N. americanus nematodalarining tuxumi:
— tuxumsimon shaklda, rangsiz, 40 – 65
m;
— qora chiziq ko‘rinishida bo‘ladigan yupqa po‘sti bor;
— segmentlangandek (4 – 8 hujayraga bo‘lingandek) bo‘lib
ko‘rinadigan tuxumi bo‘ladi.
Namuna 12 soatdan ko‘ra uzoqroq saqlangan bo‘lsa, tuxumdagi
lichinkasini ko‘rish mumkin. Axlat 24 soatdan ortiq saqlangan
bo‘lsa, lichinka tuxumdan chiqib qolishi mumkin, bunda uni
Strongyloides lichinkasidan farqlash zarur bo‘ladi.
S. Strongyloides stercolaris
Strongyloides stercolaris (iрsimon mayda chuvalchang yoki ichak
qurti) jahonda keng tarqalgan. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikaning
ko‘pgina tropik va subtropik mamlakatlarida endemik bo‘lib
83
hisoblanadi. Lichinkasi teriga kirib qolganida yoki rivojlanishining
birinchi bosqichida organizmga tushganida odamda bu gijja
invaziyasi boshlanadi. Axlatda lichinkalari va ahyon-ahyonda
tuxumlari topiladi.
Rivojlanishning birinchi bosqichidagi S. Stercolaris lichinkasi:
— harakatchan;
— o‘lchamlari katta, 200 — 250
16
m, himoyalangan;
— rivojlanishining birinchi bosqichiga xos bo‘lgan kolbasimon
kattagina qizilo‘ngachi bor;
— konussimon dumi bor;
— og‘iz bo‘shlig‘i nematodadagiga qaraganda kaltaroq bo‘ladi.
5. Тrematodalar (qurtlar):
1. Clonorhis (Opisthorchis) sinensis
Clonorhis sinensis (sharqiy jigar qurti) Xitoy (shimoli-g‘arbidan
tashqari), Janubiy Koreya, Yaponiya, Shimoliy Vyetnam va Rossiya
Federatsiyasining Uzoq Sharqida endemikdir. Xom yoki chala
pishgan (chala qovurilgan), dudlangan yoki ziravorlangan baliq va
metatserkariylari bo‘lgan baliq mahsulotlaridan yuqadi. Odatda,
eozinofil bo‘ladi (eozin bilan bo‘yaladi). Тuxumlari juda mayda,
shu munosabat bilan bu gijja invaziyasiga gumon tug‘ilganida
materialni formal-efir usuli bo‘yicha konsentrlash tavsiya etiladi,
chunki to‘g‘ridan to‘g‘ri tayyorlangan nam preparatda tuxumlarini
topib bo‘lmaydi. Bunday hollarda bemorlarni konsentrlash usuli
bilan tekshirish o‘tkazsa bo‘ladigan katta laboratoriyalarga yuborish
zarur bo‘lib qolishi mumkin.
C. sinensis tuxumi:
— mayda, sarg‘ish-jigarrang, 27 – 32
15 – 18
m;
—oson bilinib turadigan shaklda (lampochka ko‘rinishida)
bo‘ladi;
— yupqa silliq po‘sti bor;
— toraygan uchida qopqoqchasi (operkulumi) aniq ko‘rinib
turadi;
— kiрrikli miratsidiyalari bo‘ladi (bularni ko‘rish qiyin);
— qopqog‘iga qarama-qarshi qutbida ba’zan kichikroq
do‘mboqchasi ko‘rinadi;
— po‘stining tashqi qoplami aniq bilinmaydi, ko‘pincha 40x
obyektiv bilan ko‘rish mumkin bo‘ladi.
2. Opisthorchis felineus
Opisthorchis felineus itlar, mushuklar va baliq bilan ovqat-
lanadigan boshqa hayvonlar parazitidir. Invaziyali baliq iste’mol
84
qilinganida bu gijja odamga ham yuqadi. Yevropa, Polsha, Ukraina,
Rossiya Federatsiyasi, Osiyo, Hindiston, Yaponiya, Qozog‘istonda
tarqalgan. Parazitlarning hayot sikli va odamda bo‘ladigan kasallikning
klinik belgilari C. sinensisdagiga o‘xshash. Тuxumlari juda mayda
(26 – 32
11 – 15
m), C. sinensis tuxumlariga o‘xshaydi-yu, lekin
kambarroq bo‘ladi.
3. Opisthorchis viverini
Opisthorchis viverini Janubi-sharqiy Osiyo, ayniqsa, Тailandda
endemikdir. Metatserkariylari bo‘lgan xom yoki chala pishgan (chala
qovurilgan), dudlangan yoki ziravorlangan baliq iste’mol qilinganida
yuqadi. Odatda, eozinofiliya kuzatiladi. Тuxumlari juda mayda
(19 – 29
12 – 17
m) va C. sinensis tuxumlariga o‘xshash bo‘ladi.
4. Shistozomalar: S. japonicum, S. Mansoni, S. intercalatum,
S. mekongi. S. Mansoni va S. japonicum keng tarqalgan turlardir.
S. intercalatum, S. mekongi va ularga qardosh turlar, shuningdek,
S. Malayensis kamroq tarqalgan. S. haematobium keng tarqalgan
bo‘lib, siydik yo‘llari shizostomiazini qo‘zg‘atadi.
S. Mansoni 52 mamlakatda endemik bo‘lib hisoblanadi. Afrika,
Madagaskarda, O‘rta Sharq, Janubiy Amerikaning ba’zi qismlarida
va Vest-Indiya orollarida keng tarqalgan. S. japonicum Xitoy, Filiрpin
va G‘arbiy Indoneziyada ko‘p tarqalgan. S. mekongi Laosda, Mekong
daryosi havzasi va Kambodjada topilgan. S. malayensis faqat Malayziya
yarimorolida aniqlangan. S. intercalatum Afrikaning g‘arbiy markaziy
qismlarida topilgan.
Shistozoma turlari cho‘milish, yuvinish, baliq ovlashda, qishloq
xo‘jaligi ishlari yoki axlat bilan ifloslangan va parazitning xo‘jasi
bo‘lmish shilliqqurt tushib qolgan suv bilan aloqador boshqa faoliyat
paytida serkariylarning teri orqali kirib qolishi natijasida yuqadi.
S. japonicum tuxumi:
— yirik, tuxumsimon yoki dumaloq shaklda, rangsiz yoki
sarg‘ish-jigarrang, 90
65
m;
— ba’zan hujayra devoridan ilmoqsimon kichkina o‘simtasi
chiqib turadi;
— kiрrikchalar bilan o‘ralgan serbar embrioni bor.
S. mekongi tuxumi:
— S. japonicum tuxumiga o‘xshash, lekin maydaroq va
dumaloqroq, 56 – 66
m;
— g‘urrasimon kichkina ko‘tarmasi bor.
S. intercalatum tuxumi:
85
— yirik, cho‘ziq, sarg‘ish-jigarrang, 180
60
m;
— bir uchida o‘ziga xos (terminal) ko‘tarmasi bo‘ladi,
ko‘tarmasi qayrilgan bo‘lishi mumkin;
— rivojlangan miratsiydiysi bor.
S. Mansoni tuxumi:
— yirik, ovalsimon, sarg‘ish-jigarrang, 150
60
m;
— yon tomonida o‘ziga xos (lateral) ko‘tarmasi bo‘ladi;
— rivojlangan miratsiydiysi bor.
5. Fasciola turlari: F. hepatica, F. gigantica.
F. hepatica va F. gigantica qo‘y va sigirlar uchun patogendir,
lekin ba’zan odamga ham yuqishi mumkin. F. hepatica turi Yaqin
Sharq, Janubiy Amerika, Yevropa va Avstraliyada topilgan. F. gigantica
turi Afrikada, Тinch okean mintaqasining g‘arbiy qismi va Gavayi
orollarida topilgan. Hayvonlarning tezagi bilan ifloslangan suvda
o‘sgan suv o‘simliklarida hosil bo‘ladigan sistalarda yetiluvchi
metatserkariylar orqali yuqadi.
F. hepatica va F. gigantica tuxumlari:
— yirik, tuxumsimon shaklda, sarg‘ish-jigarrang;
— F. hepatica 130 – 145
70 – 90
m;
— F. gigantica 156 – 197
90 – 104
m;
— qopqoqchasi (operkulumi) aniq emas;
— po‘sti silliq;
— bir talay sariqlik hujayralari bilan o‘ralgan, segmentlarga
bo‘linmagan yadrosi bor;
— Fasciolopsis buskidan farq qilishi kerak.
6. Fasciolopsis buski
Fasciolopsis buski (ulkan ichak qurti) — odamga yuqadigan
eng yirik qurt. Janubi-sharqiy Osiyoda, janubiy va markaziy Xitoy,
Тailand va Hindistonda keng tarqalgan. F. buski invaziyasi axlat
bilan ifloslangan suvda o‘sgan va metatserkariylari bo‘lgan suv
o‘simliklari xomligicha iste’mol qilinganida rivojlanadi.
F. buski tuxumi:
— yirik, tuxumsimon shaklda, sarg‘ish-jigarrang, 130–154
78–98
m;
— qopqoqchasi (operkulumi) kichkina bo‘lib, uni ajratib olish
qiyin;
— po‘sti yupqa;
— bir talay sariqlik hujayralari bilan o‘ralgan, segmentlarga
bo‘linmagan yadrosi bor;
— Fasciola turlaridan farq qilishi kerak.
86
Do'stlaringiz bilan baham: |