Xotira va uning rivojlanishi
Ko`rilgan, eshitilgan va o`qilgan narsa—hodisalarni idrok qilish, esda saqlash va kerak paytda esga olish bilan bog`liq bo`lgan jarayonlarning hammasiga xotira deyiladi. Axborotning yig`ilishi miyada bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Eslab qolish muddati bo`yicha xotira, asosan, ikki xil— qisqa va uzoq muddatli xotiralarga bo`ladi. Esdan chiqish—xotiraga qarama—qarshi, fiziologik jihatdan juda muhim jarayondir. Chunki hamma ko’rgan narsani eslab qolish maqsadga muvofiq emas. Albatta, esdan chiqarish ba’zida ijobiy rol o`ynaydi (masalan har xil janjallarni, kelishmovchiliklarni esdan chiqarish) ba’zida esa salbiy (ishning ma’lum bir tafsilotlarini, qarindoshlarning tug`ilgan kunlarini, yodlagan qoidalarni esdan chiqarish). Qisqa muddatli xotira. Qisqa muddatli xotira bizning ish holatdagi xotiramiz, u bevosita ishlayotgan paytda atrofimizdagi axborotni qabul qilishda ishtirok etadi. Misol uchun telefon raqamini terayotganda, masalalarni yechayotganda sonlarni esda saqlash, o`qituvchilarda daftar tekshirish vaqtidagi xatolarni esda saqlash. Qisqa muddatli xotira — bir zumga diqqatni o`ziga tortib olish bilan bog`liq bo`lgan jarayon.
Agar qisqa muddatli xotiradagi axborot uzoq muddatli xotira mexanizmlarga uzatilmasa u tez o`chadi. Qisqa muddatli xotira sensor va operativ xotiradan iborat. Sensor xotira bir necha soniya davomida saqlanib turadi xolos. Sensor xotira sezgi tizimlaridan—analizatorlardan miyaga yetib borgan axborotni ushlab turishdan hosil bo`ladi. Masalan, bir daqiqa davomida to`qqizta harf ko`rsatilsa, odamlar o`sha paytda ulardan to`qqiztasini aytib berishlari mumkin. Biror narsani ko`rsak, uni o`sha paytda umumiy ko`rinishda tasavvur etishimiz mumkin. Xotiraning shunday xili ikonik yoki fotografik xotira deb ataladi. Hozir eshitilgan narsani qaytarish exoik xotiraga misoldir. Nerv hujayralarida hosil bo`lgan moddalar tarkibining buzilishi natijasida sensor xotira yo’qoladi. Qisqa xotiradan uzoq muddatli xotiraga o`tish jarayoni xotiraning konsolidatsiyam deyiladi. Qisza xotira nerv hujayradagi makro molekulalarning o`zgarishi, sinapslardagi o`zgarishi, neyron impulslarining berk zanjirida aylanishi natijasida paydo bo`ladi.
Uzoq muddatli xotira. Uzoq muddatli xotirada esda saqlash muddati bir necha kundan bir umrgacha bo`lishi mumkin. Uzoq muddatli xotira qisqa xotira oraliq xotiraga o`tkaqilishidan hosil bo`ladi. Uzoq muddatli xotirada axborot uzoq, qaytarib olish mumkin bo`lgan shaklda saqlanadi. Shakllarni, turli ta’riflarni, kitoblarni qaytarib gapirishlar, bolaligimizdagi ba’zi voqealarni eslash uzoq muddatli xotiraga misoldir. Uzoq vaqt davomida esda tutish yangi sinapslarning vujudga kelishi, ularning o`tkazuvchanligining tezlashishi, membranalarning o`zgarishi, aksonlarning moslanishi, va nihoyat, yangi oqsil molekulalarining sintez bo`lishi hamda boshqa tarkibiy va fiziologik o`zgarishlarga bog`liq. Xotirada saqlab qolishda RNK, DNK va maxsus polipeptidlar ham ishtirok etishi mumkin. Bu ko`p bosqichli murakkab jarayonda markaziy nerv tizimining turli tuzilmalarini, retikulyar formatsiya, talamusning o`ziga xos bo`lmagan tuzilmalari, limbik tizimi, gippokamp va yarim sharlar po`stlog`ining turli qismlari muhim rol o`ynaydi. Xotirada saqlash turli xil bo`lishi mumkin. Xotirada tutishning uzoq bo`lishi, narsa yoki voqeaning necha marta qaytarilishiga, ta’sirlovchining kuchiga bog`liq. Xotiraning izlari axborotni eslab qolishga urinishlar soni qanchalik ko`p bo`lsa, shunchalik mustahkam bo`ladi.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira. Xotira ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz Hatto «yopishib olgan» bo`lishi mumkin. Esga tushirish faol aqliy zo`riqishni talab qilishi mumkin (masalan imtizonlarga tayyorgarlik ko`rgan vaqtda). Ixtiyoriy xotirada axborot qolishining samaradorligi ortiqroq. Birdaniga ko`p ma’lumotlarni esda saqlash, uning qayta ishlanishi va keyinchalik ishlatilishini qiyinlashtiradi. Odam yoki hayvon uchun ahamiyatli signallar tez xotirada holadi. Kerak paytda yodga tushirmaslik organizm holatiga, nerv hujayralarining funksional holatiga, tashqi ta’sirlarga bog`liq bo`ladi.
Xotiraning yoshga bogliq xususiyatlari. Yoshga qarab xotira mexanizmlari ancha o`zgaradi. Shartli reflekslar asosida qo`zg`alish izlarini saqlashga asoslangan xotira erta bolalikda saqlanadi. Miyaning morfo—funksional holati murakkablashgani sari xotira mexanizmlari ham murakkablashadi. Xotira ko`rsatkichlari yoshi o`zgargan sayin bir xil bo`lmaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda xotiraning hajmi ular o`sgani sayin oshadi; narsa, voqealarni eslab qolish, yodda saqlash tezligi kamayadi; o`smirlarda eslab qolish qobiliyati yana keskin osha boshlaydi. Oliy po`stloq formatsiyalarning yetilishi so`z—mantiq—abstrakt xotiraning rivojlanishini va mukammallanishini ta’minlaydi. Xotiraning ifodalanishi umr davomida bir xil bo`lmaydi. 20—40 yoshlarda xotiraning samaradorligi maksimumga boradi. 40 yoshdan keyin maqsadga muvofiq bo`lgan axborot xotirada ko`proq saqlanadi.
Xotirani yaxshilash uchun nima qilmoq kerak? Pedagogikada xotirani yaxshilash usullari—o`rganish, o`qish, qaytarish va ko`rib chiqishdir.
Muddatlarni uzaytirib qayta eslash. Masalan muhim bo`lgan narsani bosqichma—bosqich oldin bir necha soniya, keyin esa bir necha daqiqa va soatlar o`tgandan keyin qaytarish. Bu narsani yo`lda ketayotganda, biror narsani kutayotganda qilish mumkin.
Materialni tez o`qib, so`zlab takrorlash. Materialni kimsa uchun oson uzlashtiradigan shaklga aylantirish. Maxsus daftarcha tutib, reja, eng muhim so`zlar va iboralarni yozib, oson tushunadigan shaklga keltirish.
Boshqa narsalarga o`xshatish, solishtirib o`rganish, o`rganadigan hodisa va voqealarga nom berish, mavzuga quyilgan savollarga javob berish, bevosita yotishdan oldin eslab qolish kerak bo`lgan narsalarni o`qish ham xotiraning samaradorligini oshiradi. So’lom Hayot tarzi—o`z vaqtida dam olish, ratsional ovqatlanish, atrof — muhitning tozaligi, albatta, xotiraga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |