L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Markaziy nerv tizimi. Orqa miya. Bosh miya. Oldingi miya, o`rta miya, keyingi miya



Download 5,47 Mb.
bet40/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

3.2 Markaziy nerv tizimi. Orqa miya. Bosh miya. Oldingi miya, o`rta miya, keyingi miya
Har qanday taassurotga markaziy nerv tizimi (MNT) bir butunligicha javob beradi. Shuning uchun ham faoliyat nuqtai nazaridan MNT ni qismlarga bo`lish shartlidir. Ammo ma`lumotlar bayoni oson bo`lishi uchun va eski an`anaga ko`ra, MNT faoliyati shartli ravishda orqa miya, uzunchoq miya, o`rta miya, oraliq miya, miyacha, po`stloq osti tuzilmalar, miya yarim sharlari po`stlog`i, vegetativ nerv tizimi faoliyatlariga bo`linadi.
Orqa miya
Orqa miya kelib chiqishiga ko’ra markaziy nerv sistemasining qadimiy bo’limi hisoblanadi. Tashqi ko`rinishidan u ayrim umurtqalardan hosil bo’lgan mustahkam va ayni vaqtda egiluvchan g’ilofga joylashgan oldingi-orqa yo’nalishda yassilashgan silindrsimon tortmadir. Orqa miya umurtqa pog’onasidan kaltaroq, u uzunchoq miyadan boshlanib, birinchi-ikkinchi bel umurtqalarida tugallanadi. U segment shaklida tuzilgan bo`lib, unda 8 ta bo’yin, 12 ta ko’krak, 5 ta bel, 5 ta dumg’aza va 1-2 ta dum segmentlari bor. Jami 32 ta segment bo`lib, ularning har biridan ikki juftdan orqa miya nervlari chiqadi. Ular umurtqalarning har biriga mos keladi. Ular umurtqa pog’onasi kanali orasidagi teshik orqali o’tib, muskullar, paylar, bo’g’imlar, teri, organlar va to’qimalarga boradi. Orqa miyaning har bir segmenti muskullarning muayyan gruppasi, teri va boshqa organlarning ma`lum qismi uchun javobgar.
Orqa miyaning ko’ndalang kesmasida nerv hujayralari tanasining to’plamidan hosil bo’lgan kulrang modda va nerv tolalaridan hosil bo`lgan oq modda ajralib turadi. Orqa miyaning ko’krak bo’limi sathida vegetativ nerv sistemasi markazlarining bir qismi bo’ladi. Kulrang moddaning oldingi shoxlarida harakat neyronlari jamlangan. Ularning nerv tolalari tutam-tutam bo`lib yig’iladi, orqa miyadan chiqadi va oldingi ildizlar hosil qiladi. Sezuvchi neyronlarning tanasi orqa ildizlarniig orqa miya tugunlarida, ya`ni orqa miyadan tashqarida bo`ladi. Oldingi va orqa ildizlar birga qo’shilib ketadi va orqa miya nervi tarkbida skelet muskullariga boradi.
Barcha ko’krak va ikkita yuqorigi bel segmentlarining kulrang moddasi oldingi va orqa shoxlaridan tashqari yana yon shoxlarga ham ega. Ularda simpatik nerv sistemasiga taalluqli neyronlar joylashgan. Bu hujayralarning o`simtalari orqa miyadan oldingi ildizlar tarkibida chiqadi.
Orqa miyaning oq moddasi oldingi, yon va orqa kanalchalarga yoki ustunlarga bo’linadi. Bevosita kulrang modda yaqinida orqa miyaning qo’shni yoki bir-biriga yaqin joylashgan segment­lari neyronlarini biriktiradigan tolalarning kalta dastalari bo`ladi. Bu miyaning o’tkazuvchi yo’llaridir.
Orqa miyada ko’p sonli reflektor yoylar joylashib, organizmning ba`zi bir harakat funksiyalari shular yordamida idora qilinadi. Pay reflekslari va cho’qilishi ularning eng oddiy turlariga kiradi. Bukuvchi, yozuvchi, ritmik reflekslar va vaziyat reflekslari birmuncha murakkab tuzilgan. Orqa miya­ning ayrim markazlari ichki organlar faoliyatining idora etilishini kam ta`minlaydi.
Orqa miya nervlari markazlariga gavdaning aniq chegaralangan qismlari o’zi joylashgan sohasiga muvofiq holda xizmat ko’rsatadi. Chunonchi, orqa miyaning yuqori bo’limlarida ko’z qorachig’ining kengayib-torayishini, yurak qisqarishlari maromini idora qiladigan pastki bo’limlarida bachadon, qovuq, ichaklarning silliq muskullarini boshqaradigan ref­lektor markazlar bo`ladi. Ular hatto bosh miya markazlari bilan aloqa yo’qolgandan keyin ham bu organlar vazifasini ta`minlab turadi. Organizmning butun hayoti davomida hatto uxlab yotgan odamda ham muskullar ma`lum darajada kuch bi­lan ishlab turadi. Bu vaziyatni uzoq muddatli osoyishtalikda saqlab turishga, shuningdek, tik turishga, kitob o’qishda yoki biror yumushni bajarishda boshni engashtirib turishga imkon beradigan tonusdir. Orqa miya markazlari vujudga keltiradigan muskullar tonusi tufayli harakatlar ravon va nozik bo`ladi, aks xolda ular keskin va qo’pol bo’lar edi.
Orqa miya tananing barcha retseptorlaridan bosh miyaga va undan barcha organlar hamda to’qimalarga impuls o’tkazish funksiyasini ham bajaradi. Ular orqa miyaning oq moddasini tashkil qilgan nerv tolalari bo’ylab yuqoriga ko’tariladigan va pastga tushadigan yo’nalishda boradi. Orqa ustunlarda axborot bosh miya stvolining turli xil yadrolariga va katta yarimsharlar po`stlog’iga tushadigan, faqat yuqoriga ko’tariladigan o’tkazuvchi yo’llar joylashadi. Oldingi ustunlardan pastga tushadigan o’tkazuvchi yo’llar o’tadigan yon ustunlarda esa ikkala turdagi nerv tolalari bo`ladi. Shu bog’lanishlar tufayli odam uyg’unlashgan murakkab harakatlarni bajara oladi.
Orqa miya faoliyati bosh miyaning yuqorisida joylashgan bo’limlarning muvofiqlashgan ta`siriga talaygina darajada bo’ysunadi. Agar hayvonning orqa miyasi olib tashlansa, bu hol harakatlarining falajlanib qolishiga olib keladi, pe­riferi nervlar atrofiyaga uchraydi, ya`ni kichrayadi, hayvon gavdasi va oyoq-qo’llari retseptorlaridan kelayotgan ta`sirni sezmaydi.



Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish