LIMB SISTEMASI
Limb sistemasini bosh miyaning funksional jihatdan o’zaro bog’langan qator strukturalari tashkil etadi. Ularga nerv hujayralaridan tashkil topgan po’stloq qismi va po’stloq osti tuzilmalari kirib, ular miya ichkarisida yadrolar ko`rinishida joylashgan bo`ladi. Ular juft bo`lib, chap va o’ng yarimsharlarda joylashgan: bodomsimon tana, gipotalamus, talamus yadrolari qismi, to’siq, o’rta miya limb zonasi va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
O’z strukturalari va bosh miyaning boshqa bo’limlari orasidagi ko’p sonli bog’lanishlar limb sistemasi uchun xos bo`lib, bu hol sistemaga odam faoliyatini yo’lga soladigan ichki omillarning jami yig’indisini boshqarib turish imkonini beradi.
Limb sistemasining funksiyalari nihoyatda murakkab va xilma-xildir. Ular odam tashqi muhitning doim o’zgarib turadigan sharoitiga moslashuvini ta`minlashda, xulq-atvor, his-hayajon, xotirani shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. Uning strukturalarida ovqat yeyish, ichimlik ichish, avlodni davom ettirish, o’z-o’zini himoya qilish singari hayot uchun muhim bo’lgan ehtiyojlarni so’ndirishga qaratilgan mayl-istaklar shakllanadi. Aksirish, yo’talish, ko’zning pirillashi singari oddiy shartsiz reflekslardan farq qilib, ular murakkab shartsiz reflekslar—instinktlar qatoriga kiritiladi. Bola o’sgan va rivojlangan sari ongga tobora ko’proq bo’ysunadi. Bunday sistema o’tish jarayonida bevosita ishtirok etadi, chunki idrok qilish, diqqat va xotirani ta`minlaydi. Bu dastavval gippokamp va bodomsimon tanachaga taalluqli, ular axborotning vaqtinchalik manbai hisoblanadi va odamlar yaqin orada bo`lib o`tgan hodisa-voqealarni eslay olmaydilar va aksincha, katta yarimsharlar po’stlog`ida saqlanib qoladigan eski voqealarni yaxshi xotirlaydilar. Bundan tashqari, katta yarimsharlar eski po’stlog`ining bir qismi bo`lib, mo’ljalga olish reflekslari paydo bo’lishida, vegetativ funksiyalar, xis-hayajonlarni idora qilishda, ixtiyoriy harakatlarni boshqarishda ishtirok etadi. Chakka bo’lagida joylashgan bodomsimon tanacha uzunchoq miya, o’rta va oraliq miya, varoliy ko’prigi va miyacha faoliyatiga to’g’rilovchi ta`sir ko’rsatishni amalga oshiradi. Bu yerda boshqa markazlarning reaksiyalarini, shuningdek, o’z nerv hujayralarining genetik va orttirilgan xotirasini hisobga olgan xolda ta`sirni qabul qiladigan nerv markazlari bo`ladi. U sabab emotsional sohaga, vegetativ nerv sistemasiga, ichki sekresiya bezlari faoliyatiga aktiv ta`sir qiladi.
Limb sistemasi odam fe`l-atvorining o’ziga xos xususiyatlarini va uning reaktivligini, ya`ni biror xildagi javob reaksiyalarini talaygina darajada belgilaydi. Bordiyu, masalan, hayvonning ikkala yarimsharlaridagi bodomsimon tanachalar olib tashlansa, bunda tushayotgan axborotni uning emotsional holatiga muvofiq holda baxolash qobiliyati, uni hayot jarayonida to’plangan axborot, ya`ni xotira bilan taqqoslash xususiyati yo’qotiladi.
Limb sistemasidagi buqilishlarda hayvonlar va odamning hatti-harakati beo’xshov bo`lib qoladi, og’iz-ovqatga nisbatan munosabat o’zgaradi, nusxa va turni saqlab qolishga qaratilgan faoliyatga, emotsional rux-kayfiyatga zarar yetadi. Limb sistemasining faoliyati bosh miya po’stlog’i va asosan peshona bo’laklarining yangi po’stlog’i bilan idora qilinadi. Ayni vaqtda po’stloq osti tuzilmalari katta yarimsharlar po’stlog’i tonusini quvvatlab turadi, emotsional vaziyat vujudga keladi, idrok qilish, tafakkur aktivlashadi, qulay ish rejimi yuzaga keladi. Katta yarimsharlar po’stlog’i esa analitik-sintetik funksiyani bajaradi, oliy nerv faoliyatini ta`minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |