79
— tuxumsimon shaklda, 20–33 x 10–19
m;
— odatda, granular zigotasi bo‘ladi;
— ba’zan voyaga yetgan oosistalar ko‘rinadi (bularda
ikkita
sporosista bo‘ladi).
4.6.2. Gelmintlar
Gelmintlar (gijjalar) hamisha patogen bo‘ladi va odamga gijja
yuqqanligi (gelmint invaziyasi) axlatda chuvalchanglarning
tuxumlari, lichinkalari yoki segmentlari (proglotidalar) topilishiga
qarab aniqlanadi. Тuxumlarining identifikatsiyasi ularning shakli,
rangi, morfologik belgilari va rivojlanish bosqichlariga asoslanadi.
Тibbiy ahamiyatga ega bo‘lgan gelmintlar Sestodalar, Nematodalar
va Тrematodalardir.
Sestodalar (tasmasimon chuvalchanglar)
1 a.
Taenia turlari:
Taenia saginata
Taenia saginata (ho‘kizda bo‘ladigan tasmasimon chuvalchang
yoki ho‘kiz solityori) jahonda, xususan, mol go‘shti iste’mol
qilinadigan mamlakatlarda tarqalgan. Gijja lichinkalari xom yoki
chala pishgan go‘sht orqali yuqadi.
T. saginataning urug‘langan segmenti:
– oq va tiniqmas, yangi namunada 20x6 mm;
– markaziy tana bor, uning har tomonida >13 asosiy shoxlari
bo‘ladi.
1 b.
Taenia turlari:
Taenia solium
Taenia solium (cho‘chqada bo‘ladigan tasmasimon chuvalchang
yoki cho‘chqa solityori) jahonda tarqalgan. Invaziv lichinkalari bor
xom yoki chala pishgan (chala qovurilgan) cho‘chqa go‘shti iste’mol
qilinganda yuqadi.
T. saginata tuxumlari
T. solium tuxumlaridan farq qilmaydi.
T. saginata va
T. solium tuxumlari muntazam ravishda tashqariga
chiqib turmaydi, shu munosabat bilan ularni topish uchun formal-
efir bilan konsentrlash usulidan foydalanish zarur. Bu usul kichikroq
laboratoriyalar
uchun tavsiya etilmaydi, chunki axlatda
Taenia
segmentlarini topish orqali tashxisni aniqlab olish nisbatan oson.
T. soliumning urug‘langan segmenti:
— kulrang-zangori tusda, yarimtiniq, 13
8 mm;
— markaziy tana bor, uning har tomonida >13 tacha asosiy
shoxlari bo‘ladi.
80
T. saginata va
T. solium tuxumlari:
— dumaloq va tuxumsimon shaklda, diametri 33–40
m;
— po‘sti jigarrang, qalin, radial yo‘l-yo‘l chiziqlari bor;
— murtagi
och jigarrang;
— murtagida ilmoqlari bor (3 juft);
— ba’zan tuxum atrofida tiniq membranasi bo‘ladi (lekin
ko‘pincha u yo‘qolib ketadi).
2.
Diрhyllobothrium latum
Diрhyllobothrium latum (baliqlarda bo‘ladigan tasmasimon
chuvalchang yoki serbar gijja) subarktika mintaqasi, mo‘tadil va
tropik mintaqalardagi suv havzali joylarda tarqalgan.
D. latum gijja
lichinkalari bor xom yoki chala pishirilgan (chala qovurilgan) baliq
iste’mol qilinganida odamga yuqadi.
Bu gijja ko‘p tuxum qo‘yadi, bularni axlatdan topsa bo‘ladi.
D. latum tuxumi:
— tuxumsimon shaklda sariq-jigarrang, 70
45
m;
— murtagi atrofida sariqlik hujayralarining granular massasi
bor;
— bir uchida qopqoqchasi (operkulumi) bo‘ladi, buni ko‘rish
ko‘pincha qiyin;
— qopqoqchasining qarshisidagi qutbida ba’zan
kichik
ko‘tarmasi ko‘rinadi.
3.
Hymenolepis nana
Hymenolepis nana (tasmasimon pakana chuvalchang yoki pakana
gijja) issiq iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan. Ovqat yoki suvga
tushib qolgan invaziv tuxumlari yoki axlat bilan ifloslangan qo‘llar
orqali yuqadi. Bolalar kattalardan ko‘ra ko‘proq kasallanadi.
H. nana tuxumi:
— tuxumsimon yoki dumaloq shaklda,
rangsiz yoki och
kulrang, 30—45
m;
— murtagi bor;
— murtagida ilmoqlari bo‘ladi (3 juft);
— har qaysi uchida odatda iрsimon tuzilmalari (qutbiy tolalari)
ko‘rinib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: