hidni ham sezadi.
Yangi tug’ilgan bola binafsha, valeriana, aniq va boshqa nohush hidlarga nisbatan yuz mimikasini o’zgartirish, nafas olish va puls o’zgarishi bilan javob beradi. Kuchli hid ta’sir ettirilganda u chuqur va tez-tez nafas oladi hamda tomir urishi o’zgaradi. Bola 4 oylik bo’lganidan boshlab turli hidlarni to’liqroq ajratadi. Bog’cha yoshidagi bolalarda hidlash retseptori rivojlanishda davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |