Burchoqdoshlar oilasi Reja: - Burchoqdoshlar oilasi haqida Fabaceae(Leguminoceae)
- Shu oilaga mansub o’simliklar
Burchoqdoshlar oilasiga Yer sharining deyarli barcha qismida tarqalgan 12 000 ga yaqin o‘simlik turlari kiradi. Bu oila vakillarining ko‘pchiligi bir, ikki va ko‘p yillik o‘tlardan iborat. Burchoqdoshlar orasida qisman yarim buta, buta va daraxtlar uchraydi. Oila vakillarining ildizi - o‘q ildiz tizimli. Ildizida tugunak bakteriyalar hamkorlikda hayot kechiradi. Ular shu o‘simliklar ildizida yashab, havodagi erkin azotni o‘zlashtiradi. Tugunak bakteriyalar tuproqni azotli birik-malarga boyitib, tuproq hosildorligini oshiradi. - Burchoqdoshlar oilasiga Yer sharining deyarli barcha qismida tarqalgan 12 000 ga yaqin o‘simlik turlari kiradi. Bu oila vakillarining ko‘pchiligi bir, ikki va ko‘p yillik o‘tlardan iborat. Burchoqdoshlar orasida qisman yarim buta, buta va daraxtlar uchraydi. Oila vakillarining ildizi - o‘q ildiz tizimli. Ildizida tugunak bakteriyalar hamkorlikda hayot kechiradi. Ular shu o‘simliklar ildizida yashab, havodagi erkin azotni o‘zlashtiradi. Tugunak bakteriyalar tuproqni azotli birik-malarga boyitib, tuproq hosildorligini oshiradi.
Poyalari tik o‘suvchi, ilashuvchi, o‘raluvchi yoki yotib o‘suvchi bo‘ladi. Barglari, ko‘pincha, murakkab, ba’zan oddiy, hamisha yonbargchali, poyada ketma-ket o‘mashgan. Gullari qiyshiq, ikki jinsli, shingil, bosh (kallak)cha xilidagi to‘pgulga joylashgan. Gulkosachasi yarmigacha qo‘shilgan 5 ta gulkosachabargdan tashkil topgan. Gultoji kapalak shaklida bo‘lib, 5 ta gultojbargdan hosil bo‘lgan. Ulardan ustidagi yirikrog‘I «yelkancha» yoki «bayroqcha» deb ataladi; ikki yonida joylashgani «qanotcha» yoki «eshkakcha» deyiladi. Bir-biri bilan qo‘shilgan bir juft ostki gultojbarg esa «qayiqcha» deyiladi. - Poyalari tik o‘suvchi, ilashuvchi, o‘raluvchi yoki yotib o‘suvchi bo‘ladi. Barglari, ko‘pincha, murakkab, ba’zan oddiy, hamisha yonbargchali, poyada ketma-ket o‘mashgan. Gullari qiyshiq, ikki jinsli, shingil, bosh (kallak)cha xilidagi to‘pgulga joylashgan. Gulkosachasi yarmigacha qo‘shilgan 5 ta gulkosachabargdan tashkil topgan. Gultoji kapalak shaklida bo‘lib, 5 ta gultojbargdan hosil bo‘lgan. Ulardan ustidagi yirikrog‘I «yelkancha» yoki «bayroqcha» deb ataladi; ikki yonida joylashgani «qanotcha» yoki «eshkakcha» deyiladi. Bir-biri bilan qo‘shilgan bir juft ostki gultojbarg esa «qayiqcha» deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |