Nazorat savollari.
Nerv tizimining tuzilishini tushuntiring?
Nerv tiziming shakllanish davrlari va boshqarish tizimidagi bajaradigan funksiyalarni ayting.
Nerv tizimining asosiy shakli nima va uning strukturaviy qismlarini ayting.
Neyronlar klassifikatsiyasini tushuntiring.
Koordinatsiya. irradiatsiya va induksiya hodisalariga tavsif bering.
MAT turli bo’limlarining tuzilishi va funksional ahamiyati qanday?
Somatik va vegtativ tizimlarning farqi hamda organizmdagi hayotiy jarayonlarni boshqarishdagi roli nima?
Asab tizimining gigiyenasi haqida ayting.
4-MAVZU: OLIY NERV FAOLIYATI VA UNING YOSHGA OID XUSUSIYATLARI
Tayanch tushunchalar: Shartli va shartsiz reflekslar birinchi va ikkinchi signal, tip, holerik, sangvinik, flegmatik, melanholik, nutq, tafakkur, xotira, uyqu, nevroz,
4.1 Katta yarim sharlar po`stlog`i. Shartli va shartsiz reflekslar
Katta yarimsharlar, ya`ni oxirgi miya kattaligi bo’yicha bosh miyaning qolgan barcha bo’limlarini birga qo’shib hisoblaganda, ulardan ko’p marta ustunlik qiladi va miyacha bilan birga ularning ustini qoplab turadi. Har bir yarimsharda peshona, tepa, chekka va ensa bo’laklari bo`ladi. Yarimsharlar bag`rida qorinchalar nomini olgan bo`shliqlar bor. Ular suyuqlik bilan to’lgan bo`lib, miya to’qimalaridagi moddalar almashinuvi shu suyuqlik orqali amalga oshadi. Katta yarimsharning qolgan barcha massasi nerv tolalaridan hosil bo`lgan oq modda, bazal yadrolar nomini olgan kulrang modda to’plamidan iborat.
Bosh miya ikkita yarim sharlardan iborat bo’lib, bir-biri bilan qavargan tana orqali bog’langan. Har bir yarim sharda miya po’stlog’i, hid bilish qismi va po’stloq osti yadro bor.
Bosh miya yarimsharlarining butun yuzasi yopqichga o’xshash kulrang modda savati bilan qoplangan, u bosh miya po`stlog`i deb ataladi. U oliy nerv sistemasining oliy bo’limi bo`lib, bir butun organizm faoliyatini uning tevarak-atrof bilan murakkab o’zaro munosabatlari bilan birga shakllantiradi, muvofiqlashtirib va nazorat qilib turadi.
Yarimsharlarning umumiy yuzasi ular hisobiga birmuncha kattalashadi va katta yoshdagi odamda 1700—2200 sm2 ni tashkil qiladi. Po’stloqda qavat-qavat bo`lib joylashgan 109— 1010 ta nerv hujayrasi bo`ladi. Po’stloqning qalinligi miyaning turli qismlarida bir xil bo’lmaydi va 1 mm dan 5 mm gacha o’zgarib turadi. Uning butun yuzasi ko’p sonli egatchalar bilan qirqilgan bo`lib, ular orasida pushtalar bo`ladi. Bosh miya po’stlog’ining har qaysi qismi anatomik belgilaridan tashqari, funksional belgilari bilan ham boshqa qismlaridan farq qiladi. Hozirgi vaqtda po’stloqning 50 dan ziyod turli xil qismlari aniqlangan bo`lib, ularning har biri nerv bo’laklarining to’plami, o’lchami, joylashuvi bo’yicha boshqalaridan farq qiladi va muayyan biror axborot yoki signalni qabul qilishga moslashgan bo`ladi.
Po’stloqning turli qavatlaridagi hujayralar har xil va forma tuqilishlariga ega:
Molekulyar qavat. Molekulyar qavatda nerv hujayralari ham bo’lib qo’shilib ketgan tolalarga boy va qalinligi 0,2 mmcha keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |