«Shakllarni birlashtir» metodikasi
Maqsad: Maktabgacha yoshdagi bolalarning sezgi, idrok, va tafakkur, jarayonlarini rivojlanganlik darajasini aniqlash va tahlil qilish.
Metodika jihozi: bolaga oldindan tayyorlab qo‘yilgan turli predmetlar va shakllar chizilgan jadval beriladi.
Metodikani o‘tkazish tartibi: Bu metodika 5-6 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib individual, yoki 5-6 ta bola bilan olib borilishi mumkin.
Ko‘rsatma: Bolaga namunada berilgan beshta shaklga mos keluvchi shakllarni pastdagi jadval ichidan topish va qalam bilan birlashtirish vazifasi topshiriladi. Topshiriqni bajarish uchun 30-50 daqiqa vaqt beriladi.
Natijalarni baholash: Har bir to‘g‘ri topilgan javobga 2 balldan jami 10 ball. Bola 30 soniya davomida 5 ta shaklni topib birlashtirsa 10 ball. Bola 30 soniya davomida 4 ta shaklni topib birlashtirsa 8 ball. Bola 50 soniya davomida 3 ta shaklni topib birlashtirsa 6 ball. Bola 50 soniyadan ko‘p vaqt davomida 2 ta shaklni topib birlashtirsa 4 ball. Bola 50 soniyadan ko‘p vaqt davomida 1-0 shaklni topib birlashtirsa 2-0 ball.
Rivojlanganlik darajasi: 10 ball-bolaning sezgi, idrok va tafakkuri yuqori darajada rivojlangan, 8 ball yaxshi, 6 ball o‘rta, 4-ball past, 2-0 ball-juda past. 4 va undan past ball to‘plagan bolalar korreksion guruhlarga tavsiya etiladi.
“Juftini top” metodikasi
Maqsad: maktabgacha yoshdagi bolalarning diqqat, sezgi, idroki va tafakkur jarayonlarini rivojlanganlik darajasini aniqlash va tahlil qilish.
Metodika jihozi: Turli shakllar va predmetlar chizilgan jadval.
Metodikani o‘tkazish tartibi: Bu metodika 5-6 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, individual yoki kichik guruhlarda olib borish mumkin.
Ko‘rsatma: Bolaga turli shakllar va predmetlar chizilgan jadval beriladi. Namunada berilgan predmet va shakllar juftini toping. Topshiriqni bajarishga 40-50 soniya vaqt ajratiladi.
Natijalarni baholash: Har bir to‘g‘ri topilgan shakl va predmetlarga 2 balldan jami 10 ball, 10 ball bola 40 soniya davomida 5 ta shakl va predmetlar juftini topsa, 8 ball bola 40 soniya davomida 4 ta shakl va predmetlar juftini topsa. 6 ball bola 50 soniya davomida 3 ta shakl va predmetlar juftini topsa, 4 ball bola 50 soniyadan ko‘p vaqt davomida 2 ta shakl va predmetlar juftini topsa. 2-0 ball bola 50 soniyadan ko‘p vaqt davomida 1-0 ta shakllarni topib birlashtirsa.
Rivojlanganlik darajasi: 10-ball bolaning diqqat, sezgi, idrok, va tafakkuri yuqori darajada rivojlangan, 8-ball- yaxshi, 6-ball o‘rta, 4-ball-past, 2-0 ball juda past. 4 va undan past ball to‘plagan bolalarga qo‘shimcha mashg‘ulotlar tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |