L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet42/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

O’RTA MIYA
O`rta miya miya oyoqchalaridan— orqa miyadan keladigan o’t­kazuvchi yo’llardan va unga bosh miyaning yuqorida joylashgan bo’limlaridan keladigan o’tkazuvchi yo’llardan, yadrolardan— nerv hujayralari yig’indisidan, to’rt tepalik, qora modda va qizil yadrolardan tashkil topgan. O’rta miyada kalla suyagi — miya nervlarining III va IV juftlari: g’altak nervi va ko’zni harakatlantiruvchi nerv joylashgan.
To’rt tepalik ustki va pastki qismlardan iborat. Ustki to’rt tepalikda birlamchi yoki taxminiy ko’rish reflekslari, pastkisida esa hayvonlar boshini, ko’zini, quloqlarini ta’sirlovchilar tomoniga harakatga keltirish bilan yuzaga chiqa­digan eshitish reflekslari amalga oshadi.
Qizil yadrolar o’tkazuvchi yo`llar orqali miyacha, oraliq miya va orqa miya bilan bog’langan va oyoq-qo’llar — bukuvchi va yozuvchi muskullar tonusini boshqarishda ishtirok etadi.
Qora modda nerv tutamlari orqali katta yarimsharlar po`stlog’i— markaziy pushtalar va peshona bo’laklari, qizil yadrolar bilan bog’langan. Murakkab yutish va chaynash harakatlarini boshqarish, qo’l barmoqlarining nozik harakatlarini idora qilishni muvofiqlashtirish bilan bog’liq bo’lgan reflekslar unga tegishlidir.
Kalla suyagi — miya nervlarining III va IV juftlari (ko’z­ni harakatlantiruvchi va g’altak nervlar) ko’z muskullarini innervatsiya qiladi.
O’rta miya ichida Silviev nayi (suv yo`li) nomini olgan bo’shliq bor. U uzunchoq miya to’rtinchi qorinchasining davomi hisoblanadi va oraliq miyada bo`ladigan uchinchi qorinchaga o’tadi.
ORALIQ MIYA
Uchinchi qorincha atrofida katta miya yarimsharlari chegarasida oraliq miya joylashgan. Unga o’ng va chap talamuslar, ya`ni ko’rish dumboqchalari kiradi. Ko’rish dumboqchalari ular orqali barcha sezuvchi nerv yo’llari o’tadigan go’yo oxirgi stan­siya hisoblanadigan nerv hujayralari yig’indisidir. Ular organizmning barcha retseptorlaridan impuls qabul qiladi va ularni katta yarimsharlar po’stloviga va miya o’zagining boshqa bo’limlariga o’tkazadi. Talamus og’riq sezuvchanlikning oliy markazi hisoblanadi. Klinik kuzatishlarga asoslanib, uning ayrim zararlanishlarida azob beradigan og`riq sezgisi paydo bo’lishi isbotlangan. Teriga arzimagan kuch bilan tegib ketish, tovush yoki yorug’lik bunday bemorlarda qattiq og’riq xurujlarini keltirib chiqaradi. Ba`zan talamus zararlanganda, og’riq sezish buziladi va bunda og’riq ta`siri bu sezgilarni umuman keltirib chiqarmaydi — anal`geziya holati vujudga keladi.
Talamusdan pastda oraliq miyaning boshqa qismi — gipota­lamus, ya`ni do’mboq osti joylashgan. Bu ko’p sonli bog’lanishlari, sezuvchi va harakat neyronlari bo`lgan nerv hujayralari yig’indisidir. U bosh miyaning qadimiy tuzilmasi bo`lib, bir butun organizmning ko’pgina funksiyalarini va avvalo ichki muhiti doimiyligini idora qilishda yetakchi rol o’ynaydi. Gipotalamus egallagan kichik joyda qirkdan ortik turli-tuman yadrolar mujassamlashgan. Ular organizmda moddalar almashinuvini, yurak-tomir, hazm qilish, ayirish va boshqa sistemalar ishini idora qiladigan vegetativ nerv sistemasi markazlaridir. Gipotalamusda tana temperaturasini doimiy muayyan darajada (36,6°—37°S) saqlab turishni ta`minlaydigan termoregulyatsiya markazi joylashgan. Bu markazlar buzilganda issiqlik hosil qilish va issiqlik chiqarish jarayonlari buziladi, temperatura ta`siriga javob reaksiyalari ham o’zgaradi. To’yish markazi ham shu yerda joylashgan bo`lib, to’qlik yoki ochlik hissi shakllanishi shu markazga bog’liq. Bu markazning buzilishi shunga olib keladiki, odam ovqatga mutlaqo to’ymasdan tinmay yeyaveradi, unda to’yish hissi yuzaga kelmaydi yoki ovqatdan yuz o’giradi, bordiyu, uni zo’rlab ovqatlantirilmasa, ochlikdan halok bo’lishi mumkin. Gipotalamus amalda miyaning barcha bo’limlari bilan bog’langan, biroq yaqinida joylashgan gipofiz — ichki sekresiya bezi bilan ayniqsa chambarchas va anatomik hamda funksional jihatdan bog’liq. Organizm butun endokrin sistemasining faoliyati ana shu bezning funksiyasiga bog’liq. Shunday qilib, barcha ichki sekresiya bezlari gipotalamus nazorati ostida bo`ladi va shu munosabat bilan uning organizm funksiyasiga ta`siri ham nerv, ham gumoral sistemalar orqali amalga oshiriladi.
Oraliq miyaning funksiyalari katta yarimsharlar po’stlog’i nazorati ostida bo`ladi. Bunga sabab shuki, miya po’stlog’i istisno qilingandan keyin, hayvonlarni hatto kuchsiz ta`sirlantirish ham ularda qon bosimini va qonda qand miqdorini oshirib, juda kuchli muhofaza reaksiyalarini keltirib chiqaradi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish