5-MAVZU. SENSOR TIZIMINING YOSHGA OID FIZIOLOGIYASI VA GIGIENASI
Tayanch tushunchalar: Analizator, sklera, rangdor parda, to‘r parda, gavhar, ko‘z akkomodatsiyasi, yaqindan va uzoqdan ko‘rish, nog‘ora pardasi, uzangi, sandon, bolg‘acha, yevstaxiy nayi, chig‘anoq, yarim aylana kanallar.
5.1 Sezgi organlari. Taktil, temperatura, proprioretseptiv, hid bilish, ko`rish va eshitish sezgilari.
Axborotni qabul qilish va qayta ishlash analizatorlar, ya’ni sezgi a’zolari orqali amalga oshiriladi. Tashqi olamdagi ta’sir, nerv signallari holida bosh miyadagi nerv markazlariga yetkaziladi. Bu signallar bosh miyaning turli bo`limlarida qayta ishlanib, uning oliy bo’limida sezish, tasavvur qilish, anglash bilan yakunlanadi.
I. P. Pavlov har bir analizator bir-biriga bog’liq bo’lgan uchta periferik, o’tkazuvchi va markaziy qismdan iborat ekanini birinchi bo’lib isbotladi. Retseptorlar analizatorlarning periferik qismi hisoblanadi, bular ma’lum ta’sirga javob beruvchi nerv uchlari bilan tugaydi. Retseptorlar tuqilishi, joylashishi, funksiyasiga ko’ra turli xil bo’ladi. Qo’zg’alishni retseptordan bosh miya katta yarim sharlariga o’tkazuvchi markazga intiluvchi nevronlar analizatorning o’tkazuvchi qismini tashkil etadi. Bosh miya katta yarimsharlarining ma’lum retseptorlardan ta’sirni qabul qiluvchi qismlari analizatorning markaziy qismini tashkil etadi. Analizatorning barcha qismlari bir butun holda ishlavdi. Qandavdir analizatorning bir qismi shikastlansa, uning funksiyasi buziladi.
Odamning mehnat faoliyatida analizatorlarning roli juda muhim. Agar bolaning turli a’zolaridan turli sezgi a’zolaridan ta’sir kam borsa, bosh miya rivojlanishdan orqada qoladi. Tashqi olamdagi turli xil ta’sir avval retseptorlarda, so’ngra bosh miya bo’limlarida analiz qilinadi. Ta’sirning har tomonlama nozik analizi bosh miya katta yarimsharlarida amalga oshadi.
Taktil, temperatura, proprioretseptiv, xid bilish, ko`rish va eshitish sezgilari.
Taktil. Sezgi a’zolariga tananing barcha sohasida joylashgan retseptorlar va muskullar qon tomirlar devoridagi retseptorlar va boshqalar kiradi. Analizatorlarning miya po’stlog’idagi qismi shikastlansa yoki olib tashlansa, ta’sir murakkab analiz va sintez qilinmavdi. Masalan, miya po’stlog’idagi eshitish analizatorlari joylashgan chekka qismi olib tashlansa, ta’sirning nozik tabaqalanishi yo’qoladi.
Asab tizimining faoliyati uchun tashqi muhit omillari va boshqa ta’sirotchilar doimiy ravishda butun organizmga ta’sir qilib turishi kerak. Ko’pgina sezgi a’zolarining shikastlanishi natijasida ta’sirning ular orqali bosh miyaga yetarli kelmasligi tufayli odam aktiv faoliyatini yo’qotadi, doimo uxlaydi, bunday odamni saqlanib qolgan sezgi a’zolariga ta’sir etish bilangina uyg’otish mumkin. Tekshirishlardan ma’lum bo’lishicha sensor ta’sirotning yo’qolishi diqqatni to’plash, mantiqiy fikrlash, aqliy mehnat qilish xususiyatlariga salbiy ta’sir etadi. Sezgi a’zolari orqali ta’sirni tashqi muhitdan, ichki a’zolardan retseptorlar bo’ylab qabul qilinishi tufayli organizmning tashqi va ichki muhiti haqidagi ma’lumotlar bosh miyaga yetib boradi.
Axborotning retseptorlardan bosh miyaga borishi natijasida organizm o’z-o’zini boshqaradi. Masalan, qonning tarkibi o’zgarsa. shunga yarasha qon tomirlar devorida qo’zg’alish, tormozlanish vujudga keladi. Organizmning sensor tizimlari yoki analizatorlariga ko’rish, eshitish, vestibular apparat, ta’m bilish, hidlash, teri va ichki a’zolarda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni qabul qiladigan interoretseptorlar yoki visseral sensor tizimlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |