Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo’yicha prorektor prof., Sh. A. Boymuradov “ ” 2018 yil Kafedra: farmakologiya fan: farmakologiya kirish. Dozalar. Og’irlik o’lchovlari. Reseptning tuzilishi. Ichish uchun qo’llanilib


ZAHARLI TA’SIR KO‘RSATUVCHI O‘SIMLIKLAR (DIT)



Download 70,39 Kb.
bet3/3
Sana20.02.2020
Hajmi70,39 Kb.
#40343
1   2   3
Bog'liq
1 Kirish Dozalar, og‘irlik o‘lchovlari

ZAHARLI TA’SIR KO‘RSATUVCHI O‘SIMLIKLAR (DIT)


folium Digitalis - Angishvonagul bargi

radix Ipecacuanhae - Ipekakuana ildizi

herba Thermopsidis - Termopsis o‘ti

Reseptga misol. Termopsis o‘tidan 1:300 nisbatda 180 ml damlama yozib berilsin. 1 osh qoshiqdan kuniga 4 mahal 3 kun mobaynida ichishga buyurilsin.

Hisob: 1) damlamaning umumiy hajmi: 1 osh qoshiqdan kuniga 4 mahal 3 kun davomida = 12 osh qoshig’i yoki 180 ml (1 osh qoshig’i = 15 ml bo’lsa, 12 x 15 = 180 ml);

2) dori xomashyosining miqdori: konsentrasiya 1:300, bu 1,0 g o’simlik xomashyosidan 300 ml damlama tayyorlash demakdir. Binobarin, 180 ml damlama uchun 0,6 g xomashyo kerak bo’ladi (x = 180 / 300 x 1,0 = 0,6).



Rp.: Infusi herbae Thermopsidis ex 0,6 – 180 ml

D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin.

KUCHLI TA’SIR KO‘RSATUVCHI O‘SIMLIKLAR (CVASS)


herba Convallariae - Marvaridgul o‘ti

radix Valerianae - Valeriana ildizpoyasi

herba Adonidis vernalis - Bahorgi adonis o‘ti

radix Senegae - Istod ildizi

Secale cornutum – Shoxkuya (qorakuya, qoramug‘) zamburug’i

Reseptga misol. Bir marotabalik dozasi (td) 0,5 g bo’lgan bahorgi Adonis (Adonis vernalis) o’ti damlamasiga resept yozilsin, 1 osh qoshiqdan 3 mahal ichishga buyurilsin:

Hisob. Bahorgi Adonis o’ti damlamasidan 12 marotaba qabul qilish uchun 6,0 g olinadi (0,5 g × 12 = 6 g). Damlamaning umumiy hajmini hisoblash uchun bir osh qoshiqning hajmi (15 ml) qabul soniga (12 marotaba) ko’paytiriladi: 15 мл × 12 = 180 мл.

Rp.: Inf. herbae Adonidis vernalis ex 6,0 180 ml

D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.

Md = 1,0 td = 0,5 0,5 x 12 = 6,0 15 ml x 12 = 180 ml

ex 6,0 – 180 ml (1:30)

Tarkibida ortacha faol modda saqlovchi o’simlik xomashyolaridan damlama va qaynatmalar ko‘pincha 1:10 konsentrasiyada tayyorlanadi.



Misol. Ayiqquloq (toloknyanka) bargidan 1:10 nisbatda 180 ml qaynatma yozib berilsin. 1 osh qoshiqdan ichishga buyurilsin.

Rp.: Decocti folii Uvae ursi ex 18,0 – 180 ml

D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin.
Reseptura bo’yicha vazifalarni bajarish.

  1. Damlamalar va qaynatmalar nimalardan tayyorlanadi?

  2. Damlamalar va qaynatmalar bir-biridan qanday farq qiladi?

  3. Qaysi o’simliklarning qismlardan damlamalar 1:300 nisbatda tayyorlanadi?

  4. Qaysi o’simliklarning qismlardan damlamalar 1:30 nisbatda tayyorlanadi?

  5. Damlamalar va qaynatmalar uchun resept necha usulda yoziladi?

  6. Angishvonagul bargidan (folium Digitalis) 200ml damlama;

  7. Eman po’stlog’idan (corticis Quercus) 200 ml qaynatma;

  8. Termopsis o’tidan (herba Thermopsidis) 200 ml damlama;

  9. Gulxayri ildizidan (rhizoma Altheae) 1:10 konsentrasiyali damlama;

  10. md = 0,1 bo‘lgan angishvonagul bargidan (folium Digitalis) damlama yozing.

  11. td = 0,5 bo‘lgan valeriana ildizidan (radix Valerianae) damlama yozing.

  12. td = 1,5 bo‘lgan eman po‘stlog‘idan (cortex Quercus) qaynatma yozing

ARALASHMA

Aralashma (mixtura) – bu suyuq dori shakli bo’lib, qaysiki suyuqliklarda (suvda, spirtda, gliserinda, o’simlik moyida va boshqalar) erigan qattiq moddalarning yoki bir necha turdagi suyuq moddalarning (eritmalar, tindirmalar, damlamalar, qaynatmalar hamda ekstrakt va boshqalar) aralashmasidir. Eritmalarga qiyom, shilliq yoki dori hidini yo’qotish uchun korrigenslar qo’shilganda ham aralashmalar hosil bo’ladi. Aralashmalar 3 va undan ortiq tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi. Aralashmalar tiniq bo’lishi, loyqa va hatto cho’kma hosil qilishi mumkin. Oxirgisini ishlatishdan oldin chayqatish kerak. Bunday aralashmalar – Mixturae agitandae deyiladi (chayqatish talab qilinadigan aralashmalar). Ular asosan ichish uchun, ayrim hollarda sirtga ishlatish uchun tavsiya etiladi.

Reseptda aralashmalar kengaytirilgan va yarim qisqartirilgan shaklda yoziladi. Bunda aralashmaning tarkibiy qismlari va miqdori ko’rsatiladi, shundan keyin M.D.S. (Misce. Da. Signa. - Aralashtir. Ber. Belgila) deb yoziladi. “Mixtura” so’zi reseptda yozilmaydi. Aralashmalar ichish uchun choy qoshiqda, desert qoshiqda, osh qoshiqda berilib, 12 marta ichishga yetadigan qilib buyuriladi.

Eritmalar, qaynatmalar, damlamalar, emulsiyalar va boshqalarda bir qism ingredientlar qisqartirilgan shaklda ko’rsatilishi mumkin. Qolgan ingredientlar esa xuddi kengaytirilgan shakldagiga o’xshab yoziladi.

Misol: Tarkibida Koffein-natriy benzoati (td - 0,1) va Ibuprofen (td - 0,4) bo’lgan 180 ml aralashma yozing. 1 osh qoshiqdan ichish uchun tavsiya etilsin.

Hisob: Kofein-natriy benzoati uchun: 0,1 x 12 = 1,2

Ibuprofen uchun: 0,4 x 12 = 4,8

erituvchining (suv) miqdori: 15 ml x 12 = 180 ml

Rp.: Coffeini natrio-benzoatis 1,2

Ibuprofeni 4,8

Aquae destillatae ad 180 ml

M.D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin

Misol: 12 marta ichish uchun aralashma yozib berilsin. Tarkibida 1:30 nisbatda Adonis o’tidan tayyorlangan damlama, shuningdek har bir qabul uchun 0,3 dan Natriy bromidi va 0,01 dan kodein fosfat saqlangan bo’lsin. 1 osh qoshiqdan ichishga buyurilsin.

Rp.: Infusi herbae Adonidis vernalis 6,0 - 180 ml

Natrii bromidi 3,6

Codeini phosphatis 0,12

M.D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin.

MODDALARNING TA’MI, HIDI VA MAZASINI BARTARAF

ETUVChI VOSITALAR (CORRIGENS)

Suyuq dorilarning mazasini yaxshilash uchun qiyomlar (Sirupus simplex – oddiy qiyom; Sirupus Cerasi – olcha qiyomi; Sirupus Rubi idaei – malina qiyomi va boshqalar), hidini yaxshilash uchun xushbo’y hidli suvlar (Aqua Menthae – yalpiz suvi, Aqua Foeniculi – shivit (ukrop) suvi) reseptda distillangan suv o’rniga qo’shiladi. Qitiqlovchi moddalar enteral yo’l bilan qo’llash uchun resept yozilganda ularga shilimshiqlar (Mucilagines) qo’shiladi. Masalan: Mucilago semenis lini – zigir urug’i shillig’i; Mucilago radicis Althaeae – gulxayri ildizining shillig’i; Mucilago Amyli – kraxmal shillig’i. Barcha shilimshiqlar ofisinaldir. Shu sababli reseptda shilimshiqlarning nomi va miqdori ko’rsatiladi. Qiyomlar va shilliqlar aralashmalarda 1:3 nisbatda qo’shiladi.



Misol. Xloralgidrat (td = 1,0) dan 4 mahal, 1 osh qoshiqdan ichish uchun, shilimshiq va qiyom qo’shilgan aralashmaga resept yozing.

Hisob: xloralgidrat 1,0 x 4 marta = 4,0

1 ta osh qoshiq - 15 ml x 4 = 60 ml

shilimshiq - 60 ml : 3 = 20 ml

qiyom - 60 ml : 3 = 20 ml



Rp.: Chlorali hydrati 4,0

Mucilaginis Amyli

Sirupi simplicis āā 20 ml

Aquae destillatae ad 60 ml

M.D.S. 1 osh qoshiqdan uyqudan oldin ichilsin.

Misol. Tarkibida Okseladin (Tusupreks) td = 0,01 va Papaverin gidroxlorid td =0,02 bo’lgan aralashmani yalpiz suvi qo’shib, osh qoshiqda ichish uchun aralashmaga resept yozing.

Hisob: Okseladin 0,01 x 12 marta = 0,12

Papaverin gidroxlorid 0,02 x 12 marta = 0,24

1 ta osh qoshiq - 15 ml x 12 = 180 ml

Yalpiz suvi - 180 ml : 3 = 60 ml



Rp.: Oxeladini 0,12

Papaverini hydrochloridi 0,24

Aquae menthae 60 ml

Aquae destillatae ad 180 ml

M.D.S. Bir osh qoshiqdan ichilsin.

7. Amaliy qism

7.1. Dozalarni hisoblash:

1. Analginning (Md=1,0) ga teng kattalar uchun, 8 yoshli bolaga, 70 yoshli bemorning terapevtik dozasini aniqlang.



2. Toza kofeinni (Md=3dg) va amidopirin (Md=5 dg) 3 yoshli bolaga terapevtik dozasini aniqlang.

3. Streptosid (td=5 dg) 8 yoshli bolaga terapevtik dozasini aniqlang.

4. Sulfadimezin (Md=2 g) 4 yoshli bolaga terapevtik dozasini aniqlang.
Reseptura bo’yicha vazifalarni bajarish.

  1. Kalsiy xloridni Md=1g osh qoshiqlab aralashma holda yozing;

  2. Bupivakainni Md=30 mg choy qoshiqda hamma usullarda yozib bering;

  3. Kofein natriy benzoatni td=5 sg desert qoshiqda yozib bering;

  4. Kaliy bromidni td 2=dg osh qoshiqda yozib bering;

  5. Ammoniy xloridni td=3dg osh qoshiqda yozib bering;

  6. Kaliy yodini td=5sg choy qoshiqlab yozib bering.


8. Mashg’ulotda qo’llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

8.1. “MIYA HUJUMIUSULINI QO’LLASH

Bu usul bo’yicha ishlash uchun ishonch muhitini o’rnatish zarur. Muhokamani boshlash uchun to'siq hisoblangan psixologik taranglikni bartaraf etish lozim. Uslub texnikasi fikrlash stereotipini kengaytirish qobiliyatini, shuningdek ruhiy faoliyat dinamikasini rivojlantirish uchun mavjud cheklovlarni bartaraf etish, o'quv faoliyatini jadallashtirish kabilarni o’z ichiga oladi. Usul argumentlar bilan ishlashga, muammoga optimal yechim topishga, muloqotga kirishishga, o’z pozisiyasini himoya qilish va unga boshqalarni ishontirishga, aloqa qurish va to’g’ri yechim topishga o'rgatadi.

Metodologiya quyidagilarni o'z ichiga oladi:

Talabalarga ma’lum muammoni hal etish taklif qilinadi. Har bir talaba o’z fikrini va takliflarini aytadi. Bularning barchasi doskaga yoziladi. Keyin navbat bilan muammo javoblari talabalarning javoblari bilan solishtiriladi. Oxirida topshiriq to`gri bajarilganligi baholanadi va xulosa chiqariladi.

Talabalarga dozalar, hisob-kitoblar, lotincha nomlari bo’yicha asosiy savollarni muhokama qilish taklif qilinadi. Oxirida vazifalarni to`gri bajarganligi bo’yicha baholanadi va umumlashtiriladi.
Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar hamda axborot manbaalari

Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati
Asosiy adabiyotlar

Azizova S.S. Farmakologia. Darslik– 2006, T. “Abu Ali Ibn Sino” – 420 b.

Харкевич Д.А. Фармакология. Учебник- 2015, Москва «Geotar»– 750 с.

Maxsumov M.N. Farmakologiya. Darslik. T., 2006.-480 b.

Азизова С.С. Фармакология электрон дарслик. 2005 й.

Manuchair Ebadi. Pharmacology. Textbook. 3- edition, Boston New York Toronto London, 1996.-p.357.
Qo’shimcha adabiyotlar

Видаль. Лекарственные препараты в Узбекистане. Справочник. 2010, М.: Астра Фарм Сервис,. – 672 с.

Karen Whalen. Pharmacology. Textbook. 6-edition. «Lippincott illustrated reviews». 2015.- p. 637.

Хакимов З.З., Мустанов Т.Б.,Пайзиева Л.А. Антибактериал воситалар. Ўқув қўлланма, Тошкент, 2016.-167 б.

Аминов С.Д., Зияева Ш.Т., Каримова Г.А., Мирзаахмедова К.Т., Калдыбаева А.О. Умумий рецептура. Ўқув қўлланма, “Фан ва технология “ нашриёти, Тошкент.-2015.- 126 б.

Исмоилов С.Р. Умумий рецептура. Ўқув қўлланма. ТТА Урганч филиали матбаа бўлими, 2014 й. 132 б.
Internet saytlari

www.evrofarm.uz

http://evbmed.fbm.msu.ru/ Московский центр доказательной медицины

 http://www.fda.gov Администрация по продуктам и лекарствам США (FDA)



http://www.pharmgkb.org/ Ресурс по фармакогенетике.

http://www.tga.health.gov.au/adr/aadrb.htm Австралийский бюллетень нежелательных лекарственных реакций

http://www.mhra.gov.uk/Publications/Safetyguidance/DrugSafetyUpdate/index.htm Британский ежемесячный бюллетень по безопасности лекарственных средств

http://www.drugreg.ru Фонд фармацевтической информации

http://www.rlsnet.ru Российская энциклопедия лекарств (РЛС)

http://nmu-student.narod.ru/farmacology

http: //www.studfiles.ru

http: //www.bankreferatov.ru

http: //www.dic.academic.ru

http: //www.etolen.ru

http: //www.allmed.ru

http: //www.uzpharm-control.uz

http: //www.lex.uz
Download 70,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish