211-19-guruh
Bozorov Abrorjon
Mavzu :Biznes va uning funksiyalari
Reja:
1.Biznes nima .
2.Biznes reja nima.
3.Biznesning jamiyatdagi ahamiyati.
4.Biznes funksiyalari.
5.Xulosa.
Biznes - jamiyatdagi muommolarni hal qilish orqali foyda topish imkoniyati. Muommo bor - ushbu muommoni qandaydir foyda evaziga(albatta qonun doirasida) hal qila oladigan tadbirkor bor.
Biznes - bu doimiy ravishda o'z ustida ishlash, rivojlanish.
Biznes - bu o'ylash, tafakkur qilish. Shu orqali yon-atrofdagi imkoniyatlarni ko'ra olish.
Biznes - bu doimiy harakat, oldinga yurish.
Biznes - jamiyat, davlat so'roviga javob berish. Muommo bor - uni hal qilish kerak. Talab bor - uni qondirish kerak.
Biznes - bu doimiy ravishda tajribalar qilish, uni natijasi foyda bo'lishi mumkin, uni natijasi ziyon bo'lishi mumkin.
Biznes - bu biron bir yangilik qilish jarayoniga o'zini baxshiyda qilish.
Biznes - imkoniyatlardan foylanishdan qo'rqmaslik va buni evaziga mukofot olish.
Biznes - bu insonning yashash tarzi.
Biznes - bu insondagi ba'zi sifatlar to'plami: aql, kreativlik, maqsadga intiluvchanlik.
Biznes - bu FOYDA = DAROMADLAR - XARAJATLAR. Shu birgina formula orqali biznes va biznes yuritishni tushuntirish mumkin. Qolganlari esa, ikkinchi darajalati narsalar yoki biznesning detallaridir.
Biznesni muvaffaqiyatli bo'lishi uchun ichki va tashqi omillar muhim ro'l o'ynaydi.
Resurslar.
Resurslar - biznesni yuritish uchun kerak bo'ladigan asosiy element. Biznes uchun u ko'proq xarajatlar ichida bo'ladi. Resurslarga quyidagilar kiradi:
Yer - bu tabbiy resurslar, yer usti, yer osti boyliklar;
Ishchi kuchi - bu odamlar, ular ma'lum bir maosh evaziga biznesdagi masalalarni yechishga tayyor shaxslar.;
Kapital - umumiy qilib aytganda - pul mablag'lari;
Tadbirkorlik - yoki ishlab chiqarish bilan shug'ullanish. Xattoki pul mablag'i, va zaruriy resurslarga(bino, uskunalar, hom-ashyo) ega bo'lgan holda ham mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yish oson emas;
Tashkiliy tuzilma.
Tashkiliy tuzilma - kerakli, biron bir ish qila oldigan insonlarni ularni imkoniyatlaridan kelib chiqib, kerakli joylashlar joylashtirish yoki ishchi kuchdan to'g'ri, oqilona foydalanish.
Ularni quyidagi turlarga bo'lish mumkin:
Biznes jarayonlar bo'yicha;
Funksional;
Regional;
Biznez jarayonlar.
Katta korxonalarda har xil mutaxassislar va menejerlar bo'limlarda, yo'nalishlarda faoliyat olib borishadi. Ularning har biri ma'lum bir masalani yechishadi yoki o'zlarini funksional yo'nalishlari bo'yicha biron bir ishni bajarishadi. Korxonadagi shu bo'limlar va shaxslar bir-biri bilan hamfikrlikda, ma'lum bir tizim yordamida birgalik faoliyat olib borishlari biznes jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |