L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet67/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

4.7 Kun rejimi
Kun tartibiga rioya etish kun tartibi bu tunu kun davomida vaqtni ish, o`qish va dam olishga yosh hamda salomatlik holatini e’tiborga olgan holda to`gri taqsimlashdir. Kun tartibi bola hayotini to’g`ri yo`lga quyadigan va doimo bajarilishi lozim bo`lgan qoidadir.
Kun tartibini tuzishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: 1) turli xil faoliyatlar, ularning eng ma`qul davomiyligini, bir—biri bilan navbatlashuvi va vaqtini aniqlash; 2) dam olish vaqtini iloji boricha ochiq havoda tashkil etish; 3) o`z vaqtida sifatli ovqatlanish; 4) gigienik sifatli uyquga sharoit yaratish.
Kun tartibida jismoniy va aqliy mexnat, ovqatlanish, o`qish, uyquning muntazam ravishda ma’lum bir muddatda amalga oshirilishi shu holatlarning malaka darajasida amalga oshirilishini ta’minlaydi. Kundalik aniq tartib sog’liqni mustahkamlashga yordam beradi. Turli faoliyat jarayonlarini (o`qish, ishlash, ovqatlanish, sport bilan shug`ullanish, uyqu, gigienik muolajalar) muayyan bir vaqtda o`tkazgan ma`qul. Aniq rejim tufayli turli faoliyatlarda organizm me’yoriy yuklamani his etadi. Sarflangan kuch tezroq va to`liqroq tiklanadi, bola kamroq charchaydi. Faol harakatchanlik organizmni mustahkamlaydi. Kun tartibida jismoniy va aqliy mexnat bilan bog`liq bo`lgan faoliyat turlariga, ma’naviy chora—tadbirlarga, bolalarning ko`proq toza havoda, tabiiy manzaralarda bo`lishiga alohida vaqt ajratgan ma`qul.
Tabiiy lanshaftlarda bo`lish, ularni kuzatish nerv tarangligini bo`shashtiradi, tinchlantiradi, ish qobiliyatini oshiradi. Faol ishdan keyin dala, butazor, daryo, tog`, o`rmonlarga borish, sabzavot— mevalarni yig`ish , chumilish yoki safarga chiqish juda foydali. Dam olishning bunday usullari odamning ruhiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi, shuning uchun bolaning dam olish kunlari tabiatda bo`lishini oldindan rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.
Odam o`z oldida turgan vazifalarni hal etishi uchun zarur bo`lgan faoliyatini bir muncha yuqori darajada qaytadan ko`rishni talab etadigan sharoitda unda zo`r ishchanlik holati (stress) paydo bo`ladi. Bu odamga ham ijobiy, xam salbiy ta’sir etishi mumkin. Xususan, u yurak—qon tomirlari va nerv tizimining kasalliklarini oshiradi.
To`g`ri tuzilgan kun tartibi asosida shartli refleks faoliyati yotadi. Nerv tizimining takomillashib borishi, bedorlik paytining uzayishi va tashqi olam bilan bo`lgan aloqaning kengayib borishi mobaynida bolalarning faoliyati o`zgarib, shakllanib boradi. O`z zamonida Abu Ali ibn Sino kun tartibining bolalar rivojlanishi va salomatligiga ta’sirini, bunda asab holati katta ahamiyat kasb etishini aytib o`tgan. Keyinchalik I. P. Pavlov stereotip shartli va shartsiz reflekslar o`z vaqtida va muayyan tartibda bajariladigan ko`nikmalardir deb aytgan. Kun tartibi tarkibiy qismlarining boshlash va tugatish vaqtini doimo bir mahalda bajarish bolalarda vaqtga nisbatan barqaror shartli reflekslar yuzaga kelishiga olib keladi.
Imtihonga tayyorlanish vaqtidagi kun tartibi. Imtihon topshirish bilan bog`liq bo`lgan kuchaytirilgan aqliy faoliyat, xis — hayajon, uxlash va dam olish tartibining buzilishi, o`quv yili oxirida yuzaga kelgan ish qobiliyatining pasayishi bola organizmining funksional holatiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. O`quvchilarda charchoqlik, sifatsiz uyqu va ishtahaning pasayishi kuzatiladi. Ba’zida qon bosimining oshib ketishi ham uchramoqda. Imtixonlarga tayyorlanish vaqtida ham ertalab o’rindan turish, kechqurun uyquga ketish, ovqatlanish odatdagidek bo`lmog`i lozim. Ochiq havoda bo`lish vaqtlarini imtixonlarga tayyorlanish davrida uzaytirish maqsadga muvofiq, chunki po`stloq hujayralari kuchli aqliy faoliyat vaqtida kislorodni juda shiddatli o`zlashtiradi. Kislorod yetishmovchiligi aqliy ish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Mashg`ulotlarning organizmning funksional faolligi yuqori bo`lgan ertalabki soatlarda o`tkaqilishi maqsadga muvofiqdir. Har 45 minut oralig`ida qisqa tanaffuslar, 2,5—3 soatdan so`ng ikkinchi nonushta va ochiq Havoda sayr qilish lozim. Imtixonlarga tayyorlanish vaqtida bolalarni boshqa mashg`ulotlardan ozod qilish maqsadga muvofiqdir. Bir kunda 15—17 yoshli bolalar 9 —10 soatdan ortiq shug`ullanmasligi lozim.
Dam olish va ta’til kunlaridagi kun tartibi. Kun tartibida iloji boricha yetarli uyqu va ochiq havoda bo`lishga e’tibor beriladi. Harakatli o`yinlar, sport o`yinlari va mashg`ulotlari, turistik sayoxatlarga keng yo`l berilishi lozim. Kitob o`qish uchun, teatr va konsertlarga borish uchun sarf bo`ladigan vaqt bir tekis taqsimlanishi zarur. Har kuni uy yumushlariga yordam berish va ijtimoiy—foydali mexnat bilan shug`ullanish uchun ham vaqt ajratiladi. Dam olish va ta’til kunlari bolalarda erkin ijod bilan mashg`ul bo`lishga yetarli vaqt bo`lishi kerak. Uxlash va o`z—o`ziga xizmat qilish vaqtlari bolalarning yoshlariga qarab belgilanadi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish