Klinik laboraтoriya тekshirish usullari



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

Giрoaplastik anemiya. O‘tkir va surunkali giрoaplastik anemiya
deb, sababi noma’lum xastalikka, ya’ni ilikdagi qizil qon, oq qon
va megakariotsit-trombotsitlarni ishlab chiqaruvchi qon ildizlarining
qurib qolishiga aytiladi. Sabablari noma’lum, lekin ba’zi nazariyalar
bor:
1. Nasldan naslga o‘tish nazariyasi.
2. Virus nazariyasi.
3. Pestitsidlar nazariyasi.
4. 
 Qorataloq nazariyasi.
5. Immunologik nazariyasi.
6. Nur ta’siroti nazariyasi.
O‘tkir giрoaplastik anemiya sog‘lom odamda to‘satdan namoyon
bo‘ladi. Xastalik ilikdagi eritropoez, leykopoez va megakariotsit
hujayralarining halok bo‘lishidan boshlanadi. Qon tekshirilganda
gemoglobin, eritrotsit, leykotsit, trombotsit va retikulotsitlar
kamayib ketganligi ko‘riladi. Bu — pansitonekiya deyilib, ilikni
yog‘ bosib ketadi. Bu aplastik anemiyadir. Davolash mumkin bo‘lgani
uchun giрoaplastik anemiya deyiladi. Surunkali giрoaplastik anemiya
asta-sekin rivojlanadi. Ilikdagi eritroblast, pronormoblast, bazofil
polixromofil va ortoxromoblastlar, retikulotsitlar kamayib ketishi
natijasida eng muhim hayotiy jarayonlar buziladi.
Bemor holsizlanadi, darmonsizlikdan shikoyat qiladi. Rangi
oq, lablari rangsizlanib, kesak rangiga kiradi. Тili rangsizlashadi,
oyoq-qo‘llarining terisi och sariq rangga kiradi. Havo yetishmaydi,
bemor hansiraydi. Nafas, puls tezlashadi. Ayrim bemorlarda jigar,
taloq kattalashadi. Тashxis gemogramma va mislogramma asosida
qo‘yiladi (eritrotsitlar soni kamayadi, leykopeniya, trombo-
tsitopeniya, retikulotsitopeniya).
Penitsioz anemiya (B
12
defitsiti) 1855-yili Addison, 1868-yili
Birmer tomonidan kashf etilib, xavfli, o‘limga olib boruvchi anemiya
hisoblangan.
Sabablari: tashqi — B
12
vitamini, ichki — gastromukoprotsin
yetishmasligi.


93
B
12
vitamini odam ichaklarida mikroorganizmlar tomonidan
ishlab chiqariladi. Bu yetarli emas, shuning uchun odam B
12
vitaminini tashqi muhitdan olishi shart. Yetarli kirmasa, organizmda
qon ishlab chiqarish buziladi. Organizmga foli kislota ham zarur.
Gastromukoprotsin (ichki omil oshqozon antral qismida
joylashgan katta hujayralar tomonidan ishlab chiqariladi) ning
patogenezi uch xil:
1. Oziq-ovqat bilan B
12
vitaminining yetarli tushmasligi.
2. Тashqi va ichki omillar normal holda, lekin bemordagi gijja
kasalliklari, homiladorlik, qattiq ichketar tufayli gemopoetik ish
omilining buzilishi.
3. B
12
ning bemor organizmi tomonidan o‘zlashtirilmasligi. Bu
surunkali antral gastrit, me’da o‘smasi yoki sifilitik gummasi bor
bemorlarda uchraydi.
Bunday bemorlarda normoblastik qon jarayoni megaloblastik
qon ishlab chiqarish jarayoniga aylanadi. Megalotsitlarning umri
eritrotsitlardan 30 kun kam.
Klinikasi:  tinka qurishi, darmonsizlik, tillarning achib borishi,
terida chumoli o‘rmalayotganday bo‘lishi.
Bemorning tili yallig‘lanib, qiр-qizil bo‘lib qoladi. Jigar, talog‘i
kattalashadi. Ularda rang ko‘rsatgichi me’yordan yuqori (makrotsit,
megalotsitlar hisobiga).
Тashxis giрerxrom anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya
va makrotsitlar borligi asosida qo‘yiladi.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish