19
foydalaniladi. Lekin bunday kadrning ham boshi va oxiri bor.
Aynan anashu ko‘rsatkichlar kadrning o‘lchovini – uzunligini
aniqlashga yordam beradi. Kadr yoki plan – yaxlit bir film yoki
epizod “bino”sini qo‘rishdagi o‘ziga hos “g‘isht”. U ham xuddi
qurilishda bo‘lgani kabi kichraytirilishi yoki kerakli shaklgacha
qirqilishi mumkin. Lekin shunday o‘zgartirishlarga, kesishlarga
yuz tutsa ham tasvirga olingan yaxlit tasvir plan yoki kadr deb
atalaveradi.
“Chok” (“Стык”) -
bu
ikkita kadrni, ikkita planni ulangan
joyi va bunda birinchisining tugash joyiga ikkinchisining
boshlanishi ulanadi. Buni ba’zida
“Ulash”
(«склейка»)
ham
deyishadi. Kinotasmadagi
kadrlar doimo bir-biri bilan maxsus
bosma press vositasida ulanadi. Tasmali kino texnologiyasidagi bu
tushuncha keyinchalik elektron montajga ham ko‘chib o‘tdi va
allaqachon odatiy ibora bo‘lib qolgan. Professional mutaxassislar
orasida hatto o‘ziga xos “Oddiygina ulashdan yaxshisi yo‘q”
qabilidagi ibora ham paydo bo‘lgan. Biroq kompyuter vositasida
montaj qilinganda kadrlar yelim vositasida ulanmaydi, balki faqat
qirqiladi va tartibli taxlanadi.
“
Plan
” so‘zining “kadr” so‘zi bilan ma’no jixatdan mos
keladigan ikkinchi ma’nosi ham bor. U tasvirga olish ob’ektining
kadrdagi masshtabini aniqlash uchun ishlatiladi.
Kundalik
professional tilda biz odatda «yirik plan», «umumiy plan» deb
aytamiz. Buning o‘rniga biz «kadr judayam mayda olingan» yoki
«kadr yetarli yiriklikka ega emas» deb aytishimiz mumkin, biroq
“yirik plan”, “umumiy plan” atamalari, garchand chiroyli
jaranglamasada mutaxassislar uchun qulay va hamkasblar uchun
tushunarli.
Biroq hech qachon: bu kadrni «o‘rta kadrda» olamiz, yoki
«umumiy kadr» deb aytib bo‘lmaydi. Bunda ijodkor
hamkorlaringiz sizni tushunishmaydi va buning ustiga siz
to‘g‘ringizda yomon fikrga kelib qolishlari mumkin.
Planning
yirikligi
tomoshabin
ekranda
ko‘rayotgan
ob’ektning o‘lchamlari bilan aniqlanadi. Ya’ni,
kadr chegarasi,
ramkasi ichida qanday tasvir ko‘rinayotganiga, ob’ektning qanday
qismi kadrda aks etganiga qarab aniqlanadi. Lev Kuleshov planlar
yirikligini oltita asosiy planga ajratishni taklif etgan.
20
“Kadr” atamasining ham ikkinchi ma’nosi bo‘lib u tasviriy
yechim bilan bog‘liq. Operatorlar odatda “Men kadr qo‘yishim
kerak”, “Men kadr kompozitsiyasini ishlab chiqishim kerak”,
“Men bu kadrni kontrastliroq yoritishim kerak” deb aytadilar.
Kinoda, tasvirga olish chog‘ida operator kamera viziri orqali
ko‘rinayotgan hamma narsani ko‘rib turadi. Aktyorlardan
ko‘pincha “kadrga kirish”ni so‘rashadi, ya’ni kadrda aks
etayotgan maydondan joy olishni so‘rashadi. Agar kadr estetik
tomonlama chiroyli chiqsa “operator kadrni yaxshi suratga olibdi,
kadrning original tasviriy yechimini topibdi” deyishadi.
Bundan tashqari
“montaj kadri”,
rus tilida aytganda
“монтажный кадр”
degan atama ham bor.
Yuqorida aytib
o‘tganimiz yaxlit uzilmay olingan kadrning filmdan aniq joy olgan
qismiga “
montaj kadri”
deyiladi. Bunda, masalan 12 soniyalik
yaxlit kadrdan filmga faqat 6 soniyalik qismi kiritilgan bo‘lishi
mumkin.
35 millimetrlik kinotasmaning (bir tomonidagi) 4 ta
perforatsiya
8
oralig‘idagi, 16 mm.lik kinotasmaning 2 ta
perforatsiyalar orasida joylashgan kvadrat shakldagi katakchaga
“
kadrik
” deyiladi. Elektron videomontaj dasturlari videomaterialni
avtomatik ravishda 25 ta kadrikka ajratib ko‘rsatadi va buni ingliz
tilida “frame” – “ramka” deyiladi. Lekin “ramka” so‘zini “kadr”
so‘zi bilan almashtirish to‘g‘ri tarjima bo‘ladi. Kadr so‘zi
yuqorida aytib o‘tilganidek biz ko‘nikkan kino atamashunosligida
boshqa ma’noni bildirar ekan uni farqli bo‘lishi uchun “
kadrik
”
deb atash to‘g‘ri bo‘ladi. “
Kadrik
” so‘zi rus tilida bo‘lsa-da u
mutaxassislar tomonidan yakdillik bilan qabul qilingan va bir
necha o‘n yilliklar davomida ishlatilib kelinmoqda. Bir soniyalik
kinotasmada 24 ta kadrik bo‘ladi. Videoda esa bu soniyasiga 25 ta
kadrni tashkil etadi. Teleekranda tasvir namoyish etilish
jarayonida aslida 50 ta yarimkadr (polukadr), ya’ni 25 ta butun
kadr o‘rin almashadi.
AQSH va boshqa Yevropa, Osiyo davlatlar
televideniesida bu son 60 ta yarimkadr – 30 ta butun kadrni
tashkil etadi. Bunga sabab oddiy: bizning vatanimizda elektr
8
Perforatsiya – kinotasmaning ikki yon tomonida bo‘ladigan teshikchalar. Bu
teshikchalar kinokameraning tishli mexanizmlari kinotasmani tortishi uchun
mo‘ljallangan.
21
tokining tebranish chastotasi 50 Gs.ni, AQSHda esa 60 Gs.ni
tashkil etadi va shu sababli televidenie standartlarida ham farq
mavjud.
Grafika kinoijodkorlar orasida o‘ziga xos til vazifasini
bajaradi. Bir-birining tilini tushunmaydigan ikkita kinoijodkor
aynan grafika orqali bemalol o‘zaro fikr almashishlari mumkin.
Kino san’ati klassiklari deb hisoblanadigan ko‘pgina
rejissyorlar
tasvirga olish ishlari boshlangunga qadar filmning deyarli har bir
kadrini birma-bir ketma-ketlikda chizib olganlar. Bu ularga va
ularning ijodiy guruhlariga, hamkasblariga bo‘lajak filmning
qanday bo‘lishi xaqida aniq va tushunarli tasavvurga ega bo‘lish
imkonini bergan. Bunda filmga, kadrga oid barcha narsalar: kadr
kompozitsiyasi, mizantsenalar, dekoratsiyalar, grim,
kostyumlar,
hamma-hammasi birma-bir chizib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: