Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

o‘zaro taqqoslash usuli
dan o‘zga narsa emas. 
Montaj haqida ilmiy ishlar olib borayotgan insonlarga, 
professorlarga shuni eslatib o‘tish lozimki 1945 yildayoq buyuk 
kinorejissyor V.Pudovkin montajga ta’rif berar ekan “...Biz agar 
montajga eng umumiy ko‘rinishda, real hayotda mavjud bo‘lgan 
ichki sirlarning ochilishidek ta’rif beradigan bo‘lsak, biz bu bilan 
huddi ularning, va umuman, har qanday sohadagi har qanday 
fikrlash jarayonlarning o‘rtasiga “tenglik” belgisini qo‘yamiz. Va 
aynan shu usul bilan biz nutq – fikr – montaj tushunchalari 
o‘rtasidagi juda mustahkam, aytish mumkinki, genetik 
bog‘liqlikni topamiz...” deya xulosa chiqargan edi.
Soddaroq qilib aytganda, bizning tafakkurimiz, zamonaviy 
tushunchalar nuqtai nazaridan, ongli darajada to‘laligicha 
o‘zaro 
taqqoslash usuli
ga asoslanadi. “Taqqoslash” usulidan foydalanish 
jarayonini esa biz har doim montaj deb ataganmiz. 


17
Montaj – bu kadrning ham kinoning ham “xususiyat”i emas, 
balki ongimizning idrok etishga oid amallarni bajarishning bir 
usulidir. Bu usuldan kino va televidenie o‘zining badiiy va 
axborot yetkazish bilan bog‘liq maqsadlarida keng foydalanadi.
Kadrlar montaji esa montajning kino va televidenieda 
foydalaniladigan va 
o‘zaro taqqoslash
mexanizmi asosiy o‘rinni 
egallovchi bir kichik qismi xolos.
Biz 
montaj 
haqidagi 
o‘zimiz uchun juda muhim 
ma’lumotlarni topishga muvaffaq bo‘ldik. Lekin hammasi kundek 
ravshan va tushunarli deb aytishimizga hali bor! 
Biror jiddiy va mas’uliyatli mavzuda suhbat boshlashdan 
avval suhbatdoshlar biri birlarini tushunishlari uchun muayyan 
atamalar va iboralarni bilib olishlari kerak bo‘ladi. 
Kino, televidenie, video, animatsiya, multiplikatsiya, virtual 
reallik, kliplar va televizion reklama – bularning hammasini 
ekran 
ijodiyoti
tushunchasi qamrab oladi. Yuqorida sanab o‘tilgan 
sohalarda ishlovchi mutaxassislar tomoshabinlar bilan ekran va 
tasvirlar tili vositasida aloqaga kirishishga, tomoshabin e’tiborini 
o‘ziga jalb etishga urinadilar. Shuning uchun ham barcha media 
sohalari mutaxassislari uchun terminlar, so‘zlashuv tili yagona 
bo‘lishi zarur. Bugungi kunda rejissyor biror bir filmni suratga 
olsa, ertaga uni qandaydir teleko‘rsatuvni suratga olishga taklif 
etishadi, yana bir oydan keyin esa mashhur xonandalardan biri bu 
rejissyorga yangi musiqiy kompozitsiyasi uchun videoklip oldirish 
istagini bildiradi. 
Kecha u bir ijodiy jamoa bilan ishlagan bo‘lsa, bugun 
tamomila notanish insonlar bilan ijodiy hamkorlik qilishiga to‘g‘ri 
keladi. 
Tasviriy til bu nafaqat ekranda obrazlar bilan so‘zlash tili, 
balki, rejissyorga – operatorni, uning kasbiga oid terminlarini 
tushunishiga imkon beruvchi, operatorning – teleboshlovchini 
tushunishiga 
imkoniyat 
yaratuvchi, 
boshlovchining 
– 
ssenariynavisni, ssenariynavisning – rassomni, rassomning – 
montajchini, montajchining esa assistentlarni o‘zaro tushunarli 
tilda so‘zlashishlari uchun zarur bo‘lgan tildir.
Bugungi kunda, masalan, “yirik plan” atamasini hamma 
biladi! Lekin ko‘p hollarda talabalar yoki sohani chuqur 
bilmaydigan insonlar “yirik plan” deganda negadir “yirik” so‘ziga 


18
chalg‘ib bu bir kattaroq narsaning tasviri bo‘lsa kerak deb 
o‘ylaydilar va hatto o‘zlarining bu noto‘g‘ri fikrlari zo‘r berib 
isbotlashga urinadilar. Keling, shuning uchun bir oddiy masalani 
hal qilib ko‘ramiz. Quyida nomlari keltirilgan narsalar orasida 
yirik plan atamasiga mos keladiganini ko‘rsatishga urinib 
ko‘ramiz! 
1.Chumoli. 
2.Inson ko‘zi. 
3.Yengil avtomashina. 
4.Bolalar maydonchasi. 
5.Keng ummon. 
Afsuski, berilgan misollar orasida yirik plan yo‘q. 
Lekin bu beozor chalg‘itishning izohi hali oldinda. 
Avvalo «kadr» tushunchasidan boshlaymiz. 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish