II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OG’IR NUTQ NUQSONIGA EGA BO’LGAN BOLALARNI NUTQGA O’RGATISHDA PSIXOLOGIK JARAYONLARNI RIVOJLANTIRISH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH
2.1. Og’ir nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarni nutqga o’rgatishda psixologik jarayonlarni o’yinlarda rivojlantirish
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarda predmetlarning mazmun va moxiyatidan ajralmas bо’lgan biror-bir belgisiga asoslanadilar. Biroq bolalar predmet shaklini ajratib mavxumlashtirishni tez bajara olmaydilar. Ular geometrik shakllarni idrok qila turib, odatda biror bir predmet bilan о’xshatadilar (kvadratni kо’pincha-deraza, kubik, aylana, g’ildirakni - koptok deb nomlaydilar. Bolalar duch kelgan shaklni farqlashga ehtiyoj sezadilar. Ular kо’pincha predmetni nimaga о’xshashi va ularda mavjud tushunchalar orasidagi boshqa turli shakllardan nimasi bilan farqlanishini aniqlashga urinishadi.
Og’ir nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarni kо’ruv fazoviy analiz sintez va kо’rgazmali-harakatli tafakkurning sust rivojlanganligini biz kesma rasmlarni qismlarini yig’ishda qiyinchilik kuzatildi. Metodika bir necha marta takrorlanganda ham rasmlarni joy–joyiga qо’yishda xatolarga yо’l qо’ydilar. Bundan kо’rinib turibdiki bolalarning diqqatining tarqoqligi va idrokning bilishga doir ruhiy jarayonlar sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, shuningdek nutqni rivojlantirish aqliy tarbiyaning muhim vazifasidir.
Tevarak atrofni bilish sezgi va idrokdan boshlanadi. Ularning rivojlanganlik darajasi qanchalik yuqori bо’lsa, borliqni bilib olish imkoniyati shunchalik kо’p bо’ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ongli ravishda eslab qolish qobiliyati tarkib topadi, xotira hajmi kengayadi; vazifa ixtiyoriy diqqatni mashq qildirish uni foydali bilimlar bilan boyitishdan iborat. Bolalarda bilish faoliyatini rivojlanishida xayoli jodiy faoliyat uchun zarurdir, shuning uchun uni maktabgacha yoshdan boshlab rivojlantirib borish katta ahamiyatga ega. Maktabgacha tarbiya yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda tasavvur xayoli bо’ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy hayol tarkib topadi. Bolalar bilish faoliyati tevarak-atrof tabiati kishilar mehnatini kо’ra bilishlari va maktabgacha tarbiya tashkiloti tarbiyachining va logopedning olib borgan mashg’ulotlarida ularni har tomonlama bilish faoliyatlari rivojlantiriladi ulardagi kamchiliklar korreksiyalanadi. Bolalarning bilish faoliyatlaridan idrok, xotira, diqqatni turli xildagi didaktik о’yinlar asosida rivojlantiriladi.
“О’xshashini olib kel” о’yini.
О’yining maqsadi: Narslarning nomini eslab qolishga о’rgatish orqali bolalarning lug’atini boyitish.
О’yin uchun jihozlar: Turli о’yinchoq va buyumlar, shu buyumlarning rasmi aks ettirilgan kartochkalar. Kartochkalar bunday vaqtda juft bо’lishi ham mumkin. Buyumlar о’rniga kartochkalardan foydalanish ham tavsiya etiladi.
О’yinni о’tkazish: Bu o’yinni uch xil variantda о’ynash mumkin.
Variant. Juft kartochkalarning bir nusxasini xonaning har yeriga tarqatib qо’yiladi. Bolaga kartochkaning ikkinchi nusxasi beriladi. Bola qо’liga olgan kartochkada nimaning rasmi aks ettirilgan bо’lsa, oldin uning nomini shaklini aytadi. Sо’ng bolaga kartochkalardan huddi shuning о’ziga о’xshashini topib kelish vazifasi beriladi. Bola qо’lidagi kartochkaning о’xshashini topib kelganidan keyin uni bolalarga kо’rsatadi va nomini yana bir bor takrorlaydi.
Variant. Bolaga kartochka kо’rsatiladi va orqasini о’girib qо’yiladi. Bola kо’rib esida qolgan bо’yicha kartochkaning о’xshashini topib olib keladi va u haqda sо’zlab beradi.
Variant. Kartochkalar о’rnida buyumlardan foydalaniladi. Buyumlarga qarab ularning rasmlari yoki rasmlarga qarab topish vazifasi beriladi. Har ikki variantda ham birinchisidan singari buyumning nomini qayta ayttirish usuli qо’llaniladi.
“О’xshaydimi-о’xshamaydimi” о’yini.
O’yining maqsadi: Bolalarning narsalarning tuzilishi, tashqi ko’rinishi haqida tushunchalarni mustahkamlash, so’z boyligini orttirish va idrok qilishga o’rgatish va so’zlab berish qobilyatini o’stirish.
O’yin uchun jihozlar: Ikkita uy jihozlari, ikkita o’yinchoq, ikki xil gulning rasmi va boshqalar.
“Kim chaqqon”.
Bolalarga istalgan biror matndagi ko’p uchraydigan harflarni, masalan, “o” yoki “e” harflarni tez va aniq belgilab chiqish tavsiya etiladi. Testning muvaffaqiyatli bajarilishi, bajarilish vaqti, xatolar soni va belgilanmay qoldirilgan xatolar soni bilan baxolanadi. Bu ko’rsatkichlar qanchalik kam bo’lsa, test shunchalik yaxshi bajarilgan bo’ladi. Bunda bolani rag’batlantirish va uni qiziqtirishlarni oshirishga erishish kerak.
Diqqatni ko’chuvchanligi va taqsimlanishi mashq qildirish uchun vazifani o’zgartirish kerak. Bunda, bitta harfni vertikal chiziq bilan boshqasini gorizantal chiziq bilan uchirish yoki o’qituvchining ishorasi bilan shu harflarni o’chirishda o’rnini almashtirish mumkin. Masalan, bir hafrni o’chirish, ikkinchi harfni tagiga chizish, uchinchi harfni doira ichiga olish va x.k. Bunday mashqlarning maqsadi odatiy harakatlarni avtomatizm darajasiga yetkazish, aniq bo’ysundirilgan, aniq maqsadni aniqlash. Mashqlar davomiyligi bolaning yoshiga qarab belgilanadi. (maktabgacha yosh –15 min; kichik maktab yoshi uchun 30 minutgacha).
“Diqqatni jamlash”.
Atrofdagi narsa buyumlarda tana orgonlarida yoki fikrlarda o’tkzilishi mumkin. Diqqatni jamlash mashqlarning har bir minutdan yarim soatgacha vaqt ajratiladi. Vaqt belgilanib, kerakli holat tanlanadi va muskullari bo’shashtiriladi. So’ng diqqatni jamlash ob’ekti tanlanadi. Agar mashq davomida diqqat boshqa narsalarga chalg’iy boshlasa, asabiylashmasdan, tushkunlikka tushmasdan, diqqatni yana kerakli ob’ektga qaratiladi. Mashq uchun belgilangan vaqt davomida kishi diqqatining chalg’ishi uch martadan oshmasligi muhim xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |