Kurs ishining umumiy tavsifi I. Bob. Og’ir nutq nuqsoniga EGA bo’lgan bolalarni psixologik jarayonlarini o’rganish


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida og’ir nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarni nutqga o’rgatishda psixologik jarayonlarni rivojlantirishga qaratilgan ishlar



Download 90,02 Kb.
bet13/17
Sana01.03.2022
Hajmi90,02 Kb.
#476641
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Avyeziva Gulnoza

2.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida og’ir nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarni nutqga o’rgatishda psixologik jarayonlarni rivojlantirishga qaratilgan ishlar
Maktabgacha ta’lim tashkilotkilotlarida og’ir nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarni nutqga o’rgatishda psixologik jarayonlarni rivojlantirishda tarbiyachi va logoped tomonidan kompleks ishlar olib boriladi.
Logopedlarni nutq nuuqsoniga ega bolalar bilan olib borayotgan ishlarini tarbiyachilar faoliyatlar jarayonida mustaxkamlab rivojlanib boradilar. O’z navbatida musiqa hahbarlari ham olib boriladigan faoliyatlarida bolalarni nutq kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida turli o’yinlar va metodikalardan foydalanadilar.
Nutqiy oʼyinlar va musiqa ritmik mashqlar tavsifi.
Dizartrik bolalar uchun musiqali ritmik mashqlar, nutq ishtirok etgan va ishtirok etmagan oʼyinlar.
I Davr. Nutqsiz didaktik oʼyinlar, harakat statistikasi uchun mashqlar, asta-sekin va ehtiѐtkorlik bilan predmetlarda bajariladigan harakatlarni (obruchlar, koptoklar, sharlar, toʼgʼnogʼichlar bilan) kiritish; umumiy va mayda motorikani rivojlantirish uchun mashqlar, yuz muskullarini rivojlantirish, taqlid qilishni tarbiyalash uchun mashqlar; ovozni faollashtirish uchun qoʼshiqli oʼyinlar (instsenirovka, xorovodlar). Eshitish diqqatini rivojlantirish maqsadida musiqa eshitish. Harakat malakasini shakllantirishdagi asta-sekinlik: musiqaning ishtirokisiz dastlabki koʼnikmalarni shakllantirish, harakat malakasiga musiqali ritmlarni qoʼshib oʼrgatish, malakalarni mustahkamlash – ularni oʼyin faoliyatida va haѐtiy vaziyatlarda qoʼllash.
II Davr. Qoʼshiqli oʼyinlar, qoidali oʼyinlar (voqeaband, voqeaband boʼlmagan, sport elementlari boʼlgan), nutqiy didaktik oʼyinlar, bolalarning nutqini, harakatlarini va oʼzaro munosabatlarini rivojlantirish uchun musiqali oʼyinlar.
Rinolalik bolalar bilan olib boriladigan musiqali-ritmik mashgʼulotlar. Umumiy motorikani rivojlantirish uchun qoidali harakatli oʼyinlar. Yuz mimikasini rivojlantirish uchun oʼyin va mashqlar. Tanglay ustunini faollashtirish uchun musiqa joʼrligidagi tovushga taqlid tarzidagi oʼyinlar, harakatli oʼyinlar.
Rinolaliklardagi manqalanishni qoʼshiq vositasida bartaraf etish. Vokal mashqlar va nutqiy materiallarni tanlashga qoʼyilgan talablar. Ovoz buzilishiga ega boʼlgan shaxslar bilan olib boriladigan musiqaliritmik mashqlar. Funtsional va organik ovoz buzilishlariga ega shaxslarning qisqacha tavsifi. Qoʼshiq aytish koʼnikma va malakalarini rivojlantirish yoʼli bilan ovozni tarbiyalash: nafasni rivojlantirish, ovozning kuchi, tembri, balandligini rivojlantirish, ovoz diapozonini mustahkamlash va kengaytirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishning muhim sharti ular bilan ishlash chog‘ida qo‘llanayotgan metod va tarbiya shakllarining bolalar psixofiziologik xususiyatlariga mos bo‘lishidir. Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan didaktik o‘yinlar, turli xil amaliy va tasviriy faoliyat shakllarining o‘tkazilishi maqsadga muvofiq.
Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishlari uchun ta’lim jarayoni ularning tabiiy rivojlanishi bilan uyg‘un bo‘lishi kerak. Bu metodikalarni o‘tkazishdan maqsad bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishdan iborat. Rivojlantiruvchi o‘yin va faoliyatlarning mazmuni bolaning psixik jarayonlari rivojlanishini oldinga surish, uning idroki, diqqati, xotirasi, tafakkuri, nutqi, harakat sohasi, ixtiyoriy xulq-atvori, ya’ni bola tomonidan asl o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish asosini tashkil etadigan psixik funksiyalar va shaxsiy sifatlarni takomillashtirishdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyalanuvchilari maktabdagi ta’limga maktabgacha ta’lim tashkilotidan boshlab, tayyorlanadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda yetakchi faoliyat o‘yin faoliyati hisoblansada, 5-6 yoshdan boshlab ularni ta’limni keyingi bosqichiga tayyorlash ishlari boshlanadi. 5-6 yoshli bolalar maktabga ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyor, diqqat, idrok, xotira, tafakkur, matematik va fazoviy tasavvur, guruhlantirish, umumlashtirish qobiliyatlarini rivojlangan bo‘lishi kerak. Bunda ularga maktabgacha tarbiya tashkilotlari tarbiyachilari va ota-onalarning yordami muhim sanaladi. Faoliyatlarni o‘tkazib borish jarayonida bolalar bilan samimiy, erkin muloqatda bo‘lish, ularga faoliyatlarni to‘g‘ri tushuntirib borish, o‘yin tariqasidagi tabiiy muhitni yaratish, bolalarning qobiliyatlarini holisona baholash muhim omillardan biri sanaladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyalanuvchilari uchun tayyorlangan ushbu rivojlantiriuvchi o‘yinlarni qo‘llashda muassasa psixologi, tarbiyachilar, ota-onalar hamkorlikda ishlashlari zarur.
Berkitilgan shakllarni top” metodikasi
Mazkur metodika maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatining ko‘chishi va idrokini aniqlashda qo‘llash mumkin.
Metodika materiali: turli geometrik shakllar.
Ko‘rsatma: Quyida turli xil geometrik shakllar berilgan. Xar bir shaklning nechtadan keltirilganini aniqlang va sanang.
Natijalar tahlili: Agar bola berilgan shakllarni 10 daqiqa ichida barchasini to‘g‘ri topsa 10 ball beriladi. Agar 10 tasini topsa 8 ball, keltirilgan shakllarni 7 tasini topsa 5 ball beriladi.
Rivojlanganlik darajasi: 10 ball- bola diqqatining ko‘chishi va idroki me’yorida rivojlangan. 8 ball- rivojlanish darajasi biroz past. Diqqat va idrokini rivojlantiruvchi mashqlarni ko‘proq o‘tkazish tavsiya etiladi.5 ball- yaxshi rivojlanmagan, bolaning diqqat va idrokini rivojlantiruvchi korreksion mashqlar tavsiya etiladi.
Predmetlarni joyini top” metodikasi.
Mazkur metodika 5- 6 yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan bo‘lib, predmetlarni guruhlashtirish, umumlashtirish va ketma-ketligini hamda diqqat va idrokining rivojlanganlik darajasini aniqlashga yordam beradi.
Metodika materiali: turli xil geometrik shakllar tasvirlangan rasmlar. Metodika uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi.
Ko‘rsatma: Quyida turli xil predmetlar rasmlari berilgan. Siz ushbu predmetlarning shakliga qarab o‘z o‘rniga joylashtiring.
Natijalar tahlili: Agar bola berilgan 12 ta predmetni 10 daqiqa ichida to‘g‘ri joylashtirib chiqsa, 10 ball beriladi. Agar 8-10 tasini topsa 8 ball, predmetlarni noto‘g‘ri, o‘rnini almashtirib joylashtirsa 4 ball beriladi.
Rivojlanganlik darajasi: 10 ball- bolaning predmeilarni guruhlashtirish va umumlashtirish qobilyatlari hamda diqqati va idrokining rivojlanganlik darajasi yaxshi. 8 ball- biroz past. Predmetlarni guruhlashtirish, umumlashtirish qobilyatlari va diqqati hamda idrokini rivojlantirish bo‘yicha mashqlarni ko‘proq o‘tkazish tavsiya etiladi. 4 ball- yaxshi rivojlanmagan, guruhlashtirish, umumlashtirish qobilyatlari diqqat hamda idrokni rivojlantiruvchi korreksion guruhlarga tavsiya etiladi.
Nima tasvirlanganligini top” metodikasi
Ushbu metodika maktabgacha yoshdagi bolalarning idrokini o‘rganishga mo‘ljallangan. Buning uchun bola rasmning bir necha qismlari yordamida butun rasmni yasashi talab qilinadi.
Metodika materiali: baliq rasmi noto‘liq va to‘liq tasvirlangan 4 ta rasm.
Ko‘rsatma: Bolaga rasmning A qismi ko‘rsatiladi va shu asosda rasmda nima tasvirlanganini topish taklif etiladi. Buning uchun 10 soniya vaqt beriladi. Agar bolalar bu vaqt ichida rasmda nima tasvirlanganini topa olmasa yana 10 soniyaga unga rasmning B qismi ko‘rsatiladi. Shu tariqa rasm qismlari to bola unda nima tasvirlanganini bilmagunicha ko‘rsatiladi.
Natijalarni baholash: Bola A qismdan, 10 soniya vaqt davomida rasmda baliq tasvirlanganligini topsa 10-ball beriladi. Bola B qismdan, jami 11-20 soniya vaqt sarflab rasmda baliq tasvirlanganligini topsa 7-9 ball beriladi. Bola V qismidan, vaqt 21-30 soniyaga yetganda rasmda baliq tasvirlanganligini topsa 4-6 ball. Bola G qismdan, 30-40 soniya vaqt davomida baliq tasvirlanganligini topsa 2-3 ball beriladi. Bola 50 soniyadan ortiqroq vaqt davomida A,B va V qismlarni ko‘rib ham baliq tasvirlanganini topa olmasa 0-1 ball beriladi. Rivojlanganlik darajasi: 10 ball bola idroki juda yuqori darajada rivojlangan, 8-9 ball yaxshi, 4-7 ball o‘rta, 2-3 ball past, 0-1 ball juda past.
Nuqtalarni birlashtiring” metodikasi
Ushbu metodika maktabgacha yoshdagi bolalarning diqqat, idrok, tafakkur va mayda qo‘l motorikasini rivojlanishini o‘rganadi. Buning uchun bola rasmning chap tomoniga qarab o‘ng tomondagi nuqtalarni birlashtirishi kerak. Metodikani bajarish uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi.
Metodika materiali: nuqtalarni birlashtirib shakl hosil qilinishi kerak bo‘lgan rasm.
Ko‘rsatma: Quyidagi rasmni chap tomoniga mos tarzda, o‘ng tomonidagi nuqtalarni birlashtiring.
Natijalarni baholash: Bola barcha nuqtalarni belgilangan vaqt mobaynida chap tomondagi rasmga mos tarzda birlashtirsa 8-10 ball beriladi. Bola belgilangan vaqt mobaynida 3 ta rasmdagi nuqtalarni birlashtirsa 6-7 ball beriladi. Bola belgilangan vaqtdan o‘tib 2 ta rasmdagi nuqtalarni birlashtirsa 4-5 ball beriladi. Bola belgilangan vaqt mobaynida 1 ta rasmdagi nuqtalarni birlashtirsa 2-3 ball beriladi. Bola belgilangan vaqtdan o‘tib nuqtalarni notekis, noto‘g‘ri birlashtirsa 0-1 ball beriladi.
Rivojlanganlik darajasi: 8-10 ball- Bolaning diqqati, idroki, tafakkuri va kichik qo‘l motorikasi yuqori darajada rivojlangan, 6-7 ball- yaxshi darajada rivojlangan, 4-5 ball- o‘rta darajada rivojlangan, 2-3 ball- past darajada rivojlangan, 0-1 ball- juda past darajada rivojlangan.
Shakllarni o‘chiring” metodikasi
Quyidagi metodika 5-6 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, diqqat, idrok, matematik va fazoviy tasavvuri va tafakkurini rivojlanganlik darajasini aniqlashga yordam beradi. Metodika davomida bola namunada keltirilgan shakllarni jadvaldan topib o‘chirishi kerak. Topshiriqni bajarish uchun 6 daqiqa vaqt ajratilgan.
Metodika materiali: ichida turli shakllar chizilgan aylanalar.
Ko‘rsatma: Namunada berilgan shakllarni pastdagi jadvaldan toping va o‘chiring.
Natijalarni baholash: Bola barcha shakllarni belgilangan vaqt davomida topsa va o‘chirib chiqsa 5-6-ball beriladi. Bola belgilangan vaqtdan o‘tib shakllarni topsa va o‘chirsa 3-4 ball beriladi. Bola belgilangan vaqt davomida berilgan shakllarni barchasini topa olmasa va topshiriqni yakunlay olmasa 1-2 ball beriladi.
Rivojlanganlik darajasi: 5-6 ball- Bolaning diqqati, idroki, matematik va fazoviy tasavvuri hamda mantiqiy tafakkuri yuqori darajada rivojlangan, 3-4 ball- yaxshi rivojlangan, 1-2 ball- past rivojlangan.
Bu kimning uychasi?” metodikasi
Metodika diqqat, idrok va xotiraning rivojlanganlik darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, 4-6 yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan.
Bolalarga 10 soniya vaqt davomida avval 1-rasm ko‘rsatiladi. Unda hayvonchalar o‘zlarining uychalarida joylashtirilgani ko‘rsatilgan. So‘ng rasmni olib qo‘yib, hayvonchalar uychalaridan tashqarida tasvirlangan 2-rasm ko‘rsatiladi. Bola hayvonchalarni qaysi uyda yashashini topib, uycha bilan hayvonchani qalam bilan birlashtirib qo‘yishi lozim. Buning uchun bolaga 40 soniya vaqt beriladi.
Metodika materiali: Hayvonchalar va ularning uychasi chizilgan rasm.
Ko‘rsatma: Hozir sizga 1-rasm ko‘rsatiladi, siz qaysi hayvoncha qaysi uychada joylashganligini yaxshilab ko‘rib olishingiz lozim. So‘ng rasm olib qo‘yiladi va 2-rasm ko‘rsatiladi. 2-rasmda hayvonchalar uychalaridan tashqarida tasvirlangan. Siz har bir hayvonchaga uychasini topib bering va qalam bilan birlashtiring.
Natijalarni baholash: Bola belgilangan vaqt davomida barcha hayvonchalar uychalarini to‘g‘ri topsa va birlashtirsa 8-ball beriladi. Belgilangan vaqt mobaynida 3 ta hayvonchani uychasini to‘g‘ri topsa va birlashtirsa 6-7 ball beriladi. Belgilangan vaqt mobaynida 2 ta hayvonchani uychasini to‘g‘ri topsa va birlashtirsa 4-5 ball beriladi. Belgilangan vaqt mobaynida 1 ta hayvonchani uychasini to‘g‘ri topsa va birlashtirsa 2-3 ball beriladi.
Rivojlanganlik darajasi: 8 ball- Bolaning diqqat, idrok va xotirasi yuqori darajada rivojlangan, 6-7 ballyaxshi rivojlangan, 4-5 ball- o‘rtacha rivojlangan, 2-3 ball past rivojlangan.
Qarama-qarshi juftliklarni birlashtir” metodikasi
Metodika diqqat, idrok, mayda qo‘l motorikasi, fazoviy tasavvuri va tafakkurini rivojlanganlik darajasini aniqlashga yordam beradi. Metodikani bajarish davomida bolaga qarama-qarshi juftliklarni topish va ularni qalam bilan birlashtirish vazifasi taklif etiladi. Metodika 4-6 yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan.
Metodika materiali: qarama-qarshi juftliklar berilgan rasm.
Ko‘rsatma: Quyidagi rasmda berilgan qarama-qarshi juftliklarni topib birlashtiring.
Natijalarni baholash:
Bola barcha qarama-qarshi juftliklarni belgilangan vaqt davomida topsa va birlashtirsa 10-ball beriladi. Bola berilgan qarama-qarshi juftliklarni o‘z vaqtida topib birlashtirishga ulgura olmasa 7-8 ball beriladi. Qarama-qarshi juftliklarni topishga qiynalsa, aksariyatini noto‘g‘ri topsa 5-6 ball beriladi. Qarama-qarshi juftliklarning 1 ta juftini to‘g‘ri topsa 3-4 ball beriladi. Qarama-qarshi juftliklarni hech qaysi birini to‘g‘ri topa olmasa 0-2 ball beriladi.
Rivojlanganlik darajasi: 10 ball- bolaning diqqat, idrok, kichik qo‘l motorikasi, fazoviy tasavvuri va tafakkuri yuqori darajada rivojlangan, 7-8 ball- yaxshi rivojlangan, 5-6 ball- o‘rtacha rivojlangan, 3-4 ball past rivojlangan, 0-2 ball juda past rivojlangan.

Download 90,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish