69
berayotganini tekshirib ko‘rish, ichak parazitlari sonini aniqlash
uchun konsentrlangan axlat namunasini mikroskopda tekshirib
ko‘rish zarur bo‘lib qolishi mumkin.
Axlatni konsentrlash usuli gelmint invaziyalarini aniqlash
uchun kichikroq laboratoriyalarda, odatda, qo‘llanilmaydi. Lekin
darslikda katta laboratoriyalarda tatbiq etish
uchun tavsiya etsa
bo‘ladigan ba’zi qimmatli izohlar keltirilgan.
1. Formal-efir usuli ko‘pgina parazitlar, jumladan,
Chlonorchis
(Opisthorchis) sinensis va
Oniverrinini konsentrlash uchun tavsiya
etiladi, chunki ularning tuxumlari juda mayda bo‘ladi va nativ
nam preparatni ko‘zdan kechirib chiqishda payqalmay, o‘tkazib
yuborilishi mumkin. Mazkur texnikadan
Taenia tuxumlarini topish
uchun foydalanish ham mumkin. Bu usuldan foydalanilganda
Hymenolepsis nana tuxumlari tegishlicha konsentrlanmaydi, lekin,
odatda, buning hojati ham bo‘lmaydi. Ushbu texnika oson o‘t
oluvchi efir yoki oson alangalanuvchan etil asetat bo‘lishini talab
qiladi.
2. Тo‘yingan natriy xlorid eritmasini (solishtirma og‘irligi 1:200)
qo‘llanib, tatbiq
etiladigan flotatsiya usuli Ascaris lumbricoides
(katta-katta dumaloq chuvalchanglar) va
Anсylostoma duodenale
(nematodalar) tuxumlarini konsentrlashning arzon turadigan
usulidir. Bu usul qanday bo‘lmasin
boshqa turdagi parazitlar
tuxumlarini konsentrlash uchun, odatda, tavsiya etilmaydi.
3. Rux sulfat bilan flotatsiyalash usuli
G. lamblia va
E. histolytica
sistalari,
Trichuris trichiura,
Clonorchis va
Opisthorchis turlariga
mansub gijja tuxumlarini konsentrlash uchun tavsiya etiladi. Bu
usul qo‘llanilganida boshqa tuxumlar tegishlicha konsentrlanmaydi.
Ish paytida ehtiyot choralariga
rioya qilib borish zarur, chunki
axlatdagi parazitlar rux sulfat ta’siridan o‘lmaydi.
Perianal burmalardan olingan yuvindi (qirqma)ni mikroskopda
tekshirish usuli
E. vermicularis (ostritsalar)ni
aniqlash uchun
qo‘llaniladi.
E. vermicularis tuxumlarini, odatda, anus atrofidagi
teri burmalaridan topsa bo‘ladi, lekin ba’zan axlatda butun holdagi
parazitni ko‘rish ham mumkin. Ostritsalar bolalarda ancha ko‘p
uchraydi, shunga ko‘ra bu gijja oilada bitta bolaga yuqqan bo‘lsa,
uning oiladagi boshqa kishilarga ham yuqqan bo‘lishi hech gap
emas. Namunalarni yopishqoq tasma yoki natriy xloridning fiziologik
eritmasiga ho‘llangan tampondan foydalanib yig‘ib olish mumkin.
Bu bobda namunani fiziologik eritmaga ho‘llangan tampon bilan
70
olish usuli ko‘rib chiqiladi. Perianal yuvindi usulidan foydalanib,
Taenia tuxumlarini ham yig‘ib olish mumkin.
Parazitologiyada sifat nazorati usullari standartlashtirishga hamda
xodimlarning parazitlarni aniqlash borasidagi malakasiga bog‘liqdir.
Laboratoriyada musbat preparatlar yoki tegishli rasmlar bo‘lishi
muhim, shunda xodimlar namunalarda topilgan parazitlarni ularga
solishtirib ko‘ra oladigan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: