Kurs ishining umumiy tavsifi I. Bob. Og’ir nutq nuqsoniga EGA bo’lgan bolalarni psixologik jarayonlarini o’rganish


«Namunaga qarab jadvalni to‘ldiring» metodikasi



Download 90,02 Kb.
bet16/17
Sana01.03.2022
Hajmi90,02 Kb.
#476641
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Avyeziva Gulnoza

«Namunaga qarab jadvalni to‘ldiring» metodikasi
Maqsad: Bola diqqatining ko‘chishini va taqsimlanishini tashxis qilishda qo‘llash mumkin.
Metodika jihozi: Geometrik figuralar va shakllar tasvirlangan jadval.
Metodikani o‘tkazish tartibi: bu metodika 5-6 yosh bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, individual tarzda olib boriladi. Bolaga oldindan tayyorlab qo‘yilgan 1-9 gacha raqmlar va matematik belgi va geometrik shakllar tasvirlangan jadval beriladi. Shuning bilan birga bolaga 1-9 gacha bo‘lgan raqamlar aralashtirilgan bo‘sh katakchalar ifodalangan 3 xil jadval beriladi. Bolaga namunadagi jadvalni ko‘rib chiqib, esda saqlab qolishlari uchun 1- daqiqa vaqt ajratiladi va olib qo‘yiladi. Bolaga 1-jadval beriladi, esda saqlab qolgani bo‘yicha to‘ldirish vazifasi yuklatiladi. 2 va 3 jadval raqamlari pastdagi bo‘sh kataklarni xam shu tarzda to‘ldiradi. Bola topshiriqni bajargandan keyin, jadvaldagi matematik belgi va geometrik shakllar xisoblab chiыiladi va bola diqqati ko‘chuvchanligi va taqsimlanganligining ko‘rsatkichi pastdagi formula yordamida aniqlanadi.
Ko‘rsatma: 1 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlarni tagiga berilgan matematik belgi va geometrik shakllar berilganlarni diqqat bilan ko‘rib, esda saqlang. Esda saqlangan shakl va belgilarni bo‘sh katakchalarga chizib bering.
Dkt= 0,5Shm-28.Xm 120
Dkt-diqqat ko‘chuvchanligi va taqsimlanganligining ko‘rsatkichi;
Shm-2 daqiqa ichida ko‘rib chiqilgan va ichiga tegishli belgi qo‘yiladigan geomitrik shakllar miqdori;
Xm-topshiriqni bajarish davomida yo‘l qo‘yilgan xatolar miqdori;
Eslatma: tegishli belgilarning tegishli shakl ichiga qo‘yilmagani yoki teshigli shakl ichiga umunan belgi qo‘yilmagani xato bo‘lib xisoblanadi.
Natijalarni baholash: 10-ball-Dkt 1.00 dan katta – juda yuqori 8-9 ball-Dkt 0.75 dan 1.00 gacha-yuqori 6-7 ball-Dkt 0.50 dan 0.75 gacha-o‘rta 4-5 ball-Dkt 0.25 dan 0.50 gacha-past 0-3 ball –Dkt 0.00 dan 0.25 gacha-juda past.
«Predmetlar sonini aniqlang» metodikasi
Maqsad: bolalarning diqqat va matematik tasavvurlarini shakllanganligini aniqlash.
Metodika jihozi: Turli predmetlarning rasmi chizilgan jadval.
Metodikani o‘tkazish tartibi: Bu metodikani individual va guruhiy o‘tkazish mumkin. Bolaga turli predmetlarning rasmi tasvirlangan 1-jadval ko‘rsatiladi. 1 daqiqa davomida turli predmetlarni sana shva esda saqlab qolish vazifasi topshiriladi. 1 daqiqadan keyin ikkinchi jadval bo‘sh katakchalarigaesda saqlab qolgan predmetlar sonini bo‘sh katakchalarga yozish vazifasi topshiriladi. Ko‘rsatma: Har bir jadvaldagi predmetlarni sanang va uning natijasini bo‘sh kataklarga yozing.
Natijalarni baholash: Har bir to‘g‘ri hisoblangan jami predmetlar yig‘indisiga 6 ball beriladi. Bola 1 daqiqa davomida barcha predmetlar sonini hisoblab bersa va to‘g‘ri yozsa 4 ball Bola 1 daqiqa 30 soniya davomida predmetlar sonini hisoblasa 2 ball Bola 1 daqiqa 50 soniya davomida predmetlar sonini hisoblasa 1 ball beriladi.
Rivojlanganlik darajasi: 6 ball-bolaning xotirasini va diqqatining rivojlanganlik darajasi yuqori, 4 ball-yaxshi, 2 ball-o‘rta, 1 ball-past.


XULOSA
Psixologik nuqtai nazardan insonning bilish jarayonlariga diqqat, sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi jarayonlar kirib insoning bolalikdan rivojlanishi mobaynida ushbu jarayonlar ham turli faoliyatlarda rivojlanib boradi. Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlaydigan, yо‘naltirilgan tusdaligidan iborat. Tevarak atrofdagi olamning ko‘plab ta‘sirlari orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqidadair fikr yuritadi, о’ylaydi. Ongning bu xossasisini uning diqqat kabi xususiyati bilan о‘zaro bog‘liq deb hisoblashadi.
Maktabgacha yoshdagi og’ir nutq nuqsoniga ega bolalarning ko’rib idrok etishini tekshirish jarayonida dizartriya, alaliya kabi nutq kamchiliklarida idrokning quyidagi buzilishlari kuzatildi: optik, atrof-muhit, tasavvurlar, yuzaga tegishli bo'lgan belgilar, barmoqlar va artikulatsiya a’zolari harakati, taktil-harakat a’zolari yordamida idrok etish.
Og’ir nutq nuqsoniga ega bolalarda optik atrof-muhitni idrok etish jarayonining buzilgani, shuningdek boshqa idrok jarayonlari to‘liq emasligi natijasida atrof-muhitni tasavvur qilishning shakllanishida o‘ziga hos jihatlar kuzatiladi.
Alalik bolalarda idrokning buzilganligi ayniqsa rasmlarni chizishda kuchli namoyon bo‘ladi: rasm va tasvirlar detallar miqdorining kamligi, oddiyligi, soddaligi, murakkab emasligi bilan ajralib turadi, shuningdek optik atrof-muhitni idrok etishdagi buzilishlarning miqdori bilan xarakterlanadi.
Og’ir nutq nuqsoniga ega maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqatni nutq va amaliy harakat o’rtasida bo’lish amalda bajarib bo’lmaydigan qiyin vazifa hisoblanadi. Bolalar diqqatidagi kamchiliklar butun ish jarayoni davomida kuzatiladi. Ularda diqqatning ko’chishi, ya’ni bir narsadan ikkinchi boshqa narsaga, faoliyatning bir turidan boshqa turiga o’tishi qiyinchiliklar bilan kechadi. Buning sabablaridan biri ketma-ket qilinadigan ish mazmunlari o’rtasida bog’liqlikning borligi yoki yo’qligida. Agar bunday bog’liqlik bo’lsa, diqqat tez va oson ko’chadi.
Og’ir nutq nuqsoniga ega bolalarda xotira funksiyalarini tadqiq qilish shuni ko’rsatadiki, ularning ko’rish xotirasi me’yordan hech qanday farq qilmas ekan.
Dizartrik bolalarda geometrik figuralarni eslab qolish ehtimoli juda kam. Bunday bolalarda bu sohadagi past natijalar idrokning buzilish shakllari, fazoviy tasavvurning bo’shligi bilan bog’liq.
Og’ir nutq nuqsoniga ega bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda tasavvur xususiyatlari bir qator metodikalar asosida olib borilgan eksperimental kuzatuvlar natijasida tekshirildi va tadqiq etildi. Tadqiqotlarda bolalarning ijodiy tasavvurini o’rganishda ko’proq «Berilgan geometrik shakl bo’yicha rasm yaratish», Rorshax testi, «Boshi bor rasmni tugallash» metodlari qo’llanadi. Bunda eksperiment individual va guruhiy shaklda olib borilishi mumkin. Eksperimentning borishida bolalarning berilgan vazifani bajargan vaqti, ular faoliyatining sifat jihatdan tahlili o’tkazildi.
Og’ir nutq nuqsoniga ega bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalar psixologik jarayonlarini rivojlantirishda interfaol metodlar, didaktik o’yinlardan foydalanish samarali hisoblanadi. biz yozgan kurs ishimizda bularni atroflicha yoritishga harakat qildik.

Download 90,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish