Klinik laboraтoriya тekshirish usullari



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

Yodda tutish kerak! Axlatda parazitsiz tuzilmalarning bo‘lishi,
ularni parazit deb hisoblamaslik uchun tekshirishni aniq qilib olib
borishni talab etadi. Sabzavot va muskul tolalari, o‘simlik
kletchatkasi, kraxmal hujayralari, yog‘ zarralari, achitqilar, spo-
ralar, sovun moddalari, tuklar, yog‘ kislotalari kristallari va havo
pufakchalari ana shunday tuzilmalarni hosil qiladi.
D. Normal natijalar. Parazitlar topilmadi.
E. Patologiyasi. Parazitlar topildi. Sodda jonivorlarning ba’zilari
patogen, ba’zilari esa patogen bo‘lmaydi, lekin ularning hammasini
qayd qilish zarur. Тopilgan gelmintlarning hammasi patogen bo‘ladi.
4.6. Parazitlar identifikatsiyasi va ularning tarqalishi
4.6.1. Protozoa
Protozoalarning ba’zilari patogen, ba’zilari esa patogen
bo‘lmaydi, shu munosabat bilan to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun
ularni sinchiklab identifikatsiyalash (turini aniqlash) zarur va
muhim. Тrofozoitlarni (sodda jonivorlarning harakatchan vegetativ
bosqichi), odatda, suvsimon yoki shakllanmagan va shakllangan
axlatda topsa bo‘ladi. Identifikatsiyalash trofozoitlarning morfo-
logiyasi (juda yangi axlatda bular harakatchan bo‘ladi) bilan
sistalarning morfologiyasiga, jumladan, katta-kichikligi, shakli,
yadro va kiritmalarining soniga asoslanadi (yodli preparatda).
A. 
Amyobalar. Entamoeba histolytica.
E. histolytica jahonda keng tarqalgan. Fekal-oral yo‘l bilan yuqadi,
bunda invaziv sistalar ovqat, suv bilan yoki axlat tegib ifloslangan
qo‘llar orqali hazm yo‘liga tushadi. E. histolytica dizenteriya va jigar
amyoba abssessiga sabab bo‘ladi.
E. histolytica trofozoiti:
— kattaligi 25–20 

m atrofida;
— yangi preparatda bir tomonga qarab harakatlanadi;
— bir yadroli, markaziy kariosomasi bor (hamisha ham
ko‘rinavermaydi);
— ichida yutib olgan eritrotsitlar bo‘ladi (diagnostik belgisi).
E. histolytica sistasi:
— dumaloq, kattaligi 10–15 

m;


77
— 1 – 4 ta yadrosi bor, bularning har birida markaziy
kariosomasi bo‘ladi (qora nuqta).
Patogen va patogen bo‘lmagan turlar sistalarini bir-biridan
farqlash (differensiatsiyalash):
Turlari
Kattaligi
Yadrosi
Periferik
xromatini
Glikogenli
vakuoli
E. histolytica
10 – 15 

1, 2 yoki 4 ta
bor
bor
E. Hartmani
< 10 

m
1, 2 yoki 4 ta
bor
bor
E. coli
15 – 30 

m
2 – 8 ta
yo‘q
bor
E. buetschlii
9 – 15 

m
1 ta
(ekssentrik)
yo‘q
yo‘q
E. nana
7 – 9 

m
4 ta
yo‘q
yo‘q
B.
 Xivchinlilar. Giardia lamblia.
G. lamblia jahonda keng tarqalgan. Fekal-oral yo‘l bilan yuqadi.
Giardia lamblia trofozoiti:
— noksimon shaklda, kichkina, 12 – 15x 5 – 9 

m;
— tez harakatlanadi, aylanadi va buraladi;
— qornida kattagina so‘ruvchi botiq diski bor;
— tuxumsimon ikkita katta yadrosi bor;
— to‘rt juft xivchini bor;
— uchlari o‘tkirlashgan, xivchinlarga o‘xshaydigan ikkita
tayanch iрi (aksostillari) bor;
— bitta yoki ikkita bukik o‘rta tanasi bor (funksiyasi noma’lum).
Giardia lamblia sistasi:
— kichkina tuxumsimon shaklda, 8–12 

m;
— bir uchida to‘rtta yadrosi bor (bularni ba’zan ko‘rish qiyin
bo‘ladi);
— aksostillari, o‘rta tolalari va xivchin qoldiqlari bor.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish