1 masala
12 yoshli bola kasalxonaga yotqizildi. Shikoyatlari:
kuchli holsizlik, bosh
aylanishi, bosh og'rig'i, rangparlik, sovuq ter, qo'l
titrashi, qusish, yuz va oyoq
shish, qon bosimini oshishi.
Anamnezidan 9 yoshligida anginadan so’ng birinchi martda siydikda o'zgarishlar-
oqsil izlari, mikrogematuriya aniqlangan. Keyinchalik urat
ekskretsiyasini oshishi
aniqlangach, dismetabolik nefropatiya deb topilgan. Tez-tez o'tkir respirator
virusli infeksiyalar, o’rta quloq otiti o’tkazgan. Davo muolajalarini olmagan.
Vaziyatning keskin yomonlashishi sababli O’RVI boshlangandan so’ng 7-kuni
shoshilinch shifokor tomonidan kasalxonaga etkazilgan.
Ko’rikda teri va shilliq
qavatlarida rangparlik, yuz va oyoq postozlik, qon
bosimi 150/110
mm simob ustuni, oliguriya, makrogematuriya. Siydik
tahlillarida
3,3 g /
l proteinuriya aniqlandi, eritrotsitlar barcha ko'rish
maydonlarini qamrab
olgan.
Vazifa
1. Sizning tashxisingiz?
2. Qanday tekshiruvlar o’tkazish kerak?
3. Davolash taktikasi