Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

 
 
I-BOB. MONTAJ ASOSLARI, 
KADRLAR VA EPIZODLAR MONTAJINING
ASOSIY TAMOYILLARI 
 
 
 
Mazkur bob montaj san’atining tarixi, undagi asosiy 
atamalar, 
grafik 
tilga, 
montajning 
asosiy 
qoidalariga 
bag‘ishlangan bo‘lib, unda butun dunyo kinematografiyasi 
tomonidan tan olingan montajning o‘nta asosiy tamoyillari va 
ularning talablari haqida so‘z boradi



7
1.1 Montaj tarixi, atamalari va tasviriy tili 
Mavzu montaj tarixi, montaj borasidagi ilmiy izlanishlar, 
montaj san’atidagi asosiy tushunchalar, unga oid atamalar va 
ularning qo‘llanilishi, montajning maxsus tasviriy tili haqidagi 
ma’lumotlarni qamrab olgan. 
«Montaj» nimaligini bugungi kunda hamma biladi! 
Agar bu savolni birinchi sinf o‘quvchisiga yoki televidenie 
ishchisiga yoki bo‘lmasa professional rejissyorga berilsa ham 
javob bir xil bo‘lishi aniq: bu film yoki ko‘rsatuvni alohida 
kadrlarni birlashtirish orqali yig‘ishdir. Javob juda to‘g‘ri va shu 
bilan birga juda jo‘n. 
Ko‘pgina jaxon kinosi namoyondalari, kino san’ati 
amaliyotchilari va nazariyotchi olimlari o‘zlarining bir qator ilmiy 
asarlarini montaj san’atiga bag‘ishlaganlar. Kino san’ati, 
rejissuraga oid ilmiy adabiyotlarning deyarli barchasida montaj 
san’atiga, uning badiiy imkoniyatlari, qonun-qoidalariga 
bag‘ishlangan qism yoki boblarni topish mumkin. Montaj san’ati 
jaxonning eng mashhur kino va televidenie oliygohlarida alohida 
fan sifatida o‘qitilishi ham bejiz emas. 
Bundan bir necha o‘n yillar oldin montaj san’ati haqida asar 
yozgan mualliflar montajni ekran san’atining badiiy ifoda 
vositalari qatoriga qo‘shganlar. Bunday fikrlovchilar juda 
ko‘pchilikni tashkil qiladi. Montaj san’atiga nisbatan bunday 
nuqtai nazar juda keng tarqalgan bo‘lib, u ayni haqiqatdir. Montaj 
aslida – ekran san’ati badiiy ifoda vositalaridan biridir. Odatda 
kino san’atining badiiy ifoda vositalari qatorida montajni negadir 
dramaturgiya, tasvir va ovozdan keyin to‘rtinchi, beshinchi yoki 
yanada pastroq qatorlarga tushirib yuborishadi. 
Biroq, bundan ancha yillar muqaddam “...montaj – badiiy 
tafakkurning yangi ko‘rinishi” degan nuqtai-nazar ham paydo 
bo‘ldi va agar, bu fikr o‘z tasdig‘ini topsa, u to‘g‘ri bo‘lsa, u 
holda bu qarash “...montaj bu tasviriy ifoda vositasi” degan 
fikrlarga qarshi fikr bo‘ladi. 
Ijod jarayonida ham rejissyor, ham dramaturg va o‘z-
o‘zidan, kinooperator ham o‘zining asarini yaratadilar. Bunda 
jamoadagi har bir ijodkor o‘z san’at turi imkoniyatlaridan kelib 
chiqqan holda o‘z tasavvurlarida bo‘lg‘usi filmning kadrlarini, 


8
epizodlarini, kadr kompozitsiyasini, epizodlarini, bir yoki bir 
necha tasviriy ifoda vositasitalaridan, shu jumladan montajdan 
ham foydalangan holda ishlab chiqadilar. Aslida shunday 
bo‘ladimi, yo‘qmi, baribir har bir san’at asari albatta tasavvur 
mevasidir. Biroq, 
badiiy tafakkur
ijod jarayonida “muhimlik” 
nuqtai nazaridan 
g‘oyani amalga oshirish vositalari
ga nisbatan 
ancha yuqoriroq turadi. Be’manilik, shunday emasmi! Bir 
narsaning o‘zi ayni bir paytning o‘zida ham “asosiy” va “ikkinchi 
darajali” narsa bo‘lib qolyapti! Ijod jarayonida g‘oyaning, ya’ni 
ijodiy tafakkurning o‘zi va ayni paytda uni tomoshabinga yetkazib 
berish vositalari ham “
asosiy
”likka davogarlik qilyapti. 
Bu kabi nuqtai nazarlar bundan o‘ttiz-qirq yillar oldin ilgari 
surilardi. 
Xo‘sh, bugungi kundagi kino va televideniening atoqli 
arboblari bu masala yuzasidan nima deyishadi? Hech narsa! Agar 
biror narsa deyishgan yoki yozishgan bo‘lishsa ham, montaj 
haqidagi bu gaplarni ulardan oldin montaj nazariyotchisi Lev 
Kuleshov allaqachon yozib ketgan. 
Montajga bo‘lgan qarashlarning rivojlanish tarixi shu qadar 
murakkab va qiziqki, unga bir-oz bo‘lsada to‘xtalmay o‘tishning 
iloji yo‘q, nazarimizda. 
1917 yilda L. Kuleshov shunday yozgandi: «Yaxshi film 
yaratish uchun, rejissyor bir-biri bilan bog‘lanmagan, tartibsiz, 
alohida kadrlarni muayyan tartibda joylashtirishi, yagona, yaxlit 
asarga aylantirishi lozim. Shu bilan birga, ayrim hollarda 
kadrlarni o‘zaro qiyoslashi, taqqoslashi va ularni huddi, yosh bola 
alohida sochib tashlangan xarfli kubikchalardan bir butun so‘z 
yoki ibora yig‘gani kabi, eng maqbul, yaxlit holda, ritmik tartibda 
birlashtirishi lozim”.
Shu birgina gap bilan montajning eng asosiy vazifasi aytib 
o‘tildi. Montaj – bu asar mazmuni va g‘oyasini ochib berish 
yo‘lida alohida-alohida “qism”larni yagona bir tizimga, shaklga 
birlashtirish usulidir. Ekran asarining badiiyligi, ifodaliligini 
ta’minlash uchun, kadr, sahna, voqealar yoki harakat kabi alohida 
elementlarning o‘zaro mutanosib ravishda birikishi uchun “eng 
maqbul” variantni topish kerak. Buning uchun esa katta ijodiy 
izlanish talab etiladi va buning barchasiga erishishning eng to‘g‘ri 
yo‘li bu taqqoslashdir, 
alohida qismlarni o‘zaro
taqqoslash



9
Anashu, taqqoslash orqali tanlab olingan “eng maqbul” elementlar 
ritmik strukturada birlashishi lozim. 
L. Kuleshov montaj yuzasidan bir qator tajribalar ham 
o‘tkazib ko‘rgan. Keyinchalik bu tadqiqotlar natijalari butun 
dunyoga mashxur bo‘lgan hamda montajning kino san’atidagi 
ikkita asosiy vazifasini juda sodda shaklda izohlab berdi.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish