Klinik laboraтoriya тekshirish usullari


Pepsin fermentini aniqlash



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

Pepsin fermentini aniqlash. Pepsin fermenti, asosan, sifat
reaksiyalari yordamida aniqlanadi. Chunki pepsin chiqishi xlorid
kislota chiqishidan keskin o‘zgarmaydi. Hatto xlorid kislota yo‘q
me’da suyuqligida ham pepsin bo‘ladi.
Pepsin quyidagi usulda aniqlanadi: 2 ta toza probirkaga 5 ml dan
tekshiriladigan me’da shirasidan quyiladi, ustiga 3,5 x 1,5 sm
o‘lchamli pishgan tuxumdan solinadi. Birinchi probirkaga 2–3
tomchi 3 % li xlorid kislota tomiziladi. Ikkala probirka 37° C li
termostatga 12 soatga qo‘yiladi. Natija tuxum albumini parchalarining
hazm qilinganiga qarab yoziladi. Agar tekshirilayotgan me’da shirasida
pepsinogen va pepsin bor bo‘lsa, ikkala probirkadagi tuxum oqsillari
ham tamomila hazm bo‘ladi. Agar faqat xlorid kislota qo‘shilgan
probirkadagi tuxum albumini hazm bo‘lgan bo‘lsa, pepsinogen
bor, lekin pepsin yo‘qligini bildiradi. Agar ikkala probirkadagi oqsil
hazm bo‘lmasdan qolsa, demak tekshirilayotgan me’da shirasida
pepsinogen ham yo‘qligidan darak beradi.
Oshqozon suyuqligini Mexaels usulida titrlash.
 
Filtrlangan me’da
suyuqligidan erkin, bog‘langan xlorid kislota va umumiy kislotalilik
darajasi bir yo‘la aniqlanadi. Buning uchun 5 ml filtrlangan me’da
shirasiga fenolftalinning spirtdagi 1 % li eritmasidan 2 tomchi
qo‘shiladi. Fenolftalin indikatori kislotali muhitda rangsiz qolib,
umumiy kislotalilik darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Uning ustiga
paradimetilaminoazobenzolning spirtdagi 0,5 % li eritmasidan 1–2
tomchi qo‘shiladi. Bu indikator erkin HCl borligini aniqlashga
xizmat qiladi. Indikator qo‘shilgach erkin xlorid kislota ishtirokida
me’da suyuqligi qizaradi, erkin xlorid kislota bo‘lmasa, sariq tus
oladi, erkin xlorid kislota kam bo‘lsa, och pushti rangga kiradi.
Olingan aralashma 0,1 normalli natriyli ishqor eritmasi bilan
titrlanadi. Bunda quyidagi ranglar qayd qilinadi: 1-titrlashda qiр-
qizildan tortib zarg‘aldoq qizilgacha ranglar ko‘rinadi; 2-titrlashda
zarg‘aldoq rangdan limon-sariq ranggacha o‘zgaradi. 3-titrlashda
sariqdan barqaror pushti rangga o‘tadi. Masalan, 0,1 normalli natriy


65
ishqordan I titrlashga 0 ml, II titrlashga 0,8 ml, III titrlashga 2,2 ml,
IV titrlashga 3,0 ml sarflandi.
Oxirgi raqam (3,0 ml) umumiy kislotalilik darajasiga mos keladi.
Тitrlash uchun 5 ml me’da suyuqligi olingan. 100 ml ga aylantirib
hisob qilish zarur. 100 : 5 = 20; 20x3 = 60. Demak, umumiy
kislotalilik darajasi 60 titrometrlik birligini tashkil qiladi.
I raqam (0,8 ml) erkin xlorid kislotaga mos keladi: 0,8


20 = 16 t.b. So‘ngra umumiy xlorid kislota aniqlanadi. Shuning
uchun II va III momentlar yig‘indisining o‘rtacha arifmetik soni
topiladi:
0,8
2,2
2
1,5 20 30




t.b.
Bog‘langan xlorid kislota miqdori 30

16

14 titrometrik birlik
ayirmasiga qarab topiladi. Organik kislotalar va kislota sifatida reak-
siyaga kirishuvchi fosfatlarning qoldiq miqdori umumiy kislota-
lilik darajasidan umumiy xlorid kislota miqdorini ayirib aniqlanadi:
60 –30

30.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish