Shakllangan va yarimshakllangan axlatdan nam preparat
tayyorlash va mikroskopik tekshirish. A. Zaruriy material va jihozlar:
yangi axlat namunasi, shishaga yozadigan qalam yoki mumqalam,
applikator tayoqchalari (yoki gugurt donalari), buyum oynalari,
qoplagich oynalar, 0,85% li fiziologik eritma, 2% li yod, noksimon
piрetkalar (fiziologik eritma va yod uchun flakon-piрetkalar
bo‘lmasa).
B. Т a y y o r l a s h t e x n i k a s i :
1. Axlat namunasi va buyum oynasini tartib raqami bilan
belgilanadi.
2. Buyum oynasining o‘ng yarmiga bir tomchi yangi fiziologik
eritma va chap yarmiga bir tomchi yod tomiziladi. Тomizgich yoki
flakonlarni ifloslantirmaslik uchun bu ishni buyum oynasiga axlat
tushirmasdan oldin qilinadi.
75
3. Тaxmin qilinayotgan parazitlar bir tekis taqsimlanishi uchun
axlatni applikator bilan aralashtiriladi.
4. Namunaning kichik bir qismini (taxminan gugurt bosh-
chasidek keladigan qismini) olish uchun applikatordan foyda-
laniladi.
5. Namunani oldin fiziologik eritma bilan aralashtiriladi.
6. O‘sha namunadan yana bir kichik qismini olib, uni yod bilan
aralashtiriladi.
7. Yupqa va tekis preparat tayyorlab, har birining ustiga qoplagich
oyna yopiladi. Qoplagich oynani burchagidan ushlab, tomchining
bir chetiga tekkiziladi. Uni buyum oynasi ustiga havo pufakchalari
hosil bo‘lmaydigan qilib, ohista tushiriladi.
8. Preparat qurib qolmasdan, uni darhol tekshiriladi.
Yodda tutish kerak! Surtma zichligi mikroskopik ko‘rish uchun
to‘g‘ri keladigan darajada bo‘lishi lozim. Surtmaning yupqaligi
shuncha bo‘lishi zarurki, toki bosma matnni surtma orqali o‘qish
mumkin bo‘lsin. Surtmaning haddan tashqari qalin yoki haddan
tashqari yupqa bo‘lishi tashxisni aniq va ishonchli qilib belgilashni
qiyinlashtiradi.
A. Zaruriy jihozlar: nam preparatli buyum oynasi, 10x va 40x
obyektiv va 10x okularli mikroskop.
B. Т e k s h i r i s h u s u l i :
1. Nam preparatlar qurib qolmasdan oldin ularni darhol
tekshiriladi.
2. Ortiqcha yorug‘lik bo‘lmasligi va kontrastlikni ta’minlash
uchun kondensorni yetarlicha berkitib qo‘yiladi va 10x obyektivdan
foydalanib, fiziologik eritmali preparatni ko‘rib chiqiladi.
3. Buyum oynasini oldinga va orqaga yoki yuqoriga-pastga
yurgizib, preparatni muntazam tekshiriladi.
4. Gijja tuxumlari, lichinkalari va sistalarni topiladi (bobning
oxiridagi parazitlar identifikatsiyasiga qaralsin).
5. Rangsiz parazitlarni identifikatsiyalash (turini aniqlash)
uchun kondensorni yanada ko‘p kontrast bo‘ladigan qilib
to‘g‘rilanadi va 40x obyektivdan foydalanib preparatni tekshiriladi.
6. «Parazitlar topilmadi», deb xulosa chiqarishdan avval, albatta
bir nechta ko‘ruv maydonini 40x obyektivda tekshirib ko‘riladi.
7. Yodli preparatni ko‘rib chiqiladi va sistalarni ularning
o‘lchamlari, shakli, yadrolari va kiritmalarining soniga qarab
aniqlanadi.
76
8. Fiziologik eritmadagi preparatda topilgan barcha parazitlarni
qayd qilib, sonini sanab ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |