L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet62/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

4.4 O`ta tasirlanuvchanlik
Organizm tashqi va ichki ta’sirlarga ularning tasnifiga xos tarzda javob beradi. Bu javoblar bilan bir vaqtda organizmda hamma ta’sirlar uchun bir xil bo`lgan moslashuv sodir bo`ladi. Bu umumiy moslashuvlarni Kanada olimi G.Sele 1936 yili «umumiy adaptativ sindromi» yoki stress deb atadi. Stress so`zi inglizcha «stress» so`zidan olingan bo`lib, «tayziq, siquv, tanglik, kuchlanish» degan ma’noni bildiradi. Zarar keltiruvchi, o`limga olib boruvchi stressni G. Sele 1974 yili distress deb atadi. Bu so`z inglizcha «distress» so`zidan olinib, «musibat, kulfat, darmonsizlik, nochorlik, tinka turishi» degan ma’nolarni bildiradi. Stress reaksiyalarsiz hayotning bo`lishi mumkin emas. Distressning esa oldini olish mumkin.
Organizmda stress reaksiyalar 3 ta ketma -ket: xavotirlanish, chidamlilikni orttirish, nochorlik yoki tinka qurishi bosqichlarda kechadi. Stress reaksiyaning ikkinchi davrida organizmning reaksiyasi ta’sir etish kuchiga bog`liq bo`ladi. Agar ta’sir kuchsiz, yoki o`rta me’yorda bo`lsa, organizmning stress reaksiyasiga moslanishi yoki adaptatsiyasi ro`y beradi. Masalan, kishi bir mintaqadan ikkinchi mintaqaga ko`chganda, undagi funksional tizimlarda avval stressga xos o`zgarishlar ro`y beradi, so`ng organizmda adaptiv (moslashuv) siljishlar kuzatiladi. Agar ta’sir etuvchi omilning kuchi o`ta katta bo`lsa, holdan toyish fazasi keladi. Bu bosqichda organizmda turli patologik jarayonlar kuzatiladi. Masalan, juda ko`p aqliy mehnatdan keyin odamning holdan ketishi. Bunda ish qobiliyati pasayishi bilan birga aqliy kasallikka xos bo`lgan o`zgarishlar kuzatiladi. Ruhiy va asab kasalliklarining ko`payishiga olib keluvchi asosiy sabab — hissiy taranglanish va hayot maromlarining tezlanib ketishidir.
Stress yetarlicha kuchga ega bo`lgan paytda, G. Sele fikricha, organizmda triada (uch xil) belgilar paydo bo`ladi. Ular quyidagilar: buyrak usti bezlarining faolligi ortib, kattalashuvi; timus va limfatik bezlarning atrofida uchrashi; me’da —ichak traktida yallig`lanish yoki yaralarning paydo bo`lishi.
Stressni yuzaga keltiruvchi omillarni quyidagilarga bo`lish mumkin:
1. Fizikaviy omillar (harorat, namlik, quyosh va ionli nurlanish, shovqin, shamol). 2. Kimyoviy omillar (havo tarkibining o`zgarishi, tuproqda va suvda zararli ximiyaviy moddalar miqdorining ortishi). 3. Oziq—ovqat omillari (kam yoki ortiqcha ovqat yeyish, ovqatga yaramaydigan moddalarni qo’shish, faqat bir xil ovqatlanish) 4. Transport omillari (katta masofalarni tez bosib o`tish). 5. Kasallik paydo qiluvchi viruslar, mikroblar, zamburug`lar, turli moddalar ta’sirlari, jarohatlanish. 6. Emotsional omillar (suyunish, qo’rquv, asabning buzilishi va h.k.) Har bir ta’sirga javoban organizmda o`ziga xos o`zgarishlar kelib chiqadi. Masalan, tashqi muhit harorati oshganda teri qon tomirlari kengayadi, teri qizaradi va odam terlaydi, buning evaziga teri qoplamlarining tashqi muhitga ortiqcha issiqlikni berishi yengillashadi. Shu bilan birga moddalar almashinuvi biroq pasayadi.
Ikkinchi tomondan organizmga ta’sir etadigan har xil vositalar (turli zararli moddalar, nihoyatda issiq yoki sovuq muhit, haddan tashqari xafa bo`lish, quvonish, achchiqlanish, kuchli hayajonlanish, tashvishlanish, suyunish va boshqalar) natijasida tabiati bir xil bo`lgan umumiy o`zgarishlar yuzaga keladi, ular o`ziga xos bo`lmagan yoki nospesifik o`zgarishlar deb ataladi. Bunday umumiy o`zgarishlar shundan iboratki, yuqoridagi omillardan biri ta’sir etganda qon tarkibidagi adrenalin gormonining miqdori oshib ketadi. Qon tarkibidagi adrenalin miqdorining biroz ko`payishi ham, gipotalamusdagi hujayralarning qo`zg`alishiga olib keladi va natijada, undan murakkab modda—rilizing omil ajrala boshlaydi. Bu suyuqlik maxsus yo`l bo`ylab gipofiz beziga tushadi va uni faollashtiradi. Gipofizdan ajraluvchi trop gormonlar, o`z navbatida, periferik bezlarning gormonish lab chiqarishini kuchaytiradi. Turli xil taassurotlar berilganda gipofizning oldingi qismidan qonga adrenokortikotrop gormon (AKTG) ko`plab ajralib chiqa boshlaydi. AKTG esa o`z navbatida buyrak usti bezlarining po`stloq qismidan k`oproq kortikosteroid gormonlarining ajralishiga sabab bo`ladi. Kortikosteroidlar esa ichki a’zolarning faoliyatiga va moddalar almashinuvi jarayoniga keskin ta’sir qiladi.
Stress vaqtida qonda gipofiz va buyrak usti bezi gormonlari miqdorining keskin oshganligi tufayli yurak urishi, nafas chastotasi va bosh va funksiyalar tezlashib, moddalar va energiya almashinuvi susayadi.
Birinchi davri stress omil ta’sir etishi bilan oz boshlanib taassurotning kuchi va davomiyligiga zarar, yuqorida aytganimizdek, gipofizning oldingi qismidan bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi mumkin. Bu vaqtda, avval aytib qilgandek, gipofizning oldingi bo’lagidan AKTG ajraladi. Bu gormon buyrak usti bezi gormonlari sekresiyasini faollashtirib, moddalar va energiya almashinuvini kuchaytiradi. Natijada qonda glyukoza ko’payib, tana og’irligi ancha kamayadi, limfa tugunlari kichrayadi, jigar va taloq og’irligi kamayadi, me’da ichak tizimida qon quyilish holatlari ro’y beradi. Undan tapqari, qon bosimi, tana harorati va muskullar tarangligining me’yordan pasayib ketishi hollari kuzatiladi. Tashvishlanish va xavotirlanish davri shu bilan tasniflanadi. Bu vaqtda organizm zararli taassurotdan qutilish va unga qarshi kurashish uchun butun ichki rezervlarini ishga soladi. Bunga ko’plab hayotiy misollarni keltirish mumkin, masalan, qutirgan itdan qo’rqib qochgan odam umrida kuzatilmagan katta tezlik bilan chopishi mumkin. O’z kasbiga havas, mehr qo’ygan odam juda ham berilib ishlashi natijasida fantastik qiyin vazifalarni bir zumda yechishi mumkin, chunki bu vaqtda organizmda bor bo’lgan butun rezerv imkoniyatlar ishga jalb etiladi.
Og’ir sharoitlardagi faoliyat odam organizmiga yuqori talablar qo’yadi, natijada stress rivojlanadi. Xususan, u yurak tomir va nerv tizimining kasalliklarini oshiradi. Shuning uchun har bir odam stress sharoitida o’zini tug’ri tuta bilishi zarur. Buning uchun o’zini nazorat qilish malakasini egallashi, bir turdagi faoliyatdan ikkinchisiga o’z vaqtida o’tish malakasini hosil qilishi kerak. Ish kuni, haftasi va o’quv yili choraklarida azliy va jismoniy faoliyatning almashinib turishini to’g’ri yo’lga qo’yish zarur.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish