Kurs ishining maqsadi: Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarni nutqga o’rgatishda psixologik jarayonlarni rivojlantirishning korreksion asoslarini o’rganish.
Kursa ishining vazifalari: Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarni nutqga o’rgatishda psixologik jarayonlarni rivojlantirishning korreksion asoslarini o’rganish va amaliyotga tadbiq etish.
Kusr ishining obyekti: Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarni nutqga o’rgatishda psixologik jarayonlarni rivojlantirish usullari.
Kurs ishining predmeti: Og’ir nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarni nutqga o’rgatishda psixologik jarayonlarni rivojlantirish jarayoni.
Kurs ishi materiallarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Kurs ishida asoslangan tavsiyalar, ilmiy qarashlar maktabgacha katta yoshdagi bolalarni nutqini o‘stirishda va ta’lim samaradorligini oshirishda foydalanish mumkin.
Kurs ishining tuzilishi: Kichik tadqiqot ishi kirish, asosiy qism: ikki bob, va xulosalar, foydalaniladigan adabiyotlar ro’yhati.
I. BOB. OG’IR NUTQ NUQSONIGA EGA BO’LGAN BOLALARNI PSIXOLOGIK JARAYONLARINI O’RGANISH
1.1. Og’ir nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarni psixologik jarayonlarini rivojlanish mazmuni
Psixologik nuqtai nazardan insonning bilish jarayonlariga diqqat, sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi jarayonlar kirib insoning bolalikdan rivojlanishi mobaynida ushbu jarayonlar ham turli faoliyatlarda rivojlanib boradi. Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlaydigan, yо‘naltirilgan tusdaligidan iborat. Tevarak atrofdagi olamning ko‘plab ta‘sirlari orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqidadair fikr yuritadi, о’ylaydi. Ongning bu xossasisini uning diqqat kabi xususiyati bilan о‘zaro bog‘liq deb hisoblashadi.
Diqqat bilish jarayonlaridan farqli о‘laroq, о’zining alohida mazmuniga ega emas, u barcha bilish jarayonlarining jо‘shqin jixatidir. Diqqat individning hissiy aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yо’naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir.
Diqqat sezgi, xotira, tafakkur va harakat jarayonlarida namoyon bо’lishi mumkin. Bog’chagacha tarbiya yoshidagi bolalarning diqqati nixoyatda beqaror bо’lishi bilan harakterlanadi. Masalan, bolaga yangi о’yinchoq bersangiz о’yinchoqni juda qiziqib kо’ra boshlaydi, lekin ayni shu paytda yana bir boshqa о’yinchoqni kо’rsatilsa, birinchi о’yinchoqni tashlab ikkinchiga talpinadi. Bu yoshdagi bolalar diqqatining beqarorligi fiziologiya nuqtai nazaridan ularda xalitormozlanish protseslarining kuchsizligi bilan bog’liqdir.
Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining g’oyat beqaror bо’lishi turmush tajribalarining juda ozligi bilan ham bog’liqdir.
Maktabgacha yoshidan boshlab bolalarda ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Biroq, kichik maktabgacha yoshdagi bolalarida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Kichik yoshdagi maktabgacha yoshdagi bolalarda kunsayin paydo bо’ladigan yangi-yangi qiziqishlar о’yin faoliyatining xilma-xil bо‘la borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni asta-sekin takomillashtirib boradi.
Bola xotirasining nutqning о’sishi juda katta axamiyatga ega. Bu davrda bola narsa va xodisalarni faqat bevosita kо’rish orqali emas, balki shu narsa va hodisalarning nomlari orqali idrok qila oladigan bо’ladi. Bundan tashqari ham ular kattalardan sо’rab, bilib olish, eshitish orqali ham, о’z xotiralarini boyitadilar.
Kichik yoshdagi bolalar dastavval mexanik ravishda ya’ni, ma’nosiga tushunmasdan esda olib qolaveradi. Buning о‘ziga xos jixti bor.
Birinchidan bolalarda turmush tajribasi juda oz bo’ladi, ular kо’p narsani xali mutlaqo bilmaydilar, lekin xayotda tо’qnash kelganlari sababli eslarida olib qoladilar.
Ikkinchidan, bolalar asab tizimining plastikligi, ya’ni, juda egiluvchanligi kattalarnikidan xam ustunroq bо’ladi. Ana shu sababli bolalarga mexanik esda olib qolish hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. Bolalarda ma’nosiga tushunib esda olib qolish ham juda erta rivojlana boshlaydi. Masalan, ilk bolalik davridagi о’zlari yoqtirgan hikoyalarning ayrim qahramonlarini yaxshi kо’radilar, ba’zilarini yomon kо’radilar. Umuman hikoyalarning mazmuni bolalarga ta’sir qilib ularda ma’lum tuyg’u-xissiyotlarni uyg’otadi, bu esa bolalar hikoyaning mazmunini tushunayotganliklaridan darak beradi.
Bolalar xotirasini rivojlanishida kattalarning nutqi bolalar bilan bо’ladigan muloqati katta ro’l о’ynaydi. Xotirani rivojlanishi maktabgacha yoshdagi bolalarda ularning ta‘lim-tarbiyasida amalga oshiriladi.
Tafakkur bolaning maktabgacha yoshdagi davridan juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, maktabgacha yoshdagi bolalarda turmush tajribasining anchagina kо’payishi, ikkinchidan bu davrda bolalar nutqining nisbatan yaxshi о’sgan bо’lishi, uchinchidan esa, maktabgacha ta’lim tashkilotida harakatlar qilish imkoniyatiga ega bо’lishidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar о’zlarining mustaqil harakatlari davomida atrofidagi turli xil narsalar bilan bevosita taqqoslash, analiz qilish va nihoyat umumlashtirish kabi fikr qilish jarayonlarini vujudga keltiradi va takomillashtiradi. Maktabgacha yoshidagi bolalarda har xil sohalarga doir savollarning tug’ilishi ular tafakkurining shakillanayotganligidan darak beradi. Shuning uchun bolalarning savollariga doimo ahamiyat bilan qarash kerak. Bola о’z savoliga javob topaolmasa yoki katta odamlar savoliga ahamiyat bermasalar, undagi qiziquvchanlik, sinchkovlik susaya boshlaydi. Lekin maktabgacha yoshdagi bolalarning hamma savollariga javob berish qiyin, chunki ular о‘zlari hali mutlaqo tushunmaydigan narsalar va hodisalar haqida ham savol beraveradilar. Odatda har qanday tafakkur jarayoni biron narsaga tushuna olmasdan, biron narsadan taajublanish, hayron qolish natijasida hosil bо‘ladi. Juda kо’p ota-onalar va ayrim tarbiyachilarga ortiqcharoq savol bersalar, ularni – “kо’p maxmadona bо’ma, sen bunday gaplarni qayerdan о’rganding” – deb jerkib tashlaydilar. Bolalar beradigan savollarning juda qiziq bо’lishiga bir necha sabablar bor.
Birinchidan, maktabgacha yoshdagi bolalar, tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni qanday bо’lsa, shundayligicha ya’ni yaxlit holda huddi rasmdagidek aks ettiradilar.
Ikkinchidan ularda katta odamlardagidek idrok qiladigan narsa va hodisalarni chuqur analiz va sintez qilish xususiyati hali о‘smagan bо’ladi.
Uchinchidan ularda turli tabiat va jamiyat hodisalarga doir ilmi va tushunchalar hali tarkib topmagan bо’ladi.
Tо’rtinchidan, ularning turmush tajribalari juda oz bо’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning beradigan savollaridan ular tafakkurining konkret obrazli xarakterga ekanligi ham kо’rinib turadi. Masalan, bolalar quydagi savollarni berishadi: “Bulutlar nega yuradi? Osmon kattami? Yoki yer kattami?”.
Ayrim bolalar haddan tashqari kо’p savollar beradilar. Boshqa bolalar esa hech qachon savol bermaydilar.
Og’ir nutqiy buzilish va psixik rivojlanishning boshqa tomonlari о’rtasidagi bog’liqlik tafakkurning о’ziga hos xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Bolalar о’z yoshiga mos fikrlash operatsiyalarini egallab olishni umumiy tо’la shart-sharoitlarga ega bо’lib turib, ularda sо’z mantiqiy tafakkur rivojlanishi ortda qoladi va bunday bolalar maxsus о’qitishsiz analiz-sintez, taqqoslash va umumlashtirishni egallashda qiyinchilikka duch keladilar. Umumiy jismoniy xolsizlanish va lokomoter (harakatlanish) vazifalari sust rivojlanishi bilan birga harakatlarining rivojlanishida ba‘zi bir otrda qolishlar ham ularga xosdir. Bular harakatni boshqarish yomonligi, me’yorli harakatlarni bajarishda ishonchsizligi, bajarish tezligi va chaqqonligining pasayishi bilan ifoda etiladi. Eng katta qiyinchiliklar sо’z kо’rsatmalari bо’yicha harakatlarni bajarishda aniqlanadi.
Og’ir nutq nuqsoniga ega bolalar normal rivojlangan bolalardan topshiriqni bajarishda masofa vaqt, tafakkur kо’rsatkichlarida ortda qoladilar, harakatlar ketma-ketlik tartibini buzib, uni tashkil etuvchi qismlarni qoldirib ketadilar. Nonutqiy jarayonlarni tо’g’ri baxolash nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar atipik rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlash va shu bilan birga ularning о’rnini tо’ldirish imkoniyatlarini aniqlash uchun zarurdir. Bolalarda bilish faoliyatlarini rivojlanishi tevarak-atrof, kishilar mehnati va bola yashayotgan muhitdagi barcha predmetlar va narsalarni bilish, о’rganish orqali ularning idroklari rivojlana boradi.
Idrok – inson analizatori yoki analizatorlar sistemasiga bevosita ta’sir etuvchi narsa va hodisalarning butunligicha yoki ularning turli xususiyatlari о’zaro aloqasining shakllanish jarayonidir.
Idrok turli sezgilar asosida shakllanadi.
Psixologiyada idrok quyidagilarga ajratiladi: kо’ruv, eshituv, taktil, tam bilish va hid bilish sezgilari kabilar.
Idrokning barcha turlarida harakatlanish sezgirligi muhim о’rin tutadi, biroq bularni inson kо’pincha idrok etmaydi. Idrok etishda nutq katta ro’l о’ynaydi.
Narsa va hodisalarning sо’zlar bilan ta’riflanishi ular orasidagi mavjud о’zaro aloqa ta’minlanishini abstrakqiyasi va umumlashtirilishi idrok etayotganlarning mazmunini ochishga yordam beradi. Idrokning obyektiv faoliyati inson faoliyatining ilgarilanganligidir. Shu bilan birga faoliyat, amaliyot idrokning rivojlanishiga harakatlarning tо’g’ri va tо’la aks etishiga yordam beradi.
Idrokning o‘ziga xos xususiyatlari:
Aralash va umumlashtirish: predmet va xodisalarni idrok etar ekan, inson nimalarni idrok etayotganini tushunadi va anglaydi;
predmetlilik: predmetlarning obrazlarini real predmetlar sifatida anglaydi;
yaxlitlilik: borliqdagi predmet va hodisalarning alohida sifatlari va belgilari doimiy mustaxkam bog‘liqlikda bo‘ladi;
tizimlilik: kishi turli predmetlar yoki hodisalarning belgilarini yaxlit va mustahkam tizim sifatida anglaydi;
tanlash: bir necha predmetlar va ko‘rinishlar orasidan inson faqat bir nechtasinigina ajratib oladi, bu uning qanday faoliyat bilan shug‘ullanayotganiga, muayyan vaqtda unga qanday narsalar kerakli ekaniga va qiziqishlariga bog‘liq bo‘ladi;
o‘zgarmaslik: xuddi o‘sha predmetlar inson tomonidan o‘zgargan sharoitlarda ham bir xil qabul qilinadi (turli xil yoritilishida, turli xil qarashlarda, turli masofalarda).
Idrok qilish jarayonida bolada asta-sekinlik bilan ko‘rish, eshitish, harakat, bilish obrazlarini orttirib boradi. Lekin bunda bola predmetlarning munosabatlari va belgilarini idrok qilishi jarayonida, bu munosabatlar va belgilar so‘zlar bilan izohlangan bo‘lishi kerak. Bu esa predmetning obrazlari haqida tasavvurlarni mustahkamlaydi, ularni yanaham aniqlashtiradi. Agar idrok qilingan obrazlar so‘zlar bilan mustahkamlangan bo‘lsa, birqancha vaqt o‘tganidan keyin ham bu obrazlar bola tasavvurida tiklanishi mumkin.
Ulug’ qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy “Minerologiya” asarida sezgi va idrok haqida quyidagi fikrlarni keltirib o‘tgan: “Sezgilar beshta bo‘lib, ...ular quloq bilan eshitish, ko‘z bilan ko‘rish, burun bilan hidlash, til bilan tatib ko‘rish va teri bilan tegib bilishdan iboratdir...ilm va ma’rifat faqatgina o‘shalar orqali hosil bo‘ladi.”
G.F. Cergeyevafikricha idrok qilishning fonematik buzilishi nutq nuqsoniga ega bolalarning hammasida kuzatiladi, bunda nutq-eshitish va nutq-harakat analizatorlari orasidagi bog‘liqlik bo‘lmasligi kuzatiladi. Ma’lumki, dizartriya va rinolaliyada uchraydigan nutq harakat analizatori funksiyasining buzilishi tovushlarni eshitish orqali idrok qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
YE.M. Mastyukova ko‘rish orqali idrok qilishni tekshirish natijasda nutq nuqsoniga ega bo‘lgan maktab o‘quvchilarida bu funksiya o‘z normasida qoladi va ular obrazlarni yaxlitligicha idrok etadi va meyordagi bolalardan farq qilmaydi degan xulosaga keladi.
Biroq nutq nuqsonlariga ega bolalarga berilgan vazifalar murakkablashtirilganida qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Og’ir nutq nuqsoniga ega bolalar predmet obrazlarini belgilangan sharoitlarda ancha qiyinchilik bilan idrok qiladilar, qarorni qabul qilish vaqti cho‘ziladi, bolalar o‘z javoblariga ishonmay ikkilanadilar, predmet-hodisalarni tanishda xatoliklar kuzatiladi, axborot ortgan sari predmetning belgilarini ajratish ham qiyinlashadi.
Maktabgacha yoshdagi og’ir nutq nuqsoniga ega bolalarni ko‘rib idrok etishini tekshirish jarayonida dizartriya, alaliya kabi nutq kamchiliklarida idrokning quyidagi buzilishlari kuzatildi: optik, atrof-muhit, tasavvurlar, yuzaga tegishli bo‘lgan belgilar, barmoqlar va artikulyatsiya a’zolari harakati, taktil-harakat a’zolari yordamida idrok etish.
Og’ir nutq nuqsoniga ega bolalarda optik atrof-muhitni idrok etish jarayonining buzilgani, shuningdek boshqa idrok jarayonlari to‘liq emasligi natijasida atrof-muhitni tasavvur qilishning shakllanishida o‘ziga hos jihatlar kuzatiladi.
Alalik bolalarda idrokning buzilganligi ayniqsa rasmlarni chizishda kuchli namoyon bo‘ladi: rasm va tasvirlar detallar miqdorining kamligi, oddiyligi, soddaligi, murakkab emasligi bilan ajralib turadi, shuningdek optik atrof-muhitni idrok etishdagi buzilishlarning miqdori bilan xarakterlanadi.
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, predmetlar orasidagi aloqalar, ular orasidagi faoliyat impressive nutqning saqlanganligini bildiradi. Lekin ekspressiv nutqda, agar bolalar og‘ir nutq nuqsonlariga ega bo‘lsa, nutqiy muloqot vositalarini bu munosabatlarda noto’g‘ri ifodalaydilar. Bu ularning nutqida semantic tartibning saqlanmaganligi bilan bog‘liq.
Nutqi buzilgan hamma bolalarda fonematik idrokning buzilishi, shubhasiz nutq eshitish va nutq harakat qilish analizatorlari faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. G.F. Sergeyevaning fikricha, dizartriya va rinolaliyada nutq-harakat qilish funksiyalarining buzilishi fonematik idrok jaryoniga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda tovushlarni talaffuz qilishning buzilishi va idrokning buzilishi orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa kuzatiladi.
L.I. Belyakova, Y.F. Garkusha, O.N. Usanova, E.L.Figeredo tadqiqot natijalariga ko’ra, idrok qilinayotgan predmetning dastlabki obrazi sezgilarning jami(yig‘indisi)dan iborat bo‘lmay, balki yaxlit, bir butun bo‘ladi. Bu idrokning perseptiv tomonini tashkil qiladi. Og’ir nutq nuqsoniga ega bolalarda esa predmetni yaxlit idrok etish qobiliyati ham buzilgan bo‘ladi. Ular predmetning ayrim belgilarini idrok etmaydilar.
A.P. Voronovaning og’ir nutq nuqsoniga ega maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalarining tadqiqiga ko’ra, bu toifadagi bolalarda harf idroki past rivojlangan bo‘ladi: ular harflarni bir tekisda yoza olmaydilar, harflarni chaplashtirib yuboradilar, to‘g‘ri chiziqdan tepaga yoki pastga tushib ketadilar. Bosma harflarni yozishda ham huddi shunday qiyinchiliklarga uchraydilar. Shu sababli nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar savodni egallashda qiynaladilar. Ma’lum bo‘lishicha, og’ir nutq nuqsoniga ega bolalar «o‘ng tomon» va «chap tomon» tushunchalarini ajratib olishda qiynaladilar, shuning uchun o‘z tana a’zolarining joylashish o‘rnini odatda to‘g‘ri aniqlay olmaydilar.
Alalik bolalarda fazoviy buzilishlar, ayniksa, odam suratini chizishda yaqqol ko‘rinadi: tasvirlashning qashshoqligi bilan, detallar sonining kamligi va oddiyligi, hamda o‘ziga xos optik-fazoviy buzilishlarning mavjudligi bilan ajralib turadi. Biroq, nutqi buzilgan bolalarda fazoviy buzilishlarning o‘rni rasmda ifodalangan hissiy jo‘shqinlik evaziga kompensatsiya qilinadi.
Idrokning mazmuni asosan odam hosil qilgan tajribaning boyligi, unda tafakkur va hayolning nechog‘li taraqqiy qilganligi bilan belgilanadi. Bunda nutq yetakchi o‘rin egallaydi. Og’ir nutq nuqsoniga ega bolalarda esa idrokning barcha turlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Shuning uchun ular bilan olib boriladigan korreksion-logopedik ishda nutq kamchiliklarini to‘g‘rilash bilan birga idrokni rivojlantirish ham talab qilinadi.
Og’ir nutq nuqsoniga ega bolalar o’ziga xos hususiyatlarga ega bо’lib, ularda nutqning rivojlanmasligi natijasida eshituv va nutq zonalarining zararlanishi natijasida idrok rivojlanishi nutqi tо’liq rivojlanmagan bolalarda sust rivojlanadi. Ular atrof muhitdagi narsa va hodisalarni kо’rabiladilar, ularni farqini, ulardagi о’zgarishlarni bilsalarda nutq orqali tushuntirib berishda qiynaladilar.
Og’ir nutq nuqsoniga ega bolalarda kо’ruv idroki о ‘ziga xos xususiyatga ega. Kо’rish analizatorlari atrof-olam haqidagi turli xil axborotlarni olishga yordam beradi.
Eksperimental psixologik usullarning ishlab chiqqanligi tegishli ahamiyat kasb etadi. Kо’rish orqali idrok etish juda murakkab ish bо’lib bu jarayonda kо’pgina qо’zg’atuvchilar kо’zga о’z tasirini kо’rsatadi. Idrok etishda analiz qanchalik aniq bо’lsa, sezish shunchalik tо’la, kuchli, aniq bо’lib, ular qо’zg’atuvchilarda defferensial aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |