L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Nerv tizimiga maktab rejimining ta`siri



Download 5,47 Mb.
bet65/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

4.5 Nerv tizimiga maktab rejimining ta`siri
O`quv jarayonlari miyaning, ayniqsa, uning oliy bo`limi bo`lgan katta yarim sharlarning funksional kuchlanishini talab etadi. Bu jarayonda ikkinchi signal tizimiga va katta yarimsharlar po`stlog`ining analiz—sintez faoliyatiga katta yuklama tushadi. Tabiiyki, nerv tizimiga tushadigan yuklama po`stloq hujayralarining funksional imkoniyatiga tug`ri kelishi kerak. Agar maktabda o`quv mashg`ulotlari davomida gigienik qoidalarga amal qilinsa, oliy nerv faoliyatidagi o`zgarishlar me’yordan ortib ketmaydi. Ko`pincha kunning oxirida Qo’zgalish va tormozlanish jarayonlarining kuchsizlanib, induksion jarayonlarning izdan chiqishi, shuningdek, birinchi va ikkinchi signal tizimlari o’rtasida nomuvofizdik yuzaga keladi. Bunday o’zgarishlar, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarda ko’zga yaqqol tashlanadi. O’quv jadvalining oxirgi soatlarida jismoniy tarbiya va mexnat darslarining qo’ylishi oliy nerv faoliyati salbiy o’zgarishlarining oldini oladi.
Me’yeyoriy ish qobiliyatini sozlash uchun faol dam olish harakatchan o’yinlar, sport bilan shug’ullanish, ochiq havoda sayr qilish katta ahamiyatga ega. Oliy nerv faoliyatining bir me’yorda ushlab turilishida kechki uyqu ham katta ahamiyatga ega. Maktab bolalarida kechki uyquning yetarli bo’lmasligi miyaning analitik va sintetik faoliyatini izdan chiqishiga, shartli — reflektor bog’larining hosil bo’lishiga va signal tizimlar o’rtasidagi disbalansga olib keladi. Kechki uyquning gigienasi oliy nerv faoliyatining holatlarini me’yorlashtiradi.
4.6 Narkotik va alkogollarning nerv tizimiga ta`siri
Giyohvand moddalar, ayniqsa, alkogol bolalarning oliy nerv faoliyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ta’sirlanishning birinchi bosqichida tormozlanish jarayonlari susayadi, natijada qo’zg’alish ustunroq bo’lib qoladi. Bunda kayfiyatning qisqa muddatli ko’tarilishi va ish qobiliyatining oshishi kuzatiladi. Keyin bu jarayon kuchsizlanadi va tormozlovchi bosqich boshlanadi. Kuchli giyohvand modda uyquning rivojiga olib keladi. Kichik yoshdagi bolalarda giyohvand moddalar odatlanish odatda kuzatilmaydi, ammo o’smirlar unga juda ham tez moslashadi. 20 yil ilgari o’smirlarda alkogolizm eng xavfli zararli odatlardan biri deb hisoblanar edi. hozir esa ular orasida eng keng tarqalgan zararli odat giyohvandlik bo’lib qoldi. Giyohvand bolalarda po’stloqning nazorati kamayishi hisobiga instinktiv harakatlar kuchayib boradi. Natijada o’smirlar turli jinoyatlarga oson qul uradigan bo’lib qoladilar. Shuning uchun o’qituvchilar gigienik targ’ibotni faqat o’smirlar o’rtasida emas, ularning ota —onalari orasida ham olib borishlari zarur.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish