Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

taqqoslash
tamoyili ekanligini 
tushunib yetdilar. Bu fikrlarni esa Lev Kuleshov 1917 yildayoq 
o‘zining 
montajning 
mohiyatiga 
bag‘ishlangan 
ilmiy 
izlanishlarida aytib o‘tgan edi
5
.
Biroq yana bir qancha savollar baribir javobsiz qoldi. 
Kino san’atining asosiy hom ashyosi, materiali aslida nima? 
Kadrning ichida nima montaj qilinadi? 
Eyzenshteynning “...kontrapunkt tamoyili bo‘yicha kadr 
ichida chiziqlar va tekisliklar, yorug‘lik va soyalar va hokazolar 
o‘zaro montaj qilinadi deya montaj san’atiga bergan izohlari 
montajning asl mohiyati masalasiga juda ham kam oydinlik 
kiritdi. Aksincha, uning “Kadr – bu montaj yacheykasidir” deya 
bildirgan fikrlari esa “Unda yacheykaning ichida nima bor?” 
degan yanada jumboqliroq savolning paydo bo‘lishiga sabab 
4
Bordwell, David (2005). The Cinema of Einshtein. New York, NY: Routlenge., 27-b.
5
O’sha joyda, 29-b.


14
bo‘ldi.
Tadqiqotchilarning yangi avlodi montajning kino san’atida 
tutgan o‘rni eski avlod olimlari ta’kidlaganlaridek u qadar yuqori 
emas degan fikrni ilgani surmoqdalar. 
“...Bizga shu kunimizga qadar “Montaj – bu kino san’atining 
tub negizi” deya uqtirib kelishdi. Endi esa “Montaj faqat 
adabiyotga hos usuldir va hatto u kino san’atiga tamomila ziddir” 
degan qarashlar paydo bo‘ldi. Agar kinematografning spesifikasi 
shunday bo‘ladigan bo‘lsa biz oxir-oqibat uni toza ko‘rinishida 
anglab yeta olamiz va montajni shunchaki turli tasvirlarning 
makonga bog‘liq holda birlashishi deb bemalol atashimiz 
mumkin…», - deb yozadi fransuz Anri Bazen o‘zining «Kino o‘zi 
nima» kitobida. 
O‘tgan asrning 60 yillarga kelib montajni filmning mazmun 
jihatdan qurilishining tabiiy bir usuli sifatidagi rolini rad qiluvchi 
yangi qarashlar paydo bo‘ldi va Z.Krakauerning “fizik haqiqat”i, 
A.Bazenning “total realizm”i va G.Lukachning “autentik 
haqiqat”lari ular tomonidan aynan filmni kadrlarga bo‘lish kino 
tabiatiga tamomila zid ekanligini isbotlash maqsadida ixtiro 
qilingan. 
O‘sha 
davr 
nazariyotchilari 
bu 
fikrlarga 
birday 
qo‘shilishmagan, albatta. Biroq, montajning mohiyati faqat 
alohida kadrlardan film va epizordlarni yig‘ishdan iborat degan 
fikrlar borgan sari kengroq tarqala boshladi. Montajning 
mohiyatini faqat shunchaki “kadrlarni yig‘ish” degan fikrlarni 
talabalar va o‘quvchilarga tushuntira boshlashdi, go‘yoki montaj 
kino san’atida “ikki karra ikki to‘rt bo‘ladi” degandek. Bu 
tushuncha ayrim “o‘qituvchilar” darslarida va turli kitoblar 
sahifalarida filmlarning “elementar qismi”ga aylanib qoldi. 
1982 yilda, Mixail Yampolskiy o‘zining “Total va montajli 
kino” (“Тотальное и монтажное кино”) deb nomlangan ilmiy 
maqolasida “montaj filmning aktyorlar ijrosidan tortib kadr 
mizantsenasigacha bo‘lgan barcha elementlarini birdek qamrab 
oluvchi film shakli va mazmunini yig‘ishning shunchaki 
qandaydir umumiy tamoyili sifatida qabul qilinishi mumkin 
emas...” degan xulosaga keladi.
Montaj, avvalo, faqat kino san’atigagina hos bo‘lgan, ko‘rish 
nuqtalari o‘rnining o‘zgarib turishiga asoslangan, filmning 


15
makonini tashkil qiluvchi bir usuli va tomosha san’atining 
takrorlanmas kinematografik strukturasining formal asosidir. 
Bu aslida shundaymi, yo‘qmi, baribir barcha fikrlar kadr va 
montaj atrofida aylanaveryapti. Yana hammasi “o‘z doirasiga” 
qatmoqda. 
S.Eyzenshteynning 
fikri 
bo‘yicha 
montajning 
“embrioni” bo‘lgan kadr C.Freylixning qarashlariga ko‘ra 
“xususiyat”ga aylandi
6
. Xo‘sh, bu “yacheyka”ning ichida nima 
bor unda? Javob hali yo‘q! Biz savollarimizga javob topish uchun 
yana 1929 yilga qaytamiz... 
Xo‘sh, L.Kuleshov o‘z tajribalari orqali aslida nimani ihtiro 
qildi? Zamonaviy ilm-fan nuqtai nazaridan bu eksperimentlar 
natijalarini qanday talqin qilish mumkin? Bugungi kungacha, 
tadqiqotchilar nazaridan chetda qolib ketlayotgan biror-bir ixtiro 
qilinmagan narsa bormi? 
Ha! Kuleshov o‘zining tajribalari bilan nafaqat “kino 
qonunlari”, “montaj qonunlari”ni va inson psixikasining ishlash 
mexanizmini ixtiro qildi. U kino kadrlari va ularning ichidagi 
tasvirlar mazmuni vositasida inson ongining ishlash prinsipini, 
inson tomonidan borliq va voqelikni idrok etilish jarayonini, inson 
vizual axborotni olishi va qayta ishlashi natijasida qanday 
xulosalar chiqarishini butun dunyoga ko‘rsatib berdi. Insonning 
vizual axborotni olishi va qayta ishlashi jarayoni ekran orqali, 
ya’ni kino va televidenie orqali yoki kundalik hayotda, tabiiy 
shaklda bo‘lsin, buning hech qanday ahamiyati yo‘qligini, jarayon 
u yerda ham, bu yerda ham bir xil kechishini isbotladi. 
L.Kuleshov shunday xulosaga keldi: “...Kino faqat inson idroki va 
tafakkurining o‘ziga hos xususiyatlariga moslashish imkoniga 
ega”
7

Asosiy xulosa shunday: barcha hollarda inson atrof-
muhitdan, shuningdek, televizor yoki kino ekranidan olayotgan 
axborotlarning alohida “qismlari” o‘rtasidagi bog‘liqlikni izlaydi, 
o‘zi ko‘rgan narsalarni idrok etishga, ro‘y berayotgan 
voqeylikning ma’nosini tushunishga harakat qiladi.
Faqat olingan axborotlarning o‘zaro bog‘liqligi topilganidan 
va tushunish va bilish hodisasi ro‘y berganidan so‘nggina bir oz 
6
Bordwell, David (2005). The Cinema of Einshtein. New York, NY: Routlenge., 33-b.
7
Соколов А.Г., Монтаж кино и телефильмов, М. 2000 й. 42-b.


16
yengillik, ichki bosimning tushishi kuzatiladi. Bu eng qadimgi 
instinkt bo‘lgan o‘z-o‘zini saqlash instinkti ta’siri ostida ro‘y 
beradi. 
Faqat 
to‘liq 
xavfsiz 
sharoitda 
ekanligimizni 
tushunganimizdan so‘nggina har birimiz o‘zimizni yetarlicha 
hotirjam his qilishimiz mumkin. 
Garchi, Mojuxin ekrandan turib kimgadir jiddiy havf 
solmagan bo‘lsada, bu holatda eksperimentda qatnashayotgan 
tomoshabinlarning instinktlari aniq ishlagan. Inson o‘zining to‘liq 
xavfsiz holatda ekanligiga shubha qilishni boshlashi bilanoq uni 
bezovtalik hissi chulg‘ab oladi. Nima bo‘layotganini tushunishga, 
idrok etishga to‘xtovsiz va bir oz havotirli intilish bizning 
ongimiz ishlashining asosiy fazilatlaridan biri. 
Ikkinchidan, Kuleshov o‘z tajribalarida shuni kashf etdiki 
“Insonning tasavvurida, atrof-muhitni va undagi voqea-
hodisotlarni, insonlarning hatti-harakatlarini idrok etishning 
murakkab va aniq shakllangan modeli mavjud. Harakat va uning 
yo‘nalishiga qarab kuzatuvchi uning ko‘z oldida ro‘y berayotgan 
bu harakatlarning sababi va mohiyati haqida tegishli xulosa 
chiqarishi mumkin. 
Yana bir muhim natija: voqea va hodisalarning ma’nosini 
anglab yetishga yordam beruvchi “mexanizm” va insonga 
makonda harakat qilishga mo‘ljal olishga imkon beruvchi 
“mexanizm”ning har ikkalasi ham L.Kuleshov 1917 yilda 
aniqlagan 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish