Reja:
1. Nerv sistemasi funksional buzilishilarining alomatlari.
2. Nevroz tushunchasi. Nevroz turlari. Nevrasteniya. Isteriya sabablari va belgilari.
3. Tirishish-sindromlari (epilepsiya) belgilari, ularning oldini olish choralari.
4. Manniokal –depression psixoz tushunchasi.
NEVROLOGIK VA RUHIY KASALLIKLAR PARVARISHI.
Asab ruhiy buzilishlarning bir necha turi qayt qilinadi. Bulardan bir xayoliylik, vasvasa, galyutsinatsiya, dipritsiya, nevrasteniya, epilepsiya, esipastlik, ruhan asab kasalliklarining asosiy sabablari. Agar bolaning ota-onasi ko’p spirtli ichimliklar iste’mol qilsa, narkotik qabul qilsa, bola tug’ilayotgan vaqtda yoki hayot davomida biror xil shikastlanish olsa, avlod-ajdodida ruhiy kasalliklar bo’lsa.
Ruhiy kasalliklarga qilinadigan parvrish xususiyatlari uchta asosiy omilga bog’liq. 1) ruhiy kasalliklarning aqldan ozgan, ya’ni qilgan ishi uchun javob bermaydigan bo’lishiga; 2) birdan psixomotor qo’zg’alish boshlanib, o’z-o’zini o’ldirishga, ya’ni tabiatan jamiyatga zarar bo’lib, bemorlarning o’z hamda atrofdagi kishilarga qarshi qaratilgan hatti-harakatlarni qilishga moyil bo’lishiga; 3) aksari qimirlamasdan turib olib ovqatdan bo’yin tovlashiga, o’z uddasidan o’zi chiqa olmasligi, o’ziga-o’zi qaray olmasligiga bog’liqdir.
Nevropolik kasallarga qilinadigan parvarish xususiyatlari sezgi va harakat doirasining buzilishini: falajlar paydo bo’lishini, yuta olmay qolishini va alohida yo’l tutishga majbur etuvchi boshqa potologik o’zgarishlar paydo bo’lishini belgilab beradigan kasallik harakatlariga bog’liqdir.
Abstenensiya (xumorlik) morfin, kokain, alkogol va boshqalar singari narkotiklarni uzoq iste’mol qilish batamom to’xtatib qo’yilgandan keyin birgalikda ruhiy va somatonevrologik o’zgarishlardir. Abstenensiya bo’shashi, terlash, qayt qilish, ich surishi, qo’llar qaltirashi, bo’g’imlar o’g’rishi, hansirash, yurak o’ynashi, uyqusizlik bilan xarakterlanadi. Abstenensiya holatida bemorlar xafa-gazak ahvolga tushib bo’shashib qoladigan, yoki aksincha besaranjomlanib tajang bo’lib ketadi. Og’ir abstenensiya sindromi tajovuskorlik bilan o’tishi mumkin. Bemorlar o’zini qiynab turgan xumorlik azobidan qutulib, yengil tortish davrida har qanday qilib bo’lsa ham narkotik olib, o’ziga yuborish uchun ko’pincha yig’laydi, o’zini kasalga solib ko’rsatishga harakat qiladi.
Abstenensiya davri 14 kungacha davom etadi. Yurak faoliyati keskin susayib ketishining oldini olish maqsadida tibbiyot hamshirasi shu vaqt davomida puls va arterial bosimni har kuni kuzatib turadi.
Vasvasa- bemor xayolida o’zini taqib qiladi deb bilgan kishilarga tashlanish, to’satdan bir xil harakatlar qilish o’z-o’zini o’ldirashga urinadi. Bir ish qilib baxtsiz hodisa ro’y berishi mumkin. Bemor indamas bo’lib, ovqatlanishdan bosh tortadi, savolga javob berishdan qo’rqadi.
Gallyutinasiya- bunda bemor qulog’iga yo’q ovozlar eshitiladi, ko’ziga yo’q manzaralar ko’rinadi, haqiqatda bo’lmagan his tuyg’ular seziladi. Bemor kamgap bo’lib, yolg’izlikka intiladi. Bemor dahshatli manzaralarni ko’rmaslik, ovozlarni eshitmaslik uchun boshi va quloqlarini ko’rpaga berkitib oladi. Nimalarnidir qidiradi, ovqatni iskab ko’radi, birdaniga atrofdagilarga tashlanadi, dori darmondan bosh tortishi ovqat yemasligi mumkin.
Depresiya- bemorning kayfi ruhiyati doim past bo’lib, ko’nglini g’am va xavotirlik bosishi bilan xarakterlanadi. Ko’ngli xira bo’lib, o’zini jinoyat qilganlikda ayblaydi, kasal o’zini-o’zi o’ldirish payiga tushadi. Bemorda o’z joniga qasd qilish mayillari tug’iladi. Derazalarni sindiradi, har xil narsalarni yutib yuboradi, dorilarni ichadi, boshini devorga uradi, kiyim kechaklarni yirtib, o’zini bug’ishga urinadi.
NEVROZLAR
(Isteriya, nevrasteniya, bir xayollik) eson-omon o’tib ketadigan kasalliklar gruppasi bo’lib, oliy nerv faoliyatining vaqtincha (qaytar tartibda) buzilib turishidan kelib chiqadi. Nevrozlar psixikaga zarar yetkazuvchi vaj sabablar (psixogeniyalar) oqibati o’laroq paydo bo’ladi. Nevrozlar jumlasiga isteriya, nevrasteniya va bir xayollik holatlaridan bo’ladigan nevroz kiradi.
NEVRASTENIYA- uzoq vaqt zo’r his-hayajonlar ta’sirida bo’lish yoki jismonan zo’riqib yurish natijasidir. Nevrasteniya ko’pincha ichki yoki yuqumli kasalliklar vaqtida yoki intoksikasiyalar mahalida paydo bo`ladi. Odamning serzarda va besaranjomligi bilanbir qatorda salga chrchab, darmoni qurib qoladigan bo`lishi nevrosteniya uchun xarakterlidir. Bemorlar uyqusi yomonligidan ortiqcha qo`zg`aluvchan,salga yig`layveradigan bo`lib qolganidan boshida odatda ambulatoriyada davo qilinadi.
Bir xayollik.
Bu shunday bir holatki, bunda bemorda uning o’z istagidan tashqari g’ayri ixtiyoriy su’ratda potologik o’y fikrlar, mayl va harakatlar paydo bo’ladi, ayni vaqtda bemor ularning be’mani harakatlar ekanligini yaxshi bilib turadi. Masalan, bemorda hech xayoldan ketmaydigan poyezd tagiga tashlanish istagi paydo bo’ladi, baland joydan yiqilib tushaman, tanosil kasalliklarini yuqtirib olaman, to’satdan o’lib qolaman degan vahima ko’ngliga tugilib qoladi. Ko’ngilga tugilib qolgan vahimalar ko’pincha “Himoya ” xarakteriga ega bo’lgan ish harakatlar bilan birga davom etib boradi, masalan bemor o’ziga kasal yuqtirib olmasligi uchun, hadeb kuniga bir necha o’n marotalab qo’llarini yuvaveradi, shuningdek bemorlar o’zlari istamagan holda har xil xatti-harakatlarni qilaveradi. Masalan, qo’llarini bir-biriga ishqalab, boshini uyoq- buyoqqa buraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |