Klinik laboraтoriya тekshirish usullari



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

Perianal namuna olish. A. Zaruriy materiallar: paxta tamponlar,
yangi fiziologik eritma, namunani solish uchun taxminan 5 ml
fiziologik eritma quyib qo‘yilgan bankacha.
B. I s h n i n g b o r i s h i .
1. Gijja tuxumlarining topilish ehtimolini oshirish uchun
namunani, yaxshisi, ertalab bemor hojatga bormasidan ilgari yoki
bemorning kechasi kiyib yotgan kiyimidan olinadi.
2. Paxta tamponni fiziologik eritmaga ho‘llanadi.
3. Тampon bilan perianal sohani artiladi.
4. Gijja tuxumlari yuvilib tushadigan bo‘lishi uchun tamponni
fiziologik eritmali bankaga solib, chayiladi.
5. Bankaning qopqog‘ini berkitilib, tamponni yo‘qotiladi.
6. Bankaga bemorning ism-sharifi, namuna olingan kun va vaqtni
ko‘rsatib yozib qo‘yilgan yorliq yopishtiriladi.
Yodda tutish kerak! Perianal yuvindilar bilan ishlashda ehtiyot
choralariga rioya qilish zarur, chunki ularda patogen organizmlar –
parazitlar, bakteriyalar va viruslar bo‘lishi mumkin.
Musbat tashxis uchun har xil kunlarda bir nechta namunalarni
tekshirib ko‘rish zarur bo‘lib qolishi mumkin.
Perianal namuna tayyorlash va uni mikroskopda tekshirish.
A. Zaruriy jihozlar: fiziologik eritmadagi perianal yuvindili banka,
probirkalar, shishaga yozadigan yoki mumqalam, sentrifuga,
noksimon piрetkalar, buyum oynalari, qoplagich oynalar, 10x va
40x obyektiv va 10x okularli mikroskop.
B. I s h n i n g b o r i s h i .
1. Bemor yo‘llanmasi, ichida namuna bor bo‘lgan banka,
probirka va buyum oynasini bitta tartib raqami bilan belgilanadi.
2. Fiziologik eritmadagi namunalarning hammasini probirkalarga
quyib olinadi.
3. Gijja tuxumlarini cho‘ktirib tushirish uchun probirkalar
muvozanatini baravarlashtirib, 1 minut davomida sentrifugalanadi.
4. Cho‘kma ustidagi suyuqlikni probirkadan tomizgich yorda-
mida to‘kib tashlanadi.


71
5. Noksimon piрetkadan foydalanib, cho‘kmani buyum oynasiga
o‘tkaziladi.
6. Qoplagich oynani burchagidan ushlab, chetini tomchiga
tekkiziladi. Havo pufakchalari hosil bo‘lmasligi uchun uni ohista
tushirib, buyum oynasi ustiga yopiladi.
7. Gijja tuxumlarini topish uchun preparatni 10x obyektivdan
foydalanib, ko‘rib chiqiladi. Rangdor kondensorni yorug‘lik haddan
tashqari ko‘p bo‘lmaydigan qilib berkitiladi, aks holda tuxumlar
rangsiz bo‘lgani uchun ko‘rinmaydi.
8. Gijja tuxumlarini identifikatsiyalash uchun 40x obyektivdan
foydalaniladi va ular topilgan bo‘lsa, yozib olinadi.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish