L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet52/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Shartli reflekslar. Individual hayot tajribasi asosida orttirilgan harakatlarning yig`indisi—shartli reflekslardir. Shartli reflekslar yordamida organizm tashqi o`zgaruvchan muhitga va sharoitga moslashadi; yoshiga, ehtiyojlarga mos ravishda o`zgaradi. I.P.Pavlov shartli reflekslarning kelib chiqishini bosh miya yarim sharlarida hosil bo`lgan qo`zg`alish bilan po`stloq osti yadrolari o`rtasidagi vaqtincha funksional aloqa deb hisoblagan. Hozirgi paytda ma’lum bo`lishicha, shartli reflekslarning hosil bo`lishida bosh miyaning turli bo`limlari ishtirok etadi. Vaqtinchalik bog`lanishning hosil bo`lishida po`stloq osti yadrolarning funksional ahamiyati kattadir.
Shartli reflekslar ma’lum bir sharoitlarga yoki qonun—qoidalarga amal qilinsagina hosil bo`ladi. Bunga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Shartli signal sinaluvchi uchun farqsiz (indifferent) va dastlabki vaqtda mo`ljal refleksini vujudga keltiradigan bo`lishi.
2. Indifferent hayotiy jihatdan muhim bo`lmagan signal (yorug`lik, tovush va boshqalar) shartsiz — hayotiy muhim bo`lgan signal (oziq —ovqat, ogriq) bilan bir necha bor ketma—ket takrorlanib mustahkamlanishi lozim.
3. Indifferent signal shartsiz signaldan kuchli bo`lmasligi, uning biroz ilgariroq ta’sir ettirilishi,.
4. Shartli refleksli hosil bo`lishda organizmda boshqa kuchli faoliyatni chaqiruvchi ta’surotlarning bo`lmasligi, tinch muhitning yaratilishi. Shuning uchun I.P.Pavlov itlarda shartli reflekslarni hosil qilish uchun sokinlik minorasini ko`rgan.
5. Shartli refleksli hosil qilish uchun nerv tizimi fiziologik va morfologik jihatdan butun bo`lishi va u mye’yoriy holda ishlaydigan bo`lishi zarur. Charchaganda, och qolganda, zararlanganda va jarohatlanganda nerv tizimining ishi izdan chiqadi va shartli reflekslarni hosil bo`lish jarayoni qiyinlashadi.
Shartli ta’sirlovchi sifatida tashqaridagi har qanday signal—yorug`lik, qo’ng’iroq, narsalarning ko`rinishi va boshqalar xizmat qilishi mumkin. Shartsiz ta’sirlovchilar hayotiy jihatdan muhim bo`ladi va bunday ta’sirlovchilar sifatida ko`pincha oziq—ovqat va og’rituvchi vositalar qo`llaniladi. Kuchli shartsiz ta’sirlovchilarga rag`batlantirish va jazolash kiradi. Pedagogik faoliyatda bu ikkala omil kengroq tushuniladi, rag`batlantirish va jazolash orqali bolalarda turli malakalar hosil qilinadi. 3 yoshdagi bolalarda oziq — ovqat bilan mustahkamlash jarayonlari unumli bo`lsa, keyinroq so`z yordamida rag`batlantirish unumliroqdir. 5 yoshdan keyin maqtash bilan bolalar har qanday shartli refleksli ishlab chiqarish mumkin.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish