Klinik laboraтoriya тekshirish usullari



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

Yodda tutish kerak! Ko‘pgina namunalar laboratoriyaga
yetkazilgunicha ichida invazion tuxumlar topiladigan bo‘lib qolishi
mumkin.
D. Normal natijalar. Gijja tuxumlari topilgani yo‘q.
E. PatologiyasiE. vermicularis tuxumlari topildi.
E. vermicularis invaziyalari kamdan kam hollarda jiddiy
alomatlarni keltirib chiqaradi, lekin ular anus atrofini ancha
ta’sirlantirishi mumkin. Ayollarda E. vermicularis siydik-tanosil
sistemasi infeksiyasiga sabab bo‘la oladi.
Nam preparat tayyorlash uchun axlatdan namuma olish. Og‘zi
keng va qopqog‘i zich berkitiladigan, bir marta ishlatiladigan yoki
ko‘p marta ishlatiladigan shisha bankalar bo‘lishi zarur. Idish toza,
quruq, germetik va dezinfeksiyalovchi moddalar yuqidan xoli bo‘lishi
kerak. Qog‘oz, karton qutichalar va gugurt qutichalaridan
foydalanish yaramaydi, chunki bu qo‘llar va idish yuzalarining
ifloslanishiga olib kelishi mumkin.
Axlat namunalari bilan ishlashda ehtiyot choralariga amal qilish
zarur, bu namunalarda patogen organizmlar, chunonchi parazitlar,
bakteriyalar va viruslar bo‘ladi. Axlatni qurib qolishdan saqlash va
past konsentratsiyadagi parazitlarni topish uchun tekshirishga
olingan material yetarli miqdorda bo‘lishi zarur.
1. Axlat suyuq bo‘lsa, namuna 10 ml atrofida bo‘lishi zarur,
harakatchan parazitlarni topish uchun uni olinganidan keyin
15 daqiqa ichida tekshirish lozim.
2. Axlat shakllangan bo‘lsa, 2 g miqdorda bo‘lishi va olinganidan
keyin 1 soat ichida tekshirilishi kerak.
3. Qoniqarsiz namunalar, masalan, yetarli miqdorda bo‘lmagan
yoki siydik yo bo‘lmasa, yiring aralashib qolgan axlat yaroqsiz deb
hisoblanishi kerak. Тahlil ishonchli bo‘lishi uchun namuna yangi


72
bo‘lishi lozim. Siydik amyoba trofozoitlarini yemiradi, iflosliklar
esa mikroskopik tekshirish vaqtida xalal beradi.
Vaqt-vaqti bilan chiqib turadigan parazitlarni, masalan,
G. lambliani aniqlash uchun kun oralab olingan bir nechta namuna
zarur bo‘lishi mumkin.
Тahlilga berilgan yo‘llanmada bemorning ism-sharifi, namuna
olingan kun va iloji bo‘lsa, vaqti ko‘rsatib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Saqlash.
 Namuna olinganidan keyin uni darhol tekshirishning
iloji bo‘lmasa, sovitgichda yoki laboratoriyaning eng salqin joyida
bir necha soat saqlash mumkin, u olingan kunning o‘zida tahlil
qilinishi kerak. Namunalarni tik quyosh nurlari va issiq ta’siridan
asrash lozim.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish