Oftob urishida 1-yordam ko’rsatish
Oftob urishi — bu shunday holatki, ultrabinafsha nurlarni ko'p miqdorda ta'siri (issiq urishining o'ziga xos shakli bo'lib, bola boshiga quyosh nurining to'g'ri ta'siri natijasida kelib chiqadi).
Klinik simptomlari:
Oftob urishining klinik manzarasi dastlabki 1-24 soat ichida rivojlanadi.
Belgilari: og'ir nevrologik buzilishlar (bosh og'rishi, tutqanoqlar, koma), tana haroratining juda yuqori bo'lishi (4 Г С va undan yuqori), terming issiq, quruq bo'lishi va ter ajralmasligi xarakterli.
Oftob urishining boshlang'ich belgilari: holsizlik, ko'ngil aynishi, ko'rish o'tkirligining pasayishi, tana haroratining oshishi, nafas tezlashishi, taxikardiya. Keyinchalik bosh og'rishi, puls tezlashishi, bosh aylanishi, kuchli terlash, taxikardi-yaning bradikardiya bilan almashishi aniqlanadi. Lablar sianozi, qorachiqlar kengayishi, oyoq-qo'l mushaklarining titrashi, gallyutsinatsiyalar kuzatiladi. Og'ir hollarda hushdan ketish, talvasalar va o'tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi ro'y beradi.
Asoratlari: Hushdan ketish, talvasalar, komatoz holatlar.
Shoshilinch yordam va hamshiralik parvarishi.
Bemorni salqin joyga olinadi.
Kiyimidagi tugmalar yechiladi.
Boshiga sovuq suvli xaltacha va sovuq kompress qo'yiladi (tana harorati 37-38°C gacha pasayishi kerak).
Qabul qilingan va ajratilgan suyuqlik miqdorini hisoblash (yozib borish).
Elektrotravmada 1-yordam ko’rsatish
Elektrotravma — elektr toki urishi natijasida kelib chiqib mahalliy va umumiy o'zgarishlar bo'ladi. Bolalarda ko'p hollarda elektrotravma uy elektr uskunalaridan va to'g'rilan-magan rozetkalardan foydalanish bilan bog'Hq.
E lektr toki jabrlanuvchi tanasidan o'tib nerv stvoli va tomirlar bo'ylab tarqaladi. Ko'pincha tokning kirgan va chiqqan joylarida og'ir shikaslanishlar kelib chiqadi. Agar tok bir qo'ldan kirsa va ikkinchisidan chiqsa yoki, bir qo'ldan kirib qarama-qarshi oyoqdan chiqsa (o'ng qo'1-chap oyoq va teskarisi), unda yurak orqali o'tishi mumkin va qorinchalar iibrillatsiyasi yoki asistoliya kuzatiladi. Tomirlar bo'ylab o'tib tok ularning tonusini yo'qotadi. Bundan tashqari, diafragmaning talvasali spazmi-organizmda bosh, nafas mushaklari, yurak spazmi yuz beradi.
Klinik simptomlari: Travmaga umumiy reaksiyaning 4 darajasi ajratiladi:
daraja — hushni yo'qotmasdan.
daraja — hushni yo'qotish bilan mushaklarning talvasasi-
mon qisqarishi.
daraja — yurak-respirator faoliyatining buzilishi.
daraja — klinik o'lim.
Asoratlari: Asfiksiyadan yoki qorinchalar fibrillatsiyasidan o'lim. Miya shishishi. Jigar va buyrak funksiyasi buzilishi. Tomir tizimi zararlanadi-tromboz, nekroz, tomirlar spazmi rivojlanadi. Tomirlar yorilishi qon ketishiga olib keladi.
Shoshilinch yordam va hamshiralik parvarishi.
Elektrotravma olgan odamni elektr manbaidan ajratish.
Elektr toki olgan odamni xavfsizligiga ishonch hosil
qilgach, birinchi bo'lib nafas erkinligi ta'minlanadi.
Mustaqil nafas bo'lmaganda, yurak to'xtagan hollarda
reanimatsiyaga tayyorgarlik ko'riladi.
Jarohat sohasiga ishlov beriladi.
Gigiena tartibiga rioya qilinadi.
Issiq ko'rpa bilan o'raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |