Klinik laboraтoriya тekshirish usullari



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

Gemolitik anemiya deb eritrotsitlarning yorilib ketishi natijasida
yuzaga keladigan anemiyalarga aytiladi. Bular 2 guruhga bo‘linadi:
1. Eritrotsitlar membranasi yemiriladi.
2. Eritrotsit ichidagi gemoglobin yemiriladi.
Eritrotsitopatiyalar nasldan naslga o‘tuvchi kamqonlikdir.
Bunday odamlarda eritrotsitlar shar shaklida bo‘lib, 120 kun o‘rniga
12—20 kun yashaydi. Natijada bilirubin ko‘p ajraladi va shilliq
qavatlari va teri sarg‘ayadi. Gemolitik anemiya uch belgi bilan
ajraladi: sarg‘ayish, splenomegaliya anemiyasi, qonda retikulotsitoz.
5.2.2. Leykoz
Leykoz yoki oqqon kasalligi deb, odam iligining ayrim
ildizlaridan o‘sib chiqadigan o‘smalarga aytiladi. Kasallikning nomi
ilk bor o‘smali ilikning leykotsitlar ildizidan, ya’ni oqqon ishlab
chiqaruvchi ildizidan topilishi bilan bog‘liq. Leykozoologiya fani


94
rivojlangan sari bu o‘sma faqatgina leykotsitlar ildizida emas,
ilikning eritrotsitlar ishlab chiqaradigan ildizida hamda trombotsitlar
ishlab chiqaradigan ildizida ham paydo bo‘lishi mumkinligi
aniqlangan. Leykoz kasalligi O‘zbekistonda ham tez-tez uchrab
turadigan kasallik bo‘lib, yosh bolalarda ham bo‘lishi mumkin.
Kasallik shahar aholisi orasida ko‘proq uchraydi, bu kasallikning
tabiati aniqlanmagan.
Kasallik kelib chiqishining sabablari aniq bo‘lmasa-da, kelib
chiqishi haqida ayrim ilmiy nazariyalar mavjud.
1. Virus nazariyasi asosida leykozit bilan kasallangan hayvonning
go‘shtini iste’mol qilish yotadi. Lekin hozir leykozga duchor bo‘lgan
bemorlardan virus ajratib olinadi, shu sababli virus nazariyasi hammaga
manzur emas. Gematolog olim, professor N.S.Najmiddinov ish
tajribalariga ko‘ra, leykoz qon orqali yuqishi mumkin.
Bu tahlil asosida bir necha hayotiy kuzatuvlar yotadi. Masalan:
mashhur leykozoolog o‘tkir leykozdan vafot etgan. Bu odam o‘limi
oldidan, «attang, leykoz yuqar ekan», degan. Bu kishi ko‘p yillar
davomida leykoz bilan kasallangan bemorlarning qoniga belansa
ham, qo‘llarini yaxshilab yuvib tashlamas edi. Xuddi shunday fojiali
hodisa mashhur gematolog «Т» da ham bo‘lgan. U kishi ham bemor
qoniga belangan qo‘llarini yaxshilab yuvmasdan, ko‘p yillar
davomida kasallarni davolagan. Soppa-sog‘ yurib, birdaniga vafot
etganidan so‘ng, u kishining miyasidan o‘sma topilgan.
2. Nur nazariyasiga ko‘ra, ionlashtiruvchi nurlarning ta’siri ostida
xromosoma o‘zgarishlari ro‘y berishi mumkin. Haqiqatan ham
nurlanish bilan leykoz xastaligining o‘rtasida aloqadorlik mavjud.
Lekin bu nazariyalar ham o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q. Amaliy
jihatdan leykoz kasalligi qon o‘smasi sifatida barcha qon
hujayralaridan chiqishi mumkin. Leykoz kasalligi o‘tkir yoki
surunkali kechishi mumkin.
O‘tkir leykozlarning quyidagi turlari bo‘ladi:
1. Gemotsitoblast leykoz.
2. Miyeloblast leykoz.
3. Monoblast leykoz.
4. Limfoblast leykoz.
Surunkali leykozlarning esa quyidagi turlari mavjud:
1. Surunkali miyeloleykoz
2. Surunkali limfoleykoz.


95
O‘tkir leykoz klinikasi. O‘tkir leykoz boshlang‘ich davrida
shifokorlarni chalg‘itadi.
Leykoz kasalligi deyarli hamma bemorlarda angina, ya’ni
tomoqning va undagi limfatik bezlarning yallig‘lanishidan boshlanadi.
Lekin leykoz anginasi boshqa anginadan farq qilib, bemorning tez
og‘irlashib qolishi bilan ajralib turadi. O‘tkir leykoz burun qonashi
bilan, ayollarda hayz paytida kutmagandan ko‘p qon kelishidan
boshlanishi ham mumkin. O‘tkir leykoz anemiya, pnevmoniya,
o‘tkir radikulitda ham boshlanishi mumkin. Surunkali miyelo-
leykozning kelib chiqishida genetik, ya’ni xromosomadagi gen-
larning o‘zgarishi aniqroq ko‘rsatilmagan. Keyinchalik bemorlarda
surunkali miyeloleykoz tasodifan qon tahlilini tekshirish vaqtida
ma’lum bo‘lib qoladi.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish