L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet36/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Nerv impulslari
Nerv tolalari boʻylab tarqaladigan qoʻzgʻalish toʻlqinlari - nerv impulsi hisoblanadi. Nerv impulslari nerv hujayralari (neyronlar) qoʻzgʻalganda paydo boʻladi. Signallarni sezuvchi periferik nerv uchlari (reseptorlari) dan markaziy nerv sistemasiga va undan ijrochi aʼzolar (muskullar va bezlar)ga oʻtkazib beradi. Nerv impulsi asosida elektr kimyoviy reaksiyalar yotadi. Impuls oʻtkazish tezligi 0,5 dan 120 m/sek. gacha. Nerv impulsi neyrondan neyronga sinapslar orqali oʻtadi. Qo`zg`alishning toladan o`tishi ham o`q silindrning plazmatik membranasiga bog`liq. O`q silindri gialoplazmaga to`lgan va unda neyrofibrillalar, mikronaychalar, mitoxondriyalar kabi organellalar uchraydi. O`q silindri tashqaridan Shvann parda yoki Shvann va miyelin parda bilan qoplangan.
Ta`sirlovchilar
Qo`zg`aluvchanlik barcha to`qimalarga xos xususiyatdir. To`qimaning qo`zg`alishi uchun ma`lum ta`sirlovchi bo`lishi shart, shundagina to`qimada moddalar almashinuvi sodir bo`lib, tirik organizm ta`sirga qo`zg`alish bilan javob beradi.
Muskul to`qimasi qo`zg`alganda qisqaradi, bez to`qimasi esa sekret yoki shira ajratadi. Ta`sirlovchilar fizik, kimyoviy, elektrik, biologik va boshqa turlarga bo`linadi.
Ta`sirlovchi kelib chiqishiga ko`ra, organ yoki to`qimaga ta`siriga ko`ra adekvat va noadekvat ta`sirlovchilarga bo`linadi.
Muayyan to`qima, hujayra, organ uchun xos bo`lgan ta`sirlovchi adekvat ta`sirlovchi deyiladi. Masalan, ko`z uchun yorug`lik, muskul uchun nerv impulsi adekvat ta`sirlovchi bo`la oladi.
Muayyan to`qima, organ uchun xos bo`lmagan ta`sirlovchi noadekvat ta`sirlovchi deyiladi. Masalan, muskul elektr toki, kislota ta`sirida ham qisqarishi mumkin. Ta`sirlanish tashqi, ichki muhit omillari ta`sirida tinch faoliyatdan faol holatga o`tishdir. Bu omillar ta`sirlovchilar hisoblanadi.
Refleks nerv tizimining asosiy faoliyati sifati
Nerv tizimining asosiy faoliyat mexanizmi - refleks. Refleks so`zi lotincha bo`lib, “qaytaraman” degan ma`noni bildiradi. Refleks tushunchasi to`g`risida birinchi bo`lib so`z yuritgan farangistonlik faylasuf Rene Dekartning fikricha, oyna o`zida tushgan nurni qaytarganidek, miya organizmni ta`sirlagan narsalarni qaytarib, ularga javob shakllaydi. Xozirgi vaqtda organizmning markaziy nerv tizimi ishtrokida ro`y beradigan har qanday reaksiyani refleks deyiladi. Refleks yuzaga chiqishi uchun uning morfologik asosi - reflektor yoy mavjud bo`lishi shart.
Reflektor yoy besh qismdan iborat. 1) retseptor - tashqi yoki ichki muhitning muayyan ta`surotlarini qabul qilishga ihtisoslashgan tuzilma; 2) retseptorda hosil bo`luvchi impulslarni nerv markaziga yetkazuvchi afferent (sezuvchi) neyron ; 3) odatda orqa yoki bosh miyada joylashgan nerv markasi; 4) o`z aksoni yordamida impulsni markazdan ishchi a`zoga yetkazuvchi efferent (harakatlantiruvchi) neyron; 5) tegishli faoliyatni bajaruvchi ishchi a`zo (effektor) - muskul yoki bez. Chin refleks vujudga kelishi uchun qo`zg`alish reflektor yoyning hamma yeridan o`tishi kerak.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish