Sangvinik, xolerik, felgmatik, melanxolik.
Gippokrat organizmdagi turli biologik suyuqliklarning miqdori turlicha bo’lganligi uchun odam temperamentini 4 ta guruhga bo`lish mumkinligini ko`rsatdi. Gippokratni fikricha, badanda issiq qonning ko’p bo`lishi odamni serharakat, dadil qiladi. Bunday mizojli odamlarni olim sangviniklar, deb atagan. Sovuq shilimhiqning ko’pligi insonning sovuqqonligiga, vazminligiga sabab bo`lsa (flegmatik), achchiq o’t-safroning ko’pligi qiziqqonlik, serjahllikka olib keladi (xolerik). Qora, buzilgan o`t-safroning nisbatan ko’pligi esa odamni o’ziga ishonmaydigan, g’amgin, bo’shang (melanxolik) qiladi. I.P. Pavlov hayvonlardagi ko’p yillik tajribalar asosida shartli reflektor faoliyatini kuzatib nerv faoliyatining quydagi neyrodinamik tiplarini ajratdi.
Kuchli muvozanatlangan harakatchan (labil) tip. Nerv hujayralarining yuqori qo`zg`aluvchanligi, ularning harakatchanligi va muvozanatlanganligi bilan izohlanadi.
Kuchli muvozanatlangan inert tip. Nerv jarayonlarining kuchli bo`lishi va ularning harakatchanligi uncha yuqori emasligi bilan ta’riflanadi.
Kuchli muvozanatlashmagan tip. Nerv jarayonlarining kuchli bo`lishi bilan va qo`zg`alish tormozlanishdan ustun bo`lishi (ularning muvozanatlashmaganligi) bilan tasniflanadi.
Kuchsiz tip nerv hujayralarining sust ish qobiliyati va nerv jarayonlarining kuchsizligi bilan tasniflanadi.
Aytib o`tilgan oliy nerv faoliyatining tasniflanishi nisbiydir, chunki ko`pincha turli tiplar birgalikda bo`ladi va ulardan bitta — ikkitasi ustunroq bo`lishi mumkin. Oliy nerv faoliyati tiplarini belgilash hozirgi hamon fiziologiyasida 30 dan ortiq bo`lgan ko`rsatkichlar asosida amalga oshadi.
I.P. Pavlov ko`rsatib o`tgan to`rtta tipi yunon olimi Gippokrat tomonidan aniqlagan to`rtta temperamentga mos keladi. Ko`rinib turibdiki, Gippokratning sangvinik, flegmatik, xolerik va melanxolik tiplari I.P. Pavlov ko`rsatgan oliy nerv faoliyatining to`rtta tipiga muvofiqdir. Gippokrat va I.P. Pavlov tasniflari solishtirgandan keyin osonlikcha quyidagi atamalar juftlarini tuzish mumkin: kuchli, muvozanatlashmagan tip—xolerik; kuchli muvozanatlangan, harakatchan— sangvinik; kuchli muvozanatlangan, inert tip—flegmatik, kuchsiz tip — melanxolik.
Oliy nerv faoliyati tiplari haqidagi ma’lumot o`smirlar va yoshlar shakllanishi uchun katta ahamiyatga ega. Oliy nerv faoliyatining tiplari temperament asosida shakllanadi. Nerv tizimining xususiyatlari bolaning temperamentini belgilaydi. Masalan, nerv tizimidagi inertlik, albatta, flegmatik temperamentning shakllanishiga ta’sir qiladi. Tipologik farqlar 1 yoshli bolalarda aniq ifodalangan bo`ladi va keyinchalik ularning farqi yana ham kuchayadi. Bolaning oliy nerv faoliyati tiplari kattalarnikiga faqat umumiy ko`rinishi bo`yicha o`xshash bo`ladi, chunki bolada nerv tizimining asosiy xossalari yoshga bog`liq xususiyatlarga ega. Masalan, maktab yoshigacha bo`lgan bolalarda nerv jarayonlarining kuchsizligi yoshlar va kattalarga nisbatan ko`proq uchraydi. Oliy nerv faoliyatining shakllanishi uning nerv va boshqa tizimlari to`la yetilgandan keyin 22—26 yoshda tugallanadi. Krasnogorskiy bo`yicha bolalarda sangvinik, flegmatik, xolerik va melanxolik oliy nerv faoliyatining tiplari uchraydi. Bolalarning xarakteri va ish faoliyati oliy nerv tizimining turlari bilan bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |