«Bo‘laklarni top» metodikasi
Maqsad: Maktabgacha yoshdagi bolalarning diqqat, xayol va tafakkur jarayonlarini rivojlanganlik darajasini aniqlash va rivojlantirish.
Metodika jihozi: Turli predmetlar va mevalar rasmlari chizilgan rasm va rasm bo‘laklari.
Metodikani o‘tkazish tartibi: Bu metodika 5-6 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, individual yoki kichik guruhda olib borish mumkin.
Ko‘rsatma: Bolaga oldindan tayyorlab qo‘yilgan rasm va alohida kesilgan rasm bo‘laklari chizilgan jadval beriladi. Namunada berilgan rasmlarga pastdagi jadvaldan mosini tanlang va qalam bilan birlashtiring. Topshiriqni bajarishga 30-40 soniya vaqt ajratiladi.
Natijalarni bahodash: Har bir to‘g‘ri javob uchun 2,5 balldan jami 10 ball. 10 ball bola 30 soniya davomida 4 ta bo‘lakni to‘g‘ri birlashtirsa. 7,5 ball bola 30 soniya davomida 3 ta bo‘lakni to‘g‘ri birlashtirsa. 5,5 ball bola 40 soniya davomida 2 ta bo‘lakni to‘g‘ri birlashtirsa. 2,5 0-ball-bola 40 soniya davomida bo‘laklarni to‘g‘ri birlashtirsa.
Rivojlanganlik darajasi: 10-ball-bolaning diqqati, xayol va tafakkuri yuqori, 7,5 ball-yaxshi, 5,5-ball o‘rta, 2,5-0 ball-juda past. 2 va undan past to‘plagan bolalar bilan korreksion guruhlarga tavsiya etiladi.
«Eslab qolamiz» metodikasi
Maqsad: Bolalarning xotirasini, tasavvurini va qo‘l matorikasini rivojlantirish.
Metodika jihozi: Predmetlarning rasmi, oq qog‘oz va qalam.
Metodikani o‘tkazish tartibi: Metodikani 5-6 yoshdagi bolalar bilan olib borish mumkin. Bolaga oldindan tayyorlab qo‘yilgan oq qog‘oz va qalam beriladi.
Ko‘rsatma: Bolaga rasmdagi predmetlarni eslab qolishlari uchun 30-50 soniya daqiqa vaqt beriladi. Predmetlarning rasmini oq qog‘oz bilan yopib, ularni eslab qolgan rasmini chizish kerakligi tushuntiriladi.
Natijalarni baholash: Har bir to‘g‘ri chizilgan rasm uchun 2 balldan jami 12 ball. 12 ball bola 30 soniya davomida eslab qolgan rasmlarni chizib bersa. 10 ball bola 30 soniya davomida eslab qolgan rasmlarni chizib bersa. 8 ball bola 50 soniya davomida eslab qolgan rasmlarnip chiziyu bersa. 6 ball bola 50 soniya davomida eslab qolgan rasmlarni chizib bersa. 4 ball 50 soniyadan qo‘p vaqt davomida rasmlarni chizib bersa.
Natijalar tahlili: 12 ball bolaning xotirasini, tasavvurini va qo‘l matorikasi yuqori darajada rivojlangan, 10 ball yaxshi, 8 ball o‘rta, 4 ball juda past. 4 va undan past ball olsa xotirasini rivojlantirish bo‘yicha korreksion guruhlarga tavsiya etiladi.
«Kunning qaysi vaqtligini aniqlash» metodikasi
Maqsad: Bolalarning diqqat, xotirasi, tafakkur va tasavvurini aniqlash va tahlil qilish.
Metodika materiali: Kunning turli vaziyatlari tasvirlangan rasm.
Metodikani o‘tkazish tartibi: bu metodika 4-5 yosh bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, individual tarzda olib borgan maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ko‘rsatma: Jadvaldagi rasmlarga diqqat bilan qarang. Bola harakatlariga mos bo‘lgan yonidagi jadvaldan kunning qaysi vaqtligini toping va qalam bilan birlashtirib qo‘ying.
Natijalarni baholash. 10 ball bola rasmlarni bir-biriga bog‘liq holda to‘g‘ri belgilay olsa; 8 ball bola rasmlarning bir-biriga bog‘liq holda, umumiy belgilar bo‘yicha belgilay olsa; 6 ball bola rasmlar orasidagi bog‘liqlikni, faqat 2- ta belgilay olsa; 4 ball bola rasmlar orasidagi faqat 1-2 ta bog‘liqlikni aniqlab bera olsa; 2 ball bola rasmlar orasidagi bog‘liqlikning birortasini ham to‘g‘ri aniqlay olmasa.
Natijalar tahlili 10-ball bolaning diqqati, xotira va tafakkurini yuqori darajada rivojlangan; 8-9 ball yaxshi, 6-7 ball o‘rtacha, 4-5 ball past, 0-3 ball juda past. 4 va undan past ball to‘plagan bolalar bilan individual shug‘ullanish uchun korreksion guruhlarga tavsiya etiladi.
“Ortiqchasini top” metodikasi
Maqsad: Bolaning diqqat, sezgi, idrok va tafakkurini rivojlanganligini aniqlaydi.
Metodika jihozi: Bolaga oldindan tayyorlab qo’yilgan turli predmetlarning rasmi beriladi.
Metodikani o‘tkazish tartibi: Bu metodika 4-5 yosh bolalar uchun mo’ljallangan bo’lib, individual tarzda o‘tkaziladi.
Ko‘rsatma: Bola rasmda tasvirlangan rasmga qarab, qaysi bir predmet davomida) tushuntiring.
Natijalarni baholash: 10 ball bola o‘ziga berilgan topshiriqni uchun ortiqcha ekanligini sharhlab 8-ball bola topshiriqni 1 daqiqadan 6-ball bola topshiriqni 1,5 daqiqadan to‘g‘ri topa olsa; 4,5 ball bola topshiriqni 2 daqiqa to‘g‘ri topa olsa; 2-0 ball bola ortiqcha predmetni.
Rivojlanganlik darajasi: 10-ball bolaning diыыati, sezgi ball-yaxshi, 6-ball o‘rta, 4-2 balldan past. 4 va undan kam ball to‘plagan korreksion guruhlarga tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |