L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet44/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

RETIKULYAR FORMATSIYA
Uzunchoq miyada, varoliy ko’prigida va qisman oraliq miyada zich nerv tolalari tarmog’i bilan o’zaro birikkan, yirik va mayda yadrolardan tuzilgan to’rsimon tuzilma bo`ladi. Ular markaziy nerv sistemasining turli bo’limlarini o’zaro bog’laydi va hayot uchun muhim bo`lgan bir qancha funksiyani bajaradi.
Katta yarimsharlar po’stlog’ining faoliyati retikulyar for­matsiya hujayralarining aktivligiga bog’liq. Odam uxlab yotganda yoki bedor bo’lganda uning ta`sir darajasi ancha sezilarli bo`ladi. Retikulyar formatsiya ta`sirlanganda odam uyg’onadi va ta`sir to’xtatilganda uyqu boshlanadi.
Uzunchoq miyada nafasni tartibga soluvchi markazda reti­kulyar formatsiyaning bir qismi bo`ladi va u shikastlanganda nafas olish to’xtashi kuzatiladi. Bu nerv tuzilmasining yana bir eng muhim funksiyasi ham ma`lum: bu uning yurak-tomir faoliyatini idora qilishdagi ishtirokidir. Shu nerv tuzilmasi tufayli tomirlarning normal tonusi va shunga muvofiq holda, qon bosimining normal darajasi saqlab turiladi.
Uzunchoq miyaning ta`siri istisno qilinsa shundan keyin to­mirlarning kengayishi, yurak faoliyatining susayishi, qon bo­simining keskin pasayib ketishi kuzatiladi.
Retikulyar formatsiyaning nerv hujayralari tananing makondagi vaziyatini boshqarish va nazorat qilish odam tinch holatda bo’lganda, o’tirganda yoki yotganda muskullar tonusini saqlab qolish ustidan nazorat qilishda ishtirok etadi.
MIYACHA
Miyacha bevosita katta yarimsharlarning ensa bo’laklari ostida miyaning IV qorinchasi ustida joylashgan. U ikkita yarimshar va chuvalchangsimon o’rta bo’lakdan tashkil topgan. Har qaysi yarimshar uchta bo’lakchaga bo’lingan, oyoqchalar nomini ol­gan va ulardan chiqadigan nerv tolalari dastalari uzunchoq miyaga, orqa miyaga, ko’prikcha yadrolariga, o’rta va oraliq miyaga, katta yarimsharlarga boradi. Ular oraliq axborot miyachaga periferik nerv sistemasidan ham katta yarimsharlar po’stlog’idan ham keladi. Miyacha o’z navbatida shu oyoqchalar orqali markaziy nerv sistemasining barcha bo’limlariga va perife­riyam impuls yuboradi. Miyacha orqa miya bilan ayniqsa mustahkam bog’langan. Miyacha bo’g’imlar, muskullarning holati, ularning tarangligi, oyoq-qo’llarniing vaziyati to’g’risidagi ma`lumotni orqa miya orqali oladi. Miyachaning butun yuzasi qalinligi 1—2,5mm bo’lgan kulrang moddadan tuzilgan burmali po’stloq bilan qoplangan ichida oq modda joylashgan, uning massasida kulrang moddaning miyacha yadrolari bo`ladi. Harakatlarni muvofiqlashtirish funksiyasini, muskullar tonusini idora qilish, tananing vaziyati va muvozanatini saqlash, ya`ni aniq va nozik tabaqalanishni talab etadigan murakkab harakatlarni boshqarish funksiyasini miyacha bajaradi. Bunga tana, jumladan, quloq vestibulyar apparati harakati vaqtida ta`sirlanadigan barcha retseptorlardan unga impulslar kelishi tufayli erishiladi. Miyacha kasallanganda gavda va oyoq-qo’llar muskullarining tarangligi sustlashadi, harakatlar mard odamning harakatlarini eslatadi, ular omonat bo`lib qoladi, hujayralari va boshi tinmay chayqalib turadi yoki qaltiraydi, harakatlar uyg’unligi yo’qoladi, odam muvozana­tini saqlab qolish, tik turish, o’tirish, yurish qobiliyatini yo’qotadi. Muskullar tonusini idora qilishda faqat miyacha emas, balki miyaning boshqa tuzilmalari ham ishtirok etadi. Miyacha asosan rostlovchi muskullar tonusi uchun javob beradi, deb hisoblanadi. Uning funksiyasi, ya`ni «miyacha sindromi»da bukuvchi va yozuvchi muskullar harakatining nomunofiq bo`lib qolishi, hamkorlikda ishlaydigan muskullar ishining buzilishi kuzatiladi. Oyoqlarni kerib gandiraklab yurish, goh u, goh bu tomonga chayqalib odim tashlash sababi ana shundadir. Vesti­bulyar apparat bilan bog’liqlik susayishi sababli odam muvozanatini, vaziyatni saqlashi qiyin bo`ladi. Nutqi buziladi, so’zlarni bo`lib-bo`lib talaffuz qiladigan bo`lib qoladi. Biroq shunga qaramay, katta yarimsharlarning funksiyasi tufayli harakatlar saqlanib qoladi. Miyacha funksiyasiga, shuningdek, periferiyadan keladigan axborotga va katta yarimsharlar po’stlog’ini tuzatishga asoslanib, harakat ko’lamini, kuchini va aniqligini belgilash ham kiradi, deb taxmin qilinadi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish