Klinik laboraтoriya тekshirish usullari


D. Eritrotsitlarni sanash



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

D. Eritrotsitlarni sanash. Eritrotsitlar o‘pkadan to‘qimalarga
kislorodni va to‘qimalardan o‘pkaga karbonat angidrid gazini yetkazib
beradi. Bular kattaligi 7–8 mikron keladigan, yuzasi tekis
bo‘ladigan dumaloq shaklli mayda tanachalardir. Ular botiq disk
shaklida bo‘lishi mumkin, yadrosi va donalari bo‘lmaydi.
Eritrotsitlarni sanash sifat ko‘rsatgichlariga aloqador umumiy
ma’lumotni beradi va anemiyaga shubha tug‘ilganida tekshirib ko‘rish
uchun shu usuldan foydalanish mumkin.
Eritrotsitlar mikroskop bilan sanoq kamerasida avtomat yoki
yarimavtomat elektron hisoblagichlar yordamida sanaladi.
Eritrotsitlarni sanoq kamerasida sanash usuli katta aniqlikka ega
emas. Bu usul, odatda, tavsiya etilmaydi. Hozirgi zamonaviy
laboratoriyalar ekspress avtoanalizatorlar bilan jihozlanmoqda.
Eritrotsitlarning soni oddiy sanoq kamerasi yordamida aniqlanadigan
bo‘lsa, uchrashi mumkin bo‘lgan xatolarni eng kam darajaga
keltirish uchun Noybauyer kamerasi yoki yaxshilangan Noy-
bauyer kamerasining bitta katta kvadrati (1 mm
2
) dagi eritrotsit-
larning hammasini sanab chiqish lozim. Ko‘pgina laboratoriyalar
amalda Goryayev kamerasidan foydalanadi va to‘rining diagonali
bo‘ylab joylashgan 5 ta katta kvadratlardagi (5

16=80 kichik
kvadratlardagi) eritrotsitlar sanab chiqiladi.
E. Eritrotsitlarning cho‘kish tezligi (ECHТ). ECHТ o‘tkir va
surunkali kasalliklarni aniqlab olish va davolash sifatiga baho berish
uchun qo‘llaniladigan spetsifik usul emas. Hozirgi kunda bu usul
keng qo‘llanilmaydi. Ko‘pgina mamlakatlarda undan voz kechilgan.
Chunki turli fiziologik omillar (odamning yoshi, ayollar homi-
ladorligi, hayz siklining bosqichi) ta’sirida va anemiyada noto‘g‘ri


100
natijalar olish mumkin. Shuningdek, ECHТni aniqlashning
ko‘pgina mamlakatlarda qo‘llaniladigan standart usuli qon to‘kilib
ketishi yoki aerozitlar hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgani uchun
biologik jihatdan katta xavf tug‘diradi. Gematologiyada stan-
dartlashtirish xalqaro qo‘mitasi va JSSТ ECHТni tekshirish uchun
bir marta ishlatiladigan yopiq sistemalardan foydalanishni tavsiya
etadi, ana shunday sistemalardan foydalanilganida tekshirilayotgan
qon va butun sistema tahlilni o‘tkazish davomida va namunalarni
yo‘qotish vaqtida yopiq turgan holda qolaveradi. Hozirgi vaqtda ushbu
tashkilotlarning tavsiyalariga mos keladigan ana shunday sistemalarni
ishlab chiqarish rag‘batlantiriladi.
Ko‘pgina mamlakatlarda Vestergren usuliga asoslangan standart
usuldan foydalaniladi. Bu usulga ko‘ra antikoagulantli probirkaga
venoz qon olinib, yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma darajalarga
bo‘lingan, tik qilib o‘rnatiladigan kapillarga tortib olinadi va
eritrotsitlar ochiq kapillarda bir soat davomida cho‘kib tushadi.
Plazma meniskining pastki cheti bilan cho‘kib tushgan eritrotsitlar
ustunchasining ustki chetigacha bo‘lgan masofa o‘lchanadi va shu
miqdor ECHТ ko‘rsatgichi bo‘lib hisoblanadi.
Gematologiyada standartlashtirish xalqaro qo‘mitasi ECHТni
tekshirishda venoz qondan foydalanishni va tekshirishni uzunligi
kamida 200 mm hamda diametri kamida 2,55 mm bo‘lgan kapillarlarda
o‘tkazishni tavsiya etadi. MDH mamlakatlari laboratoriyalarida
kapillar qon va 100 mm uzunlikdagi kapillarlardan foydalaniladi,
lekin, imkon boricha, bu usul xalqaro standartlarga muvofiq
ravishda qaytadan ko‘rib chiqilishi kerak.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish