3.3 Periferik nerv tizimi
Periferik nerv tizimiga bosh miyadan chiquvchi 12 juft va orqa miyadan chiquvchi 31 juft nervlar kiradi.
Bosh miya nervlari
hidlov
ko`ruv
ko`zni harakatlantiruvchi nerv
g`altak nervi, uch shoxli nerv
uzoqlashtiruvchi nerv
dahliz chig`anoq nervi
yuz nervi
til yutqin nervi
adashgan nerv
qo`shimcha nerv
til osti nervlari
Bu 12 juft nerv vazifasiga, rivojlanishiga va ularga aloqador bo`lgan a`zolar funksiyasiga qarab uch guruhga bo`linadi. Ulardan 1,2,8 juft nervlar – sezuvchi, 3,4,6,11,12 juft nervlar – harakatlantiruvchi, 5,7,9,10 juft nervlar aralash nervladir.
Bosh miya nervlari bajaradigan vazifasiga qarab tarkibida orqa miya nervlariga o’xshab sezuvchi, harakatlantiruvchi va vegetativ tolalar bo`ladi.
Orqa miya nervlari. Orqa miya nervlari kulrang moddasining oldingi shoxidan harakatlantiruvchi tolalar, orqa shoxidan sezuvchi tolalar chiqadi. Sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlar umurtqalararo teshik oldida qo`shilib aralash nervni hosil qiladi. Bu nervlar odamda 31 juft bo`ladi. Har qaysi nerv umurtqalararo teshikdan chiqqandan so`ng, ikki shoxga bo`linadi:
Orqa shox – tanani orqa tomondagi muskullari va teriga nervlar beradi.
Oldingi shox – tananing oldingi tomonidagi muskullar va qo`l, oyoqlarga nervlar beradi. Bu ikki shoxdan tashqari uchinchi shox ham chiqadi. Bu ichki a`zolarga boruvchi shox-simpatik nervlardan iborat bo`lib, qo`shuvchi shox deyiladi.
Har qaysi orqa miya nervi miya pardalarini innervatsiya qilish uchun yana bittadan mayda tarmoq ajratadi. Bu tarmoqlar nervdan ajralib, yana umurtqalararo teshiklardan qaytadi va umurtqa pog`onasi ichiga kirib orqa miya pardalarini innervatsiya qiladi.
3.4 Simpatik va parasimpatik nerv tizimi
Vegetativ nerv sistemasi nerv sistemasining periferik qismi hisoblanadi. U ichki organlar to’qimalarini, teri, silliq muskullarni, ichki sekresiya bezlarini innervatsiya qiladi. Vegetativ nerv sistemasining funksiyalari ichki organlar faoliyatini idora qilishdan va organizmning ichki muhiti doimiyligini saqlab turishdan iborat. Unda simpatik va parasimpatik nerv sistemasi mavjud bo`ladi. Ular turli vazifalarni bajaradi. Parasimpatik bo’limning vazifasi, odatda, uzoq davr mobaynida organizm ichki muhitini barqaror qilib turadigan jarayonlarni ta`minlab turishdan iborat, deb hisoblanadi, nerv sistemasi zo’r berib ishlashi bilan hayotga tahdid solayotgan sharoitda, kurashda yoki yugurishda simpatik nerv sistemasining faoliyati ustunlik qiladi. Ekstremal sharoitlarda vegetativ nerv sistemasi tashqi ta`sirga javob berib, ayniqsa, turli emotsional reaksiyalarda qon aylanishi, nafas olish, ovqat hazm qilish, ayirish, ichki sekresiya organlarining funksional holatini o’zgartirish xususiyatiga ega. Bunda yurak urishi, nafas olish tezlashadi, ter ajralib chiqishi, moddalar almashinuvi jarayonlari va shu kabilar kuchayadi.
Vegetativ nerv sistemasining organizm ichki muhiti doimiyligini saqlashdagi ishtiroki ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Masalan, havo haroratining ko`tarilishi, ter ajralishining kuchayishi, shuningdek, periferik qon tomirlar sistemasining kengayishi hisobiga issiqlik ajralishi bilan kechadi. Bularning hammasi tana haroratining doimiy saqlanishiga imkon beradi va organizmning issiqlab ketishiga to’sqinlik qiladi. Ko’p qon yo’qotilgan hollarda yurak urishining tezlashishi kuzatiladi, tomirlar torayadi va umumiy qon aylanish doirasiga to’qimalar hamda organlarda normal qon aylanishini ta`minlaydigan taloqdagi depolangan qon otilib chiqadi. Organizmning ana shu va boshqa ko’pgina reaksiyalari markaziy nerv sistemasining oliy bo’limlarida shakllanadi va vegetativ nerv sistemasi orqali ro’yobga chiqariladi. Markaziy nerv sistemasining shu bo’limi yordamida ichki organlar funksiyasi, shuningdek, barcha organlarning qon aylanishi va trofikasi idora qilinadi.
Simpatik nerv sistemasining markazlari orqa miyaning ko’krak va bel bo’limlarida, parasimpatik nerv sistemasining markazlari o’rta miyada, bosh miyaning uzunchoq bo’limlarida va orqa miyaning dumg’aza bo’limida bo`ladi. Vegetativ nerv sistemasi oraliq miya gipotalamusida ola-bula tanada va miya o’zagining tursimon tuzilmasida joylashgan.
Nerv tizimining ichki a`zolar, bezlar, qon va limfa tomirlari, silliq va qisman ko`ndalang katta muskullar faoliyatini boshqarib turadigan qismi avtonom yoki vegetative nerv tizimi, deyiladi. Vegetativ nerv sistemasining funksiyalari ichki organlar faoliyatini idora qilishdan va organizmning ichki muhiti doimiyligini saqlab turishdan iborat. Unda simpatik va parasimpatik nerv sistemasi mavjud bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |