Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo’yicha prorektor prof., Sh. A. Boymuradov “ ” 2018 yil Kafedra: farmakologiya fan: farmakologiya kirish. Dozalar. Og’irlik o’lchovlari. Reseptning tuzilishi. Ichish uchun qo’llanilib



Download 70,39 Kb.
bet1/3
Sana20.02.2020
Hajmi70,39 Kb.
#40343
  1   2   3
Bog'liq
1 Kirish Dozalar, og‘irlik o‘lchovlari

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

TASDIQLAYMAN”



O`quv ishlari bo’yicha prorektor prof.,

____________ Sh.A. Boymuradov

_____”_________________2018 yil

Kafedra: FARMAKOLOGIYA
Fan: FARMAKOLOGIYA

Kirish. Dozalar. Og’irlik o’lchovlari. Reseptning tuzilishi.

Ichish uchun qo’llanilib, qoshiqlar bilan o’lchanadigan eritmalar va miksturalar. Suspenziyalar.
mavzusi bo’yicha
Davolash ishi (5510100),

Kasbiy ta’lim: tibbiy pedagogika ishi (5111003),

Tibbiy profilaktika ishi (5510300),

Tibbiy biologiya ishi (5510900) fakultetlari


talabalari uchun


Amaliy mashgulot




TA’LIM TEXNOLOGIYASI

Toshkent-2018




Tuzuvchilar: Z.Z.Xakimov, TTA farmakologiya kafedrasi professori

X.I.Xudayberdiyev, TTA farmakologiya kafedrasi assistenti



Taqrizchilar: S.D. Aminov - TPTI farmakologiya va normal fiziologiya kafedrasi mudiri‚ t.f.d‚ dosent
A.A.Yakubov-TTA klinik farmakologiya kafedrasi mudiri‚ t.f.d‚ professor

Mazkur o’quv-uslubiy qo’llanma kafedra majlisining

2018 yil 8 iyundagi ______ - sonli bayoni bilan tasdiqlangan

Mazkur ta’lim texnologiyasi tibbiy-biologiya va fundamental fanlar seksiyasi yig’lishining

2018 yil 8 iyundagi 10-sonli qaroriga asosan chop etildi.


  1. Ta’lim berish texnologiyasi (amaliy mashg’ulot)

Vaqt: 120 daqiqa

Talabalar soni: 10-15

O`quv mashg’ulotini o’tish joyi

Farmakologiya kafedrasi

O`quv mashg’ulotining tuzilishi

1. Kirish qism.

2. Nazariy qism.

3. Amaliy qism (reseptlar bo’yicha mashqlar bajarish)

4. Yakuniy qism.

O`quv mashg’uloti maqsadi:

  • Davlat farmakopeyasi, dozalar, og’irlik o’lchovlari haqida umumiy tushunchalarni shakllantirish;

  • reseptning tuzilishi, qoshiq bilan dozalanadigan suyuq dori shakllari to’g’risida bilimlarni shakllantirish va mustahkamlash;

  • ichish uchun qoshiqlab o’lchanadigan suyuq dori shakllariga resept yozish ko’nikmasini rivojlantirish;

Pedagogik vazifalar:

  • Davlat Farmakopeyasi, doza turlari va og’irlik o’lchovlari haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish;

  • Reseptning tuzilishi, dori shakllarining hamda suyuq dori shakllarining tasnifi haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish;

  • Eritmalar to’g’risidagi bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash;

  • Qoshiqlar bilan dozalanadigan suyuq dori shakllariga reseptlarni to`gri yozishga yo’naltirish;

  • kattalar, bolalar va keksa yoshdagi bemorlarga terapevtik dozalarni hisoblash bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish;

  • ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish, solishtirish va tizimlashtirish ko’nikmasini hosil qilish;

  • kommunikativ ko’nikmalarni rivojlantirish.

O’quv faoliyati natijalari

Talaba bilishi kerak:

  • Davlat farmakopeyasining asosiy bo’limlari, doza turlari va og’irlik o’lchovlari to’g’risidagi bilimlar;

  • reseptning tuzilishini ta’riflash;

  • suyuq dori shakllarining tasnifini bilish;

  • eritmalar va miksturalarning tavsifini bilish;

  • ichish uchun qoshiqlab o’lchanadigan eritmalar va ularni yozish usullariga ta’rif berish;

  • kattalar, bolalar va keksa yoshdagi bemorlarga terapevtik dozalarni hisoblash ucun formulalarni o’zlashtirish.

Talaba bajara olishi lozim:

Amaliy ko’nikmalarni bajarish – reseptura bo’yicha topshiriqlarni bajarish (ichish uchun qoshiqlab o’lchanadigan suyuq dori shakllariga resept yozish).



Ta’lim usullari va texnikasi

Miya hujumi, kitob bilan ishlash, suhbat.

Ta’lim shakli

Jamoaviy, guruhlarda ishlash,yakka tartibda ishlash.

Ta’lim vositalari

O’quv qo’llanmasi va materiallari, dori vositalari namunalari, dori vositasini qo'’lash bo’yich yo’riqnomalar, videofilmlar, yozuv taxtasi, chizma, sxema, eslatma, nazorat varag’i, nazorat savollari, tarqatma materiallar, vaziyatli masalalar, bo’r.

Ta’lim berish sharoiti

Maxsus o’qitish vositalari bilan jihozlangan, guruhli shakllarda ishlashga mo’ljallangan xonalar

Monitoring va baholash

Og’zaki so’rov: nazorat savollari, guruhlarda o’quv vazifalarini bajarish;

Yozma so’rov: nazorat savollari, resept yozish.




2. Amaliy mashg’ulotning texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti (120 d.)

O`qituvchi faoliyati

Talabalar faoliyati

1-bosqich

Kirish


(5 daq.)

1.1. Davomatni tekshiradi.

1.2. Mavzu nomini e’lon qiladi, rejalashtirilgan mashg’ulot natijasini va maqsadini tushuntiradi.

1.3. Mashg’ulot rejasi va uni o’tkazish xususiyati bilan tanishtiradi.

1.4. Talabalarning bilimini baholash mezoni va ko’nikmalari bilan tanishtiradi.



1.1. Eshitadi.

1.2. Tinglaydi, yozib oladi.

1.3. Tinglaydi, aniqlashtiradi, fikrlaydi.

1.4. Tinglaydi, aniqlashtiradi, savol beradi.



2-bosqich

Nazariy qism

(65 daq.)


2.1. Mavzularning yorituvchi savollari bo’yicha so’rov o’tkazadi va talabalarning tayyorgarlik darajasini aniqlaydi.

2.2. Talabalar tomonidan butunlay o’zlashtirilmagan savollar bo’yicha tushuncha beradi.

2.3. Talabalarni kichik guruhlarga bo’ladi. Kichik guruhlarda reseptlarning har xil ko’rinishini yozishni va masalalar echimi tog’risida tushuncha beradi.

2.4. Yozilgan reseptlar bo’yicha guruhlarning chiqishlarini, namoyishini, muhokamasini va o’zaro baholashini tashkil qiladi.

2.5. “Miya hujumi” o’yinini tashkil qiladi va o’tkazadi. Bu asosda talaba bilimini faollashtiradi. Xulosa qiladi.

2.6. Qoshiq bilan dozalanadigan eritmalarni ishlatish qoidalari va maqsadini tushuntiradi. Berilgan mavzuning umumiy muhokamasini tashkil qiladi.

2.7. Tarqatma materiallar namoyish etadi.


2.1. Savollarga javob beradi.

2.2. Tinglaydi.

2.3. Kichik guruhlarga bo’linadi, masalalar echadi va guruhda turli xil ko’rinishli reseptlarni yozadi.

2.4. Guruhlar o’z masala echimlari namoyishi va resept yozilishi bilan chiqadi.

Qolgan qatnashchilar guruhlarning chiqishlarini baholashadi, savollar berishadi, o’z fikrlarini bildirishadi.

2.5. Tinglaydi, aniqlashtiradi, topshiriqlarni bajaradi, javoblarni muhokama qiladi.

2.6. Tinglaydi, reseptni yozilishini aniqlashtiradi, masalalarni yakka tartibda yechadi. Ish bajarilishini jamoa bo’lib muhokama qiladi.

2.7. Tarqatma materiallarni o’rganadi.



3-bosqich

Amaliy qism

(45 daq.)


3.1. Talablarga mashg’ulotning amaliy qismini bajarish bo’yicha qo’llanma (yo’riqnoma) beradi.

3.2. Talabalarga yozma tekshiruv savollar va reseptura bo’yicha berilgan topshiriqlarni bajarishni – amaliy ko’nikmalarni bajarish bo’yicha topshiriqlar beradi.

3.3. Amaliy ishlar natijasini va yozma uy vazifasining bajarilganligini tekshiradi.


3.1. Tinglaydi, savolberadi.

3.2. Tekshiruv savollarga javob beradi va daftarda reseptura bo’yicha berilgan topshiriqlarni bajaradi.

3.3. Tinglaydi, xatolarni to’g’irlaydi.


4-bosqich

Yakuniy qism

(5 daq.)


4.1. Mavzu bo’yicha xulosa qiladi, talabalarning e’tiborini ushbu ishning, ularning keyingi kasbiy faoliyatidagi ahamiyatiga qaratadi, mashg’ulot maqsadiga yetganlik darajasini tahlil qiladi.

4.2. Talabalarning nazariy va amaliy mashg’ulot qismi bo’yicha bilim darajasini baholaydi va baholarni e’lon qiladi.

4.3. Keyingi mashg’ulot uchun vazifa beradi, kerakli adabiyot ro’yxati va ushbu mavzu bo’yicha internet saytlarini e’lon qiladi.


4.1. Tinglaydi.

4.2. Tinglaydi.

4.3. Tinglaydi, yozib oladi.


3. Mavzuni asoslash

Har bir shifokor qoshiqlab dozalanadigan eritmalarga to`gri resept yozib berish, kattalar, bollalar va keksa yoshdagi bemorlar uchun suyuq dori shakllarining dozalarini hisoblash, eritmalar konsentrasiyasi to’g’risida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim. Bu umumiy amaliyot shifokori va pediatrlar faoliyatida zarur bo’ladi.



4. Fanlararo va fan ichidagi o’zaro bog’liqlik

Bu mavzuni o`qitish, talabalarning kimyo va lotin tilini bilishlariga asoslanadi. Bu mashg’ulotlarda olingan bilimlar kelajakda barcha klinik fanlar, shu jumladan klinik farmakologiyani o’zlashtirishda zarur bo’ladi.



5. Nazariy qism

5.1. Nazorat uchun savollar

  1. Farmakologiya fani nimani o`qitadi?

  2. Farmakopeya nima?

  3. Doza va uning qanday turlari mavjud?

  4. Dori shakli nima?

  5. Necha xil dori shakllari mavjud?

  6. Suyuq dori shakllariga nimalar kiradi?

  7. Qanday dori shakli eritma deb ataladi?

  8. Eritmalarni tayyorlash uchun erituvchi sifatida qanday moddalar qo’llaniladi?

  9. Eritmalarni reseptda yozishning nechta usuli ma’lum?

  10. Aralashma nima?

  11. Aralashmaning eritmadan farqi nima?

  12. Aralashmani reseptda yozishning nechta usuli ma’lum?

  13. Korrigens nima?

  14. Korrigenslarning necha xil turi ma’lum?

6. Mashg’ulot mazmuni:

6.1 Nazariy qismi

DAVLAT FARMAKOPEYASI

Farmakopeya (yun. pharmacon — dori, zahar va poieo – tayyorlayman) – dori moddalar sifatini belgilaydigan, tibbiyot va farmasiya qonunlarining umumdavlat standartlari va nizomlari to’plamidir.

Har bir davlatning o’z farmakopeyasi bo’lishi mumkin va u Davlat farmakopeyasi deb ataladi. Ular Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotiga (JSST) qarashli Xalqaro farmakopeya talablari asosida tuzilgan.

Davlat farmakopeyasi rasmiy dastur bo’lib, dori moddalari va vositalari bilan muomalada bo’luvchilar uning talablariga rioya qilishlari shart.

Farmakopeyada dori moddalarining nomlari, kimyoviy formulalari, fizik-kimyoviy xossalari, sifati, saqlash qoidalari, bir martalik va sutkalik miqdori (doza) beriladi. Unda zaharli (A ro’yxati - Venena) va kuchli ta’sir ko’rsatadigan (B ro’yxati - Heroica) dori moddalarning ro’yxati keltiriladi.

A ro’yxatiga (zaharli – Venena) buyurilishi, qo’llanilishi, dozalanishi va saqlanishi zaharlilik bilan bog'liq ravishda yuqori darajada ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim bo'lgan dorilar kiritilgan. Ushbu ro'yxat asosan qaramlikka sabab bo’ladigan dorilarni o'z ichiga oladi.

B ro'yxati (kuchli ta’sir qiluvchi – Heroica) tibbiy nazoratsiz qo’llanilganida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan asoratlar tufayli buyurilishi, ishlatilishi, dozalanishi va saqlanishi ehtiyotkorlik bilan tibbiy nazorat ostida amalga oshirilishi kerak bo’lgan dori vositalarini o’z ichiga oladi.

Farmakopeyaga kiritilgan dori moddalar – ofisinal (officina - dorixona) dorilar, unga kiritilmagan, shifokorning ko’rsatmasiga binoan dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalari magistral dorilar (magister - o`qituvchi) deb ataladi.



DOZALAR VA O’LCHOV BIRLIKLARI

Doza – bu dori moddalarining organizmga bir marotaba kiritiladigan, ma’lum farmakologik ta’sirni yuzaga keltiruvchi miqdoridir.

Dozaning quyidagi turlari mavjud:



  • Bir martalik doza (Dosis pro dosi)

  • Sutkalik doza (Dosis pro die)

  • Kurslik doza (Dosis pro curso)

Ushbu dozalarning har biri o’rtacha terapevtik, yuqori terapevtik va minimal (bo’sag’a) dozalariga bo’linadi.

Shuningdek,



  • O‘lim rivojlantiruvchi doza (Dosis letalis)

  • Zaharli yoki toksik doza (Dosis toxica)

  • Maksimal yoki yuqori doza (Dosis maxima - Md)

  • Terapevtik yoki o‘rtacha doza (Dosis terapevtica - td)

  • Minimal, yoki bo’sag’a dozasi (Dosis minima - md)

Terapevtik doza – bu balog‘at yoshiga (24 yosh) yetgan, vazni 70 kg bo’lgan shaxsga bir marta qabul qilish uchun beriladigan dori miqdori bo‘lib, u maksimal dozani 2 yoki 3 ga bo‘lish orqali topiladi:

td = Md / 2 yoki 3

Bolalar uchun terapevtik dozani hisoblash:

  1. Kattalar uchun terapevtik dozadan bolaning yoshini inobatga olib hisoblanadi:

td bola = td katta x Y bola yoshi / 24

2) Kattalar uchun terapevtik dozadan bolaning vaznini inobatga olib hisoblanadi:



td bola = td katta x V bola vazni / 70

Keksa yoshdagi bemorlarga kattalarga berladigan dori miqdorining 3/4 yoki 1/2 qismi beriladi.



Izoh: mazkur formulalarda td – terapevtik doza, Md – maksimal doza, Ybola yoshi – bolaning yoshi, 24 – kattalar bilan bolalar orasidagi chegaraviy yosh, Vbola – bolaning vazni, 70 – kattalarning o’rtacha vazni.

Resepturada og’irlik o’lchov birligi sifatida 1 gramm qabul qilingan, ya’ni 1 sm3 distillangan suvning 4°C haroratdagi o’g’irligi.

Dori moddalarini dozalashda bir grammdan kichik miqdorlardan foydalanishga to’g’ri keladi. Reseptda gramm va uning ulushlari quyidagicha yoziladi:


Og’irlik ulushlari

Reseptda dozaninng ifodalanishi

Og’irlik o’lchovi birliklari

Qisqartmasi

1

1,0

1 gramm

1 g

1 / 10

0,1

1 desigramm

1 dg

1 / 100

0,01

1 santigramm

1 sg

1 / 1000

0,001

1 milligramm

1 mg

1 / 10 000

0,0001

1 desimilligramm

1 dmg

1 / 100 000

0,00001

1 santimilligramm

1 smg

1 / 1000 000

0,000001

1 mikrogramm yoki gamma

1 mkg

Agar dori moddasi tomchilarda berilsa, tomchilar soni Rim raqamida ko’rsatiladi. M-n: gtts V (besh tomchi). Agar dori vositasi tarkibiga dozasi ta’sir birligida (TB) ifodalangan dori moddalari kirsa reseptda og’irlik miqdorlari o’rniga dorining ta’sir birligidagi miqdori ko‘rsatiladi. M-n: 250 000 TB.

Hajm o’lchovi birligi sifatida 1 litr qabul qilingan. Bu 1000 kub santimetr kimyoviy toza suvning odatdagi atmosfera bosimida (760 mm simob ustuni) va 4°C haroratdagi eng yuqori miqdori.



Og’irlik ulushlari

Reseptda dozaninng ifodalanishi

Og’irlik o’lchovi birliklari

Qisqartmasi

1000

1000 ml

1 litr

1 l

1000 / 10

100 ml

1 desilitr

1 dl

1000 / 100

10 ml

1 santilitr

1 sl

1000 / 1000

1 ml

1 millilitr

1 ml

RESEPT VA UNING TUZILIShI

Resept – bu shifokorning farmasevtga ma’lum shakl, doza, va miqdorda dori tayyorlash to`g’risidagi yozma murojaati bo’lib, bunda bemor ushbu doridan qanday foydalanish kerakligi haqida ma’lumot ham beriladi.

Resept blankasi ikki qismdan iborat bo’lib, maxsus, o’lchami 105 mm x 148 mm bo’lgan (yirtma koreshogi o’lchami esa 70mm x 148 mm) blankada siyoh yoki sharikli ruchkalarda aniq va ravshan qilib yozilishi kerak. Chunki u tibbiy yuridik hujjatdir. Imtiyozga ega bo’lgan bemorlar uchun resept yozilganda resept blankasiga bu haqda tegishli muhr (“bepul”, “imtiyozli”) bosiladi va albatta shifokorning imzosi, muassasa rahbari imzosi va yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi.

Narkotik moddalar va kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari maxsus hisobda turadigan, tartib raqamiga ega bo’lgan (pushti rangli) blankalarda yoziladi. Bunday blankalar bosh shifokorda, seyfda saqlanadi.

Resept quyidagi tarkibdan iborat:




Resept bo’limlari

Ma’nosi

Namuna

1

Inscriptio

boshlang’ich qism bo’lib, unda davolash muassasasining nomi, manzili va telefon raqami ko’rsatiladi.

10 – poliklinika

Navoiy ko’ch., 15, tel. +998-71-246-45-46



a)

Datum

resept yozilgan kun, oy, yil

3 may 2018

b)

Nomen aegroti

bemorning ismi-sharifi, yoshi, xususan bolalar va keksa yoshdagi bemorlarning yoshi aniq ko’rsatiladi

Yusupov Yusuf, 12 yosh

c)

Nomen medici

resept yozgan shifokorning ismi-sharifi

Azizov A.A.

2

Invocatio

shifokorning dorini tayyorlash bo’yicha farmasevtga murojaati bo’lib - Recipe - “Olgin”, qisqacha “Rp.:” yoziladi

Rp.:

3

Designatio materiarum s. ordinatio

ushbu reseptda keltirilgan dori tarkibi. U quyidagilardan iborat:




a)

remedium basis

dori tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi modda;

Rp.: Natrii benzoatis 3,6

b)

remedium adjuvans

yordamchi vosita bo’lib, asosiy moddaning ta’sirini kuchaytiradi;

Liquoris Ammonii anisati 3 ml

c)

remedium corrigens

asosiy moddaning ta’mi va hidini to’g’irlaydi;

Sirupi simplicis 60 ml

d)

remedium constituens

doriga ma’lum shakl beradigan modda. “Adjuvans” va “corrigens” faqat zarur holatdagina asosiy moddaga qo’shiladi.

Aquae destillatae ad 180 ml

4

Subscriptio

dorini kerakli shaklda tayyorlash, miqdori va qanday idishda berilishi bo’yicha farmasevtga ko’rsatma.

M.f. (misce ut fiat – aralashtir… hosil bo’lsin), yoki

M.D.S. (Misce.Da. Signa. – aralashtir, ber, belgila)







Shunday dozalardan shuncha miqdorda berilishi ko’rsatiladi

D.t.d.N. (Da (dentur) tales dosis Numero - shunday dozalardan shuncha miqdorda berilsin)

6

Signatura

dorini qanday va necha marta qo’llash bo’yicha bemor yoki tibbiyot xodimiga ko’rsatma (asosan bemor tushunadigan tilda yoziladi).

S. (Signa) – 1 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal 4 kun davomida ichilsin.

7

Nomen medici

shifokor FISh, muhri va imzosi.

Azizov A.A.

Reseptning 2, 3, 4 qismlari lotin tilida yoziladi, qolganlari davlat tilida. Dori tarkibiga kiruvchi moddalar reseptda lotin tilida (qaratqich kelishigida) yoziladi.

Agar bemorga dorini tez tayyorlab berish kerak bo’lsa shifokor resept blankasining yuqori qismiga ko’rinib turadigan joyiga Cito – tez, yoki Statim – darhol degan so’zni yozib beradi va bunday reseptga dorixonada navbatsiz xizmat ko’rsatiladi.

Reseptda 2 ta yoki bir necha modda bir xil miqdorda yoziladigan bo’lsa, doza o’sha preparatlar oxirgisining qarshisiga qo’yiladi, undan oldin ana yoki qisqacha āā so’zini yozib qo’yiladi, bu bir xil miqdorda degan ma’noni bildiradi.

Agar bemorga beriladigan dorini takrorlash zarurati tug’ilsa, shifokor buni reseptning ko’rinib turadigan joyiga yozib qo’yishi lozim. Masalan, Repetatur takrorlansin, Bis repetatur ikki marta takrorlansin.

Bitta resept blankasida 2 ta resept yozilgan taqdirda ular bir-biridan # belgisi bilan ajratiladi.

Reseptda lotincha so’z va ifodalarning qisqartirilgan shakli qo’llanilishi mumkin. So’z undosh harfda qisqartiriladi, agar juft undosh bo’lsa – ikkinchi harfda qisqaradi.



Download 70,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish