3
KIRISH
“Montaj. Videomateriallar uchun maxsus effektlar” fani
5350200 – “Televizion texnologiyalar” (“Telestudiya tizimlari va
ilovalari”) bakalavr ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladi.
Montaj kino san’atining ilk rivojlanish bosqichlaridayoq
paydo bo‘lgan va yillar davomida yangidan-yangi ko‘rinish va
qonun-qoidalar bilan boyib kelgan. Montaj asoslari, uning badiiy
shakllari bugungi kunga kelib ham o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q va
kino san’ati, televidenie mavjud ekan, ular ham mavjud
bo‘laveradi. Shu bois, kino san’ati va televideniega oid ta’lim
yo‘nalishi talabalari g‘oyaviy-badiiy madaniyat, yuqori darajadagi
professional malaka, ko‘nikma bilan
bir katorda montajning
buzilmas qonunlarini, uning shakllarini, badiiy va g‘oyaviy
imkoniyatlarini, uning texnikasi va texnologiyasini mustahkam
egallashlari kerak.
Bakalavrlarga “Montaj. Videomateriallar uchun maxsus
effektlar” fanini o‘qitishda birinchilardan bo‘lib turgan vazifa
talabalarga montaj asosslarini, uning atamalari va chizgilar tilini,
butun dunyo kinematografiyasi tomonidan tan olingan asosiy
montaj
qoidalarini, qolaversa, uning badiiy shakllari va tasviriy
ifoda vositasi sifatidagi imkoniyatlarini o‘rgatib borishdan
iboratdir. Bundan tashqari, jaxon kino san’ati va televidenie
soxasida, montaj san’atiga, uning usul va uslublariga oid
erishilgan yutuqlar va yaratilgan yangicha yo‘nalishlaridan
talabalarni habardor qilib turish ham yuqori malakali, ijodkor
mutaxassislarni
tayyorlashda, bo‘lajak mutaxassislarni kelajakda
kinematografiya va televidenie sohalari uchun yuqori darajadagi
did va badiiy tafakkurga ega bo‘lgan kadrlar etib yetishtirishda
asosiy vazifalardan biridir.
Fan doirasida bakalavrlarni o‘kitish jarayonida montajning
texnik va ijodiy tomonlari hakida mukammal bilim berish, o‘qish
jarayonida bevosita tasvirga olish ishlarini o‘tkazish va bu bilan
olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash nazarda tutilgan bo‘lib,
talabalar mustaqil ravishda o‘zlarining qo‘shimcha ixtisoslik
fanlaridan belgilangan ishlar bilan birga mazkur fan bo‘yicha ham
amaliy ishlarini tayyorlab boradilar.
4
“Montaj” o‘quv qo‘llanmasi talabalarni montajning asosiy
tamoyillari,
qonun-qoidalari, badiiy shakllari va uning tasviriy
ifoda vositasi sifatidagi imkoniyatlari, montaj san’atining eng
zamonaviy texnologiyalari va usullari bilan tanishtiradi.
O‘quv qo‘llanma talabalarda ilmiy-ijodiy dunyoqarash va
badiiy tafakkurni, televizion ko‘rsatuv yoki kinoasarning janridan
kelib chiqib unga mos montaj yechimini mustaqil belgilay olish,
asarni filmning umumiy kompozitsiyasini hisobga olib montajli
epizodlarga ajrata olish, to‘g‘ri
joylashtira olish, chiziqli va
nochiziqli
montajning
imkoni-yatlaridan
foydalanish
ko‘nikmalarini shakllantirishga mo‘ljallangan.
Mazkur
o‘quv qo‘llanmaning birinchi bobi montaj
san’atining tarixi, undagi asosiy atamalar, grafik til, uning asosiy
qoidalarga,
bag‘ishlangan
bo‘lib,
unda
butun
dunyo
kinematografiyasi tomonidan tan olingan montaj o‘nta asosiy
tamoyillari va ularning talablari haqida so‘z boradi.
O‘quv qo‘llanmaning ikkinchi bobi esa Montajning badiiy
shakllariga bag‘ishlangan. Unda o‘quvchi montajning badiiy
shakllari va tasviriy ifoda vositasi
sifatidagi imkoniyatlarini,
montaj sohasida zamonaviy jahon kino san’atida erishilgan
yutuqlar, yaratilgan yangicha uslublar, kinematografiya va
televidenie sohasida montajdan badiiy ifoda vositasi sifatidagi
o‘rni bilan yaqindan tanishadilar.
Qolaversa, ular montajning badiiy, xujjatli, ilmiy-ommabop
kinematografiyada mavzuni yoritib berishdagi mavjud tasviriy
imkoniyatlaridan ham xabardor bo‘ladilar.
Mazkur o‘quv qo‘llanmani
tayyorlashda dunyoning eng
ilg‘or va zamonaviy o‘quv adabiyotlaridan foydalanilgan.
Ken
Densijerning “
The Technique of Film and Video Editing: History,
Theory and Practice” (“Kino va video montaj texnikasi: tarixi,
nazariyasi va amaliyoti”), Uolter Marchning “In the blink of an
eye” (“Bir lahzada”), Devid Bordvellning “The Cinema of
Eisenstein” (“Eyzenshteyn kinosi”), Aleksey Sokolovning
“Montaj”, Mixail Rommning “Беседы о киноискусстве” (“Kino
san’ati haqida suhbat”) kabi o‘quv adabiyotlar shular
jumlasidandir.
5
Fanning maqsadi talabalarga fanning nazariy asoslarini,
televidenie va kino sohasida montajning asosiy tushunchalari va
tamoyillari, badiiy shakllari, montaj jarayonida foydalaniladigan
texnika
va texnologiyalarni, badiiy va texnik qonuniyatlar va
tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish
ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanni vazifasi esa talabalarni nazariy bilimlar, badiiy
mushohada qilish usullari bilan qurollantirish, kino va televidenie
sohasida texnologik jarayonlar mazmunini mantiqiy mushohada
qilish uchun zarur bo‘lgan uslubiy yondashuvlarni egallashiga
ko‘maklashish, ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasini va milliy
mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish,
zamonaviy montaj va
undan foydalanish asosida hozirgi zamon rivojlangan televideniesi
va kino san’atini rivojlantirishning dolzarb muammolarini ochib
berish, montaj to‘g‘risida amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishdek
ishlarni o‘z ichiga oladi.