L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet60/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Xotira, uyqu, nutq, tafakkur.
Xotira— tirik organizmning muhim xususiyati. Xotira tufayli organizm tashqi ta’sirotlarni qabul qilib, olingan axborotni o’zida saqlaydi va kerak bo`lganda uni qayta tiklaydi, ya’ni eslaydi. Xotira—markaziy nerv tizimining asosiy vazifalaridan biri. Har lahzada organizm o’z o’tmishidan kelajakka qadam qo’yadi va uning hozirgi va kelajakdagi hatti-harakatlari boshdan kechirgan tajribasiga ko’p jihatdan bog’liq bo`ladi. Hayot davomida orttirilgan tajriba bilimlarni xotirada saqlanishini markaziy nerv tizimida yuzaga chiqadigan tuzilma— faoliy o’zgarishlar ta’minlaydi.
Uyqu. Uyqu organizm uchun zarur fiziologik jarayonlardan hisoblanadi. U nerv sistemasi va butun organizmning normal faoliyatini ta’minlaydi. I. P. Pavlov ko’rsatishicha uyqu bosh miya yarim sharlar po’slog’ining hamma yuzasida ichki tormozlanishning irradiatsiyalanishi natijasida hosil bo’lib, bu tormozlanish irradiatsiyasi bosh miyaning quyi bo’limlariga, oraliq va o’rta miyaga ham tarqaladi. Uyqu vaqtida o’zunchoq miya faoliyati to’xtab qolmaydi. Odam o’rta hisobda bir sutkada 8 soat uxlaydi. Uyqusiz 4-5 sutka yurishi mumkin. Uzoq uyqusizlik nerv, ruhiy kasalliklarini keltirib chiqaradi. Odam umrining 3/1 qismi uyquga ketadi. Uyquning quyidagi turlari mavjud: tabiiy fiziologik uyqu, gipnotik uyqu, narkotik uyqu.
Tabiiy fiziologik uyqu har kun tundagi normal uyqudir. Odam organizmining tabiiy fiziologik uyquga ehtiyoji yoshga qarab turlicha bo’ladi. Chaqaloqlarda 21-22 soat, 13-14 yoshda 9,5-10 soat, katta bolalarda 8 soat. To’ngi uyqu 3-5 sikldan iborat bo’lib, har qaysi shaklda sekin va tez uyqu davrlarga takrorlanib turadi. Sekin uyqu davri 1-1,5 soat, tez uyqu davri 10-30 minut davom etadi. Tez uyqu davrida tush ko’rish sodir bo’ladi.
Uyqu davrida miyaning shartli reflekslari faoliyati tormozlanadi, yurak qisqarishi, nafas olish kamayadi, siydik hosil bo’lish funksiyalari, tana harorati pasayadi. Bulardan tashqari muskullar tonusi susayadi, qovoqlarni yumuvchi, ko’z qorachig’i, tug’ri ichak muskullarining tonusi ortadi. I.P. Pavlov ta’minotiga ko’ra kuchsiz ta’sirlovchilar bir xil retseptor uchlariga qayta-qayta ta’sir qilishi tufayli miya po’slog’i keng irradiatsiyalanadi hamda tormozlanishni keltirib chiqaradi. Lekin uyquni chuqur tormozlanish deb bo’lmaydi. Chunki nafas olish, yurak qisqarishi va boshqa organlarning nerv markazlari funksiyalanishda davom etadi. Miya po’slog’ida ham barcha markazlar tormozlanmaydi. Bu nerv markazlarini I.P. Pavlov "qorovul" markazlar deb nomlaydi. Bu markazlar odamni o’z vaqtida uyg’otadi.
Shunday qilib, uyqu bosh miya yarim sharlari po`stlog’ining nerv hujayralari, Ya’ni oliy nerv markazlarining tormozlanish holati bo’lib, bu vaqtda nerv hujayralari dam oladi, energiya to’playdi. Shuning uchun to’yib uxlagandan so’ng bolaning kayfiyati yaxshi bo’ladi.
Gipnotik uyqu boshqa odam yoki gipnozchining har xil so’zlari va harakatlari ta’sirida yuzaga keladi. Bunda gipnozlangan odamning bosh miya sharlarining po’stloq qismidagi nerv markazlarining hammasi emas, balki ma’lum qismi tormozlanadi. Shuning uchun gipnoz holatidagi odamda fikrlash, ong kabi oliy nerv faoliyatiga xos xususiyatlar vaqtincha yo’qoladi, lekin harakatlanish, gapirish qobiliyati saqlanadi. Shuning uchun u gipnozchining buyruqlarini bajaraveradi.
Narkotik uyqu har xil ximiyaviy dori moddalari ta’sirida bosh miya nerv hujayralarida tormozlanish holati yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi.
Tush ko’rish uyquda sodir bo’ladigan sub’ektiv psixik hodisa. Uyqu yuzaki bo’lganda bosh miya po’stlog’ining ayrim qismlaridagi, ayniqsa, ensa qismidagi ko’rish markazining nerv hujayralari to’liq tormozlanmaydi, ya’ni ularning ba’zilari kuchsiz qo’zg’alish holatida bo’ladi. Ana shu vaqtda tush ko’rish sodir bo’ladi. Tush ko’rish odamning ko’rgan—kechirganlari, maqsadlari, istaklari kabilarning bosh miya po’stlog’i markazlaridagi izlarining tiklanishidir.
Nutq. Nutq neyrofiziologiyasini aniqlash uchun olib borilgan barcha tajribalar klinika sharoitida bemorlarda o’tkazilgan va nutq markazi bosh miya po’stlog’ining chap markazida joylashgan degan xulosaga kelingan. Ammo, nutq markazi o’ng va chap yarim sharlarda joylashgan, chapaqay va o’ngaqay odamlarda ham markazni joylashishi boshqacharoq bo’ladi degan fikrlar ham bor. Demak, nutq markazining joylashishi to’g’risida hali aniq bir fikrga kelinmagan. Bolalarning nutqi va umuman, ikkinchi signal tizimining shakllanishida kattalar bilan muloqotda bo`lish, ijtimoiy muhit, tarbiya jarayonlari muhim rol o`ynaydi. Ijtimoiy muhitda so`zlashuv kamroq bo`lgan bolalarda nutq uncha rivojlanmaydi, ularning intellektual qobiliyatlari sodda bo`ladi. Bolalarda 2 yoshdan 5 yoshgacha nutqni o`zlashtirish uchun kritik davr hisoblanadi. Hindistonda, kichikligida bo`ri tomondan olib ketilgan bola, so`zlashuvni mutlaqo unutdi. Ko`rsatilganki, bunday bolalar 5 yoshdan keyin uyga qaytishsa ularni so`zlashga o`rgatish qiyin va agar bunday bolalar 10 yoshdan keyin qaytishsa, ularni so`zlashga umuman o`rgatib bo`lmaydi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish