60
70 sm da bo‘lib, me’da tubiga yetadi. Ingichka zondning uzunligi
100–150 sm, diametri 2–3 sm. Me’daga kiritiladigan uchi yumaloq
bo‘lib, 2 ta teshigi bor. Fraksion usulda suyuqlik olishga mo‘ljallangan.
Zond ishlatilgandan keyin tashqi uchidagi teshigi orqali yaxshilab
yuviladi. Qaynatiladi va yorilib ketmasligi uchun 1 % li borat kislotada
saqlanadi. Ishlatishdan oldin qaynatilgan issiq suvda namlanadi.
Halqum, qizilo‘ngach yallig‘langanda, qizilo‘ngach torayganda,
me’da venasining varikozida,
oshqozon yarasida, oshqozon
saratonida, infarkt miokard, giрertoniya kasalligida zond yuborish
mumkin emas. Bir yo‘la suyuqlik
olishda Boas-Evald sinov
nonushtasi qo‘llaniladi. Uning tarkibi 30–40 g qotgan non, 300 ml
iliq suvdan iborat. 45–50 daqiqa davomida chekmasdan, ichmasdan
turiladi. Bu vaqtda laborant:
1. Me’da shirasini olish uchun bankacha, sochiq, fartuk,
tog‘ora, qo‘lni band qilish uchun lotok tayyorlaydi.
2. Zond yuborishdan oldin sun’iy tishlar olib qo‘yiladi va
laborant aytganlariga amal qilish va qo‘rqmaslik tayinlanadi.
Zondni kiritish texnikasi. Boas-Evald
sinov nonushtasini
bemor qabul qilgandan 45–50 daqiqa o‘tgach, uni alohida xonadagi
stulga suyantirib o‘tkaziladi. Boshini biroz oldinga engashtiriladi.
Oldiga fartuk osiladi. Oyoqlari orasiga tog‘ora qo‘yiladi, qo‘liga lotok
ushlatiladi. Laborant bemorning o‘ng tomonida turadi. Zondning
yumaloq uchidan 10–15 sm naridan ushlab, chap qo‘li bilan
bemorning bo‘ynidan ushlab, zondni bemorning og‘zi oldida ushlab
turib, og‘zini ochish buyuriladi va zond til ildiziga qo‘yiladi (11-
rasm). Shu vaqtda bemorga yutish harakatini bajarish va to‘xtatmaslik
buyuriladi. Zond qizilo‘ngachgacha tez harakatlantiriladi, chuqur
nafas olish buyuriladi va 45–50 sm gacha kiritiladi. Zond kiritish
paytida yo‘tal tutsa, sug‘urib olib, qayta kiritiladi. Qizilo‘ngachda
reflektor spazm bo‘lsa, 1–2 daqiqa dam beriladi. Kiritib bo‘lmasa,
zo‘rlab kiritish yaramaydi. Zond me’daga kiritilgach, chuqur nafas
olish
va havo chiqarmasdan turib, kuchanish buyuriladi. Shira
zondning tashqi teshigi orqali kirib, idishga tushadi. Shira chiqmasa
me’daosti bezi sohasi biroz bosiladi va yana biroz kuchanish
buyuriladi. Zondni 8–10 sm kiritib, chiqarib sun’iy qusish refleksi
vujudga keltirilib, shira chiqariladi. Qusuq bilan yoki zond yonidan
shira oqib ketsa, uni lotokka yig‘ish mumkin. Nahorda me’daga
zond kiritilganda normada 20 ml dan 50 ml gacha shira chiqadi.
Gastritda, me’da, 12 barmoqli ichak yarasida sekretsiya kuchayadi.
Shiraga ovqat aralashgani 12 barmoqli ichakda yangi yara borligidan,
61
pilores torayganidan spazm bo‘lganligini ko‘rsatadi. Zond bilan
shira olinib bo‘lgach, tashqi uchiga sochiqni o‘rab,
tez harakat
bilan olinadi, zond uchi yuqoriga ko‘tarilib, shira qoldig‘i idishga
solinadi. So‘ng zond tozalab yuviladi. Normada Boas-Evald sinov
nonushtasidan so‘ng 100–120 ml oshqozon suyuqligi olinadi.
Suyuqlik tinishi natijasida suyuq va zich qismlarga bo‘linadi. Normada
suyuq va zich qismlar nisbati 1:1, 1:2 bo‘ladi. Giрersekretsiyada
1:4. Aksincha sekretsiya susayganda 4:1 bo‘ladi. Yo‘g‘on zond me’dani
yuvish, davolash maqsadida qo‘llaniladi. 5–10 litr iliq dori eritmasi
bilan yuviladi. Ba’zan o‘pka sili, me’da rakiga gumon qilinganda
ham diagnostika maqsadida yuviladi. Balg‘am tashlay olmaydigan
bolalardan bakteriologik tekshirishga me’da suyuqligi olish uchun
200–300 ml suv qaynatilib, uy haroratigacha sovitilib va me’daga
ko‘p marta kiritib-chiqariladi. So‘ng yuvindi toza idishga yig‘ilib,
tekshirish uchun yuboriladi. Yo‘g‘on zondning afzalliklari:
– nonli nonushta fiziologik bo‘lib, nonning hazm bo‘lish
darajasi me’daning sekretor va motor funksiyasini ko‘rsatadi.
11-rasm.
Zond kiritish texnikasi.
62
Kamchiligi: shira chiqish mexanizmini ko‘rsata olmaydi. Chunki
shira bir yo‘la olinadi. Shira ajralish mexanizmini bilish uchun
fraksion usul bilan oshqozon suyuqligi ingichka zondda olinadi.
Fraksion usulda shira olganda uch xil sekretsiya aniqlanadi:
1. Astenik tiр – 1-soatda ko‘p shira ajraladi, 2-soatda ham
ko‘p shira ajraladi.
2. Inert tiр – 2-soatda ko‘p shira ajraladi.
3. Izosekretor tiр – sekretsiya 1- va 2-soatda bir xil – ko‘p
ajraladi.
Ingichka zondning ham afzalligi va kamchiligi bor. Afzalligi: me’da
sekretsiyasining diagnostikasini kuzatish imkonini beradi. Hazm
bo‘lish darajasini ko‘rsatadi. Kamchiligi: oshqozonda uzoq vaqt
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: