халк таЪлими ВАЗИРЛИГИ ЖИЗЗАХ ВИЛОЯТИ
БАХМАЛтуманИ 5-сонЛИ умумий урта таълим мактаби
131000, Жиззах вилояти
Бахмал тумани «Октош» ҚФЙ
Урай кишлоги
Тел.: +998 72 41 21 721
|
|
о`zbekistоn resрublikasi
xalq ta`limi VAZIRLIGI
Jizzax VILОYATI
Baxmal TUMANi 5-sonLI
umumiy o’rta ta’lim maktabi
131000, Jizzax vilоyati
Baxmal tumani, “Oqtosh”QFY
O’ray qishlog’i
Tel.: +998 72 41 21 721
|
2021-yil ___iyun №____ Oqtosh QFY
Yoshlar ittifoqi
Baxmal tuman kengashi
raisi R.Salayevga
Qonun buzilish holatlarini
bartaraf etish to`g`risida
TAQDIMNOMA
Baxmal tumani XTBga qarashli 5-umumiy o`rta ta’lim maktabida yoshlar yetakchisi vazifasida ishlab kelayotgan Suyarov Shodiyor Safar o`g`li 2021-yil 30-aprel kuni 11-“B” sinf va 10-“B” sinf o`quvchilaridan 16 nafarini maktab rahbariyatining ruxsatisiz Zomin tumaniga sayohatga olib borgan. Sh.Suyarov o`zi bilan birga o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo`yicha direktor o`rinbosari Z.Abdusattorov, informatika o`qituvchisi Sh.Saidrasulov, laborant H.Jo`raboyevlarni o`zlarining shaxsiy mashinalarida borishiga jalb qilgan. Yoshlar yetakchisi Sh.Suyarov vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo`yicha direktor o`rinbosari Z.Abdusattorovga Yoshlar ittifoqi Baxmal tumani kengashi tomonidan “Temurbeklar” musobaqasida ishtirok etish uchun buyruq borligi aytgan. Bu o`qituvchilar 16 nafar o`quvchini o`zlarining shaxsiy mashinalarida Zomin tumaniga ketayotganda yo`lda informatika o`qituvchisi Sh.Saidrasulovning “Spark” rusumli mashinasi avtohalokatga uchragan. Yaxshiyamki, mashina ichida bo`lgan to`rt nafar o`quvchiga jiddiy shikast yetmagan.
Ushbu sayohatdan qaytgandan so`ng yoshlar yetakchisi Sh.Suyarov, o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo`yicha direktor o`rinbosari Z.Abdusattorov, laborant H.Jo`raboyevlar 2021-yil 2-may kuni 26 nafar o`quvchini Jo`m-jo`m qishlog`iga ruxsatsiz sayohatga olib borgan. Yoshlar yetakchisi Sh.Suyarov 2021-yil 30-aprelda bo`lgan ruxsatsiz sayohat, avtohalokat sodir bo`lganini, uning salbiy holat ekanini to`g`ri anglamagan, xulosa chiqarmagan va yana ruxsatsiz sayohat uyushtirgan.
Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatovning “Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida o`quvchilar davomatini yuritish tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi 2018-yil 3-oktabrdagi 246-sonli buyrug`iga asosan maktab miqyosida kunlik o`quvchilar davomatini maktab yetakchisi olib borishi ko`zda tutilgan. Lekin maktab yoshlar yetakchisi Sh.Suyaov ushbu buyruq bo`yicha o`quvchilarning kunlik davomatini umuman olib bormagan. O`quvchilar davomatini aniqlashga mas’ul emasligini aytib bo`yin tovlagan. Maktabda o`tkaziladigan turli tadbirlar davomida faol ishtirok etmaydi.
Yuqoridagilarga ko`ra hamda Xalq ta’limi vazirining 2018-yil 14-iyundagi “Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari to`g`risida”gi 160-sonli buyrug`iga asosan
so`rayman:
ushbu taqdimnomani Yoshlar ittifoqi Baxmal tumani kengashi xodimlari ishtirokidagi umumiy yi`g`ilishda muhokama qilib, qayd etilgan holatlar bo`yicha tegishli choralar belgilashingizni;
5-umumta’lim maktabi yoshlar yetakchisi Sh.Suyarovni tegishli javobgarlikka tortish masalasini qonun doirasida hal qilishingizni;
taqdimnoma natijasi bo`yicha qonunda belgilangan bir oylik muddat ichida 5-maktab ma’muriyatiga yozma ravishda ma’lum qilishingizni.
5-maktab direktori: B.Abduraxmanov
Do'stlaringiz bilan baham: |